[wp-svg-icons icon=”checkmark” wrap=”h1″]

  • FASAD PLITKALARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Poytaxtimizda va viloyatlarda yildan yilga yangi turar joy binolari va inshoatlar qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda. O'z navbatida qurilishning sifatmi hamda hashamdor bo'lishiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bu boradi har kim o'z moliyaviy mablag'i va didiga ko'ra turli xil fasad ishlaridan foydalanib kelinmoqda. Travertin suvoqlar, shtukaturka, Aluminiy kompozit panellar, Granit, marmar, kafel va boshqalar shular jumlasidandir. Fasad plitkalar esa hali ko'p ommalashgani yo'q, sababi bu mahsulot bizga import mahsulot hisoblanadi. Fasad plitkalar quyidagi qulayliklar bilan qolgan mahsulotlardan ustundir
    ·️ O'rnatish ishlarining osonligi va ko'p mablag' talab etmasligi
    ·️ Yong'inga o'ta chidamli, tarkibida umuman yonuvchan mahsulotlar yo'q
    ·️ Har qanday iste'molchi uchun keng assortiment, turli xil ranglar
    ·️ 100% mahalliy xomashyodan tayyorlash mumkinligi
    ·️ Doimiy katta miqdorda talabning mavjudligi
    ·️ O'rnatish jarayonida bino devorloring qalin bo'lib ketishi yoki deraza,eshik kabi qismlarda ularga halal berib qolinishini o'ylashga hojat qolmasligi
    ·️ Uzoq yillar o'z ko'rinishini, rangini o'zgartirmasligi sababli, sizdan qo'shimcha ta'mir uchun pul sarflash talab qilinmaydi
    ·️ Yozning jazirama issig'i va qishning ayozli kunlarida o'z holatini o'zgartirmaydi.
    Uskunaning O'zbekistonda yo'q bo'lganligini inobatga olib, eng xaridorgir bo'lgan o'lchamdagi (240×60×12mm) mahsulot chiqarishni tavsiya qilamiz. Ishlab chiqarish quvvati 200m2/soat. Ishlab chiqarish liniyasi bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Xaridor budjetiga va xohishiga ko'ra sovutish va pishirish pechlarini ham olib keltirishi mumkin.
    Loyihaning yuqorida keltirilgan tezlikda ishlaydigan varianti taxminan 240 000$ atrofida, bu pishirish hamda sovutish xumdonlari hisobga olmaganda. Ushbu liniyani o'zini tez oqlashi shubhasiz, chunki markaziy osiyoda bunday mahsulot ishlab chiqarilmaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston kabi qo'shni davlatlarga ham kirib borish mumkin.

    Uskuna haqida batafsil ma'lumotlarni konsalting xizmatimiz orqali taqdim etamiz. Siz 380 000 so'm to'lov evaziga foto, video ma'lumotlar hamda tijorat taklifini qo'lga kiritasiz!

    Narxi: 240 000$ (Xaridor talabiga ko'ra o'zgarishi mumkin)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ALUMINIYDAN YUQORI BOSIMDA SIFATLI MAHSULOTLAR QUYISH USKUNASI

    Eng innavatsion bizneslar bilan sizni doimgidek xursand qilishda davom etamiz. So’nggi yillarda juda ko’p mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun qator ishlar qilinmoqda. Jumladan avtomobillarimiz uchun zarur bo’lgan ko’pgina qismlar endilikda o’zimizning tadbirkorlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan hali chuqurroq kirilmagan shunday qismlar borki, biz hanuz ularni chetdan valyutaga olib kirmoqdamiz.
    Ushbu biznesni yo’lga qoyish orqali quyidagi sohalar uchun kerakli qismlar bilan ta’minlashingiz mumkin:
    · Maishiy texnika qismlari (LCD televizorlar uchun oyoqchalar, kir yuvish texnikasi va sovitgichlarning ayrim import qismlarini)
    ·️ Aluminiy va plastik profillardan tayyorlanadigan Deraza va eshiklar uchun maxsus Aksessuarlar
    · Mebellar uchun import qismlar
    ·️ Avtomobillar uchun 30 dan ortiq ehtiyot qismlar jumladan Aluminiydan ishlangan ajoyib saka diskalar ishlab chiqarish mumkinligi
    · Oshxona buyumlari uchun yangidan yangi idishlar va jihozlar

    Nega ushbu biznesni aynan hozir qilish to’g’ri?

    ·️ Eng avvalo bu uskuna imkoniyati cheklanmagan, ya’ni siz bozorda talablarning o’zgarishiga qarab harakatlana olasiz, mahsulotlar turining cheklanmaganligi sizni doim bozorbop mahsulotlar chiqarishingizni ta’minlaydi.
    · Mahsulot turini oson almashtirish mumkinligi sizni har qanday elastik bozorga moslashuvchan qiladi
    ·️ 2020- yilga qadar yengil avtomobillar ishlab chiqarish keskin oshishi hamda 2018- yildan Sitroen va Peugeot avtomobillarining yurtimizda yig’ila boshlanishi ham soha istiqbolini belgilab bermoqda.

    Narxi: 98000$ (CIP TASHKENT) Qo’shimcha qismlarsiz

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SUN’IY CHARM ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Mana necha yildirki yurtimizda charm mahsulotlari sohasiga e'tibor yildan-yilga kuchaymoqda. Bir qarashda yurtimizda tabiiy teri serobku, shunday paytda sun'iy charmga nima bor demoqchi bo'lishingiz aniq, lekin masalaning muhim tomoni siz va biz uchun sekinlik bilan bo'lsada qisqarib borayotgan tabiiy teri xomashyomizdir. Keling ushbu liniyamizning istiqboli haqida fikr yuritamiz:
    ·️ Urbanizatsiya rivojlanib, aholi soni oshib borgach, ekin maydonlari va qishloq ahli qisqarishi hamda chorvachilikning sekinlik bilan kamayishini ko'ramiz. Yuqoridagi kabi holatni ko'pgina davlatlar allaqachon bosib o'tishdi. Bu esa tabiiy terini narxi oshishi va kamyobligiga olib keladi.
    ·️ Tabiiy teridan yaxlit katta hajmli mahsulotlar tayyorlash imkonsizligi, teriga ishlov berish jarayonining qimmat va uzoq davom etishi, eng yomoni qayta ishlab bo'lmasligi
    ·️ Sun'iy terining keng ko'lamda ishlatish mumkinligi,
    · ortiqcha bo'lib qolgan mahsulot qoldiqlarini qayta ishlash mumkinligi;
    ·️ Juda betakror ranglar hosil qilish mumkinligi
    ·️ Tabiiy mahsulotga qaraganda yengilligi sababli kiyimlarda ishlatish uchun juda qulayligi
    ·️ Lazer hamda pichoqli kesish moslamalarida ishlov berishning birmuncha osonligi
    ·️ Endi siz istalgan hajmli teri buyumlar yoki mahsulotlarga buyurtma bera olasiz
    ·️ Markaziy Osiyoda yagona bo'lish, natijada qo'shni davlatlarga shu mahsulot eksportini yo'lga qoyish mumkinligi
    ·️ Juda ko'pchilik ishlab chiqarish bilan shug'ullanishga kirishgan bir paytda sizda ularni xomashyo bilan ta'minlash imkoni paydo bo'ladi, chunki har bir ishlab chiqaruvchiga xomashyo zarur
    ·️ Loyiha qiymati 1.3 mln$, Bojxona statistika ma'lumotlariga ko'ra faqat O'zbekiston aholisining ushbu tavar uchun yillik import hajmi 450 000$ dan oshiqni tashkil qilgan. Bu esa tanlangan liniyaning dolzarbligini ko'rsatadi.

    China Leasing Impex jamoasi ushbu ma'lumotlarni o'rganishga uzoq vaqt sarflagani bois Liniya to'g'risida texnik hamda iqtisodiy ma'lumotlarni 950 ming so'm konsalting xizmatini to'lash orqali olishingiz mumkin.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ASEPTIK QUTILAR UCHUN TAYYOR RULONLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Meva va sabzavotlar yetishtirilishi ko'paygani sayin sharbatlar ishlab chiqarish ham jadallashmoqda. Yangidan yangi sharbat liniyalari olib kelinmoqda. Bundan tashqari sut mahsulotlarini ham aseptik idishlarga qadoqlash tobora kuchaymoqda. Bu esa o'z navbatida ushbu mahsulotga bo'lgan talabni kun sayin ko'payishiga olib kelmoqda.
    Aseptik qutilarda quyidagi ustunliklarga ega
    1) 6 qavatli har xil turdagi qoplamalardan tashkil topganligi
    2) Issiq yoki sovuq haroratda ham normal saqlash mumkinligi
    3) PET yoki shisha idishlarga nisbatan issiqlikni 4 marta kamroq o'tqazadi
    4) Gigienik jihatdan ham eng xavfsiz qadoqlash turlaridan biri sanaladi.
    5) O'zbekistonda yetarlicha talabning mavjud ekanligi
    6) Yaqin kelajakda yana rivojlanishi kutilayotgan eng ilg'or yo'nalishlardan biri ekanli bilan ajralib turibdi.

    Agarda sizda sharbat ishlab chiqaruvchilar va sutni qayta ishlovchi tadbirkorlar mahsulotlarini qadoqlovchilar uchun xomashyo yetqazishni xoxlasangiz, hamda bu biznes sizni qiziqtirgan bo'lsa, u holda siz 1,2 mln so'm to'lov qilgan holatda konsalting xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Shu yerda yozilgan ma'lumotlardan tashqari har qanday ma'lumotlar konsalting shartnoma bo'yicha taqdim etiladi.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TO’QILMAYDIGAN SUN’IY POLIMER (PE;PP) MATO ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Yurtimizda jadal rivojlanishlar davrida tabiiy mahsulotlar bilan bir qatorda sun'iy matolarga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Afsuslar bo'lsinki bu talabni chet el mahsulotlari hisobiga bajarmoqdamiz. Aqlli tadbirkorlar o'ylab ko'radigan vaqt esa allaqachon kelib bo'ldi. Xo'sh biz qaysi sohalarda ishlatmoqdamiz bu kabi matolarni?
    1) Avtomobilsozlikda turli xildagi filtrlar chiqarish, yorug'likdan himoyalovchi pardalar, salon qismlari va boshqalar
    2) Maishiy texnikalarda: ayrim ixcham buyumlarni qadoqlash uchun, tashqi tasirdan himoyash, changyutgichlar uchun chang yig'iladigam maxsus qopchalar va boshqalar
    3) Tibbiyot sohasining himoyalovchi va tana gigieniyasini saqlash uchun esa deyarli 90% miqdorda, maxsus likoplasterlarda, himoya niqoblari, bosh va oyoq uchun maxsus kiyimlar va boshqalar
    4) Kundalik hayotda: oshxona tozaligi uchun maxsus salfetkalar, Tana yozaligi uchun maxsus nam salfetkalar, bolalsr tagliklari, ayollar gigienik vositalari, kiyim kechak va boshqa mahsulotlarni tashish uchun maxsus sumkalar, ko'chatlar va issiqxonalar uchun maxsus ko'chatdonlar va boshqalar
    5) Yengil sanoatda: ayrim mahsulotlar tashish uchun maxsus chemodanlar, oyoq kiyimlar karobkasi uchun maxsus, kostyum shimlar uchun maxsus sumkalar
    6) Oziq ovqat sohasida mevalarni himoyalash, zarar yetqazmay tashish va boshalar
    Ha bularning hammasi hozirda chet eldan valyuta hisobiga olib kelmoqdamiz, biz o'zimizda xomashyo bo'la turib, ya'ni Polietilen (PE) yoki Polipropilen (PP) dan siz xoxlagan qalinlikda mato chiqarish mumkin. Hozir davlatimiz o'zimizning hududda xomashyo bor bo'lgan yangi mahsulotlarga talabni oshirmoqda. Bu to'g'ri yo'l albatta.

    Uskunaning juda ko'plab variantlari mavjud, eniga 1300mm dan boshlab 2600mm gacha xoxlagan bir o'lchamni tanlashiz mumkin. Ishlatadigan maqsadingizga qarab uskunalar turlicha bo'lishi mumkin. Shunday ekan o'zingizga ma'qul yechimni topish bahosi va to'liq texnik parametrlari bilan tanishtirish 480 ming so'mni tashkil qiladi. Tolovlar pul o'tqazish yo'li orqali amalga oshiriladi.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TOSH (KALSIY KORBANAD CaCo3) VA POLIETILENDAN (PE) YUQORI SIFATLI QOG’OZ ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Eng innavatsion
    Eng tabiatga zararsiz
    Eng ko'p xomashyoga ega
    Eng xaridorgir mahsulot chiqaruvchi
    Eng resurslarni tejovchi texnologiya

    Yuqorida bejizga biz 5 ta ENG muhim faktorlarni sanab o'tmadik. Hech birimizga sir emaski yurtimizda qog'oz mahsulotlariga talab juda yuqori va hamon biz uni import qilmoqdamiz. Bir yillik import qilinadigan selluloza va tayyor qog'oz uchun chiqarib yuboriladigan valyutani hisoblash uchun kalkulyator raqamlariga sig'maydigan sonlar hosil bo'ladi. Qachon biz import qilishni to'xtatamiz? Qachonki biz ananaviy fikrlashni to'xtatsak va yangi innavatsiyalarni sanoatga qo'llash orqali.

    Yurtimizda tog'lar serob va bu Kalsiy Korbonad degani. Yana shunisi ham quvonarliki bizda Polietilen granulalarini erkin sotib olish mumkin. Shunday ekan nega biz o'rmonlarimiz yo'qligidan afsus chekishimiz kerak? Nega endi qog'oz faqat Sellulozadan olinadi degan eski fikrlar bilan yashashimiz kerak?
    Sizlarga taklif etilajak ushbu loyiha 100% mahalliylashtirish dasturiga mos ekanligi va valyutaniz tejab qolishi bilan ahamiyatlidir.
    Xo'sh asosiy xomashyo CaCo3 (80%) tosh bo'lganligi uchun qolgan mahsulotlar esa PE (15%) va boshqa kimyoviy hamda polimer mahsulotlar (5%). Xomashyo bo'yicha muammoli tomonlarimiz yo'q.
    TOP ECO FRIENDLY mahsulotlar qatorida turadi. Sababi:
    1) Davrimiz uchun aziz ne'mat bo'lgan suv har bir tonna chiqqan mahsulot evaziga 16000L tejab qolinadi
    2) 1 tonna chiqarilgan qog'oz evaziga 20 ta ulkan daraxt asrab qolinadi
    3) Atmosferaga ajraladigan suvni bug'lashda ishlatiladigan zararlar oldi olinadi.
    4) Elektr energiyasi 1 tonna qog'oz uchun 6 barobar tejaladi.

    Tayyor mahsulot esa juda yuqori sifatli, jumladan undan bo'ladigan qog'ozlar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
    1) O'ziga suv qabul qilmaydi (yozish uchun mo'njallangan mahsulotlar uchun juda qulay)
    2) 100C° dan past haroratda o'z holatini o'zgartirmaydi
    3) Turli xildagi bozor paketlari qilingan holatda yirtilib yoki yorilub ketish holatlari bo'lmaydi
    4) Ishlab chiqarish jarayonida
    Atrofga zararli mahsulotlar chiqarilmaydi.
    5) Ushbu qog'ozga zararkunanda kemiruvchilar yaqinlashmaydi.
    6) Uzoq muddatga saqlanadigan qog'ozlar yoki hujjatlar uchun maxsus harorat talab etilmaydi.
    7) Foydalanilgan mahsulotni qayta ishlash juda oson va deyarli vazn yo'qotmasdan qayta ishlash mumkinligi

    Yana ko'plab qulayliklari bor. Hozircha shular ham yetarli.
    O'zingiz ko'rib turganingizdek ushbu loyiha ko'lami juda keng qamrovli va o'ziga yarasha qiyinchiliklarga ega. Biz sizga taqdim etiladigan ma'lumotlarimiz sizga qadrli bo'lishini istaymiz va barcha qadrli narsalar uzoq mahnat yoki yaxshigina pul evaziga keladi. Lekin biz uchun qadrli bo'lgan ma'lumotlarni sizga atiga 900 ming so'm evaziga taqdim etamiz. Ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil bilmoqchi bo'lgan tadbirkorlarni kutib qolamiz.

    Narxi: 2 500 000$ (CIP TASHKENT) boshlanishi

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • IZOLYATSION TASMA (ИЗОЛЕНТА) ISHLAB CHIQARUVCHI USKUNA

    2. Asosiy xom ashyolar:
    2.1 PVC rulon (qalinligi: 0.1-0.2mm)
    2.2 Kley: Solvent turdagi
    2.3 Xomashyoning kengligi: 1300mm
    3. Asosiy texnalogik jarayon:
    PVC rulon ochiladi– yuzani silliqlash– dastlabki ishlov– yuzadan so'rib olish– 1 kleylash– quritish– sovutish– yuzaga kley purkash– quritish– avtomatik o'rash va qirqish
    4. Asosiy texnik birliklari
    4.1 Max ishlash maydon kengligi: 1300mm
    4.2 Rulon kengligi: 1450mm (pedrail width: 1400mm)
    4.3 max. O'ram diametri: 800mm
    4.4 Quritish usuli: elekt toki
    4.5 Harorat datchigi: 130℃ eng yuqorisi
    4.6 Mexanik tezligi: 4-40m/min (Kleylash: 5-25m/min)
    4.7 Qoplash aniqligi: +/-0.001
    4.8 Umumiy matolar quvvati: 170kw
    5. Asosiy qismlar :
    5.1 : o'ramni ochish qismi 1
    5.2 Kleylash qismi: 1
    5.2.1 qoplash qismi: 1
    5.2.2 yuza qismini silliqlash: 1
    5.3 So'ruvchi qism: 2
    5.4 pedrail transmiya: 3 guruh
    5.5 Quritish pechlari: 14 seksiya (2m/seksiyasi)
    5.5.1 2 bosqish kleylash : 2 seksiya

    Loyiha yurtimizda muqaddan yo'lga qo'yilmagan va eng ko'p ishlatiladigan xo'jalik tovarlardan biri hisoblanadi. Mahsulotning asosiy katta qismi Xitoydan import qilinadi. Sizlarga yoritib o'tilgan liniya bu tayyor rulon import qilish hisobiga ishlaydi. Agarda siz rulonni ham o'zimizda chiqarishni reja qilgan bo'lsangiz bu qo'shimcha mablag' talab qiladi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra sizga taklif qilayotgan liniyamiz Xitoyning o'zida 4 ta hududiga qo'yilgan. Ular asosan eksport uchun yo'naltirilgan, bundan shuni aniqlash mumkinki mahsulot sifati juda yuqori bo'lishi aniq.
    China Leasing Impex bilan o'z biznesingizni boshlang hamda FORBES ro'yhatidan joy oling)))

    Narxi: 139 000$ FOB

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • BOLALAR TAGLIKLARI HAMDA AYOLLAR GIGIENIK VOSITASINI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    O'zbek xalqi azaldan bolajon bo'lib kelgan va eng katta e'tibor ham sog'lom avlodni shakllantirishga qaratilmoqda. Bolalarimizning sog'lom o'sishiga qaysidir ma'noda biz tadbirkorlar ham mas' ulmiz. Bundan bir necha oldinga nazar solar ekanmiz, bolalar tagliklariga talab hozirgidek emas edi. Asosan shahar aholisining ma'lum bir qismi sotib oladigan tovarlardan biri edi. Endilikda chekka chekkadagi qishloqlarda istiqomad qiluvchi onalarimiz ham bolalar tagliklarisiz qiynalishlarini ta'kidlashadi. Bolalar tagliklari onalarimiz ishini yebgillatibgina qolmasdan, uzoq yo'lga chiqqanda, to'y marosimlarda onalarimizni hijolatli xolatlardan saqlovchi eng samarali vositadir. So'nggi yillarda bu sohaga ham qator yangiliklar kirib keldi. Jumladan yangi dizaynlar, anti allergik xillari va boshqalar shular jumlasidandir. Nazarimizda bu sohani O'zbekistonda ham yanada rivojlantirish va raqobat muhitini shakllantirish vaqti keldi. Ishlab chiqarish quvvatini siz o'zingiz tanlashingiz mumkin 60 dona/min- 500 dona/min. Uskuna olingach kerakli boladigan barcha xomashyo va texnik xodimlar bo'yicha yordam zarur bo'lganda sizga CHINA LEASING IMPEX yordam beradi.
    Ushbu soha bir ko'rinishda siz uchun juda katta va uddalab bo'lmasdek ko'rinishi mumkin, lekin shuni unutmang har kim tikkaniga yarasha foyda oladi!
    Batafsil ma'lumotlar uchun ofislarimizga murojaat qiling.
    Ma'lumot pullik 400 ming so'm. (Pul ko'chirish yo'li bilan)

    ofis manzilari

    Loyiha umumiy qiymati: 220 000$- 2 mln $ gacha (TURN-KEY)

  • MEVALI, SABZAVOTLI MAZALI CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    • Avvalo sizni hayotga zamonaviyroq ko'z bilan ya'ni yangicha davr talabi bilan qarashga undamoqchimiz. Buning uchun sizga Yurtimiz tarixida bo'lmagan mevali chipslar ishlab chiqarish texnalogiyasini taklif qilamiz. Bu ishni qilishingizga undovchi bir nechta sabablarni aytib o'tamiz.
    • Mevali chipslar 100% tabiiy mahsulotlardan qilinadi va bu inson salomatligiga juda foydali
    • Mevali chipslar ishlab chiqarish uchun xomashyoning bizda ko'pligi
    • Xomashyo tayyor mahsulotga qaraganda juda arzon ekanligi
    • Mevalardan tashqari oshqovoq, shakar lavlagi, sabzi va boshqa poliz ekinlaridan qilingan chipslarning Yevropada juda mashhur ekanligi
    • Ko'rkam dizayndagi mahsulot bilan birga foydali mahsulot ham chiqarish imkoniyatingizning paydo bo'lishi
    • Katta pul sizni ko'zingiz ko'rmaydigan joylarda, biz sizga ularni ko'rsatamiz!

    • Lohiya qiymati tadbirkorning budjetidan kelib chiqib, hamma bosqichlarni hisobga olgan holatda 4800$ dan boshlab 65 000$ gacha

    Tayyorlanish texnalogiyasi va qanday uskunalar kerak ekanligini aniqlash va sizning budjetingizga mos loyihani ishlab chiqish xarajatlari 400 000 so'm ( To'lovlar pul ko'chirish yo'li bilan )

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • 9D CINEMA Virtual Reality

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Guangzhou
    Harakatlanish burchagi:360°
    Max og'ish burchagi:19°
    Max og'ish tezligi:25°/s
    VR glass:DEEPOON
    Tasvir aniqligi:1920*1080
    Tebranish chastotasi:75hz
    Vizual ko'rish burchagi:125°
    Sensorlar:Gryoscope, accelerometer, magnetometer
    O'lchami:247*105*190sm
    Og'irligi:285kg
    BONUS:91ta 9D videolar, 21tasi 360° li
    Qo'shimcha:Havo kompressori, kontrol platformasi 2ta VR glass

    • Qishning sovuq kunlarida biznesingiz to'xtab qoldimi?
    Sizga mavsum tanlamaydigan biznes kerakmi?
    • Siz biznesga doim yangilik bilan kirib borish kerak deb hisoblaysizmi?
    • Hammani sizning ishingizdan hayratlantiradigan nimadir kerakmi?
    • Unda ushbu biznes aynan siz uchun!
    • Qulayliklari: kam joy talab qiladi, vibratsiya beradi, havo purkaydi, Oyoqga tasir etish funksiyasi, yelkalarga tasir etish funksiyasi

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • BIR MARTALIK USTARA ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    • ️ Eng ko'p sotiladigan tovarlar 10 taligida turuvchi mahsulot
    • ️ 2 talik va 3 talik xillarini qilish mumkin
    • Mijoz didiga mos individual dizayn
    • ️ O'zbekiston hududida yo'lga qo'yish uchun yetarlicha talabning mavjudligi
    • ️ Kun sayin ushbu mahsulotga bo'lgan talabning oshib borayotganligi
    • Potensial mijozlarga ega bo'lish uchun reklamalarga katta mablag' sarflash zaruratining yo'qligi
    • ️ Hududda raqobatchi korxonalarning mavjud emasligi
    • ️ Liniyani yo'lga qo'yish orqali import o'rnini bosuvchi yana bir mahsulotning paydo bo'lishi
    • ️ Mavsum tanlamas biznes ekanligi
    • ️ Ustaraning metall qismlari
    O'zbekiston hududida topilmaganligi bois CHINA LEASING IMPEX kompamiyasi sizlarni xom ashyo bilan ta'minlashni o'z zimmalariga oladilar.

    va boshqa ko'plab sabablar sizni ushbu biznesga kirishishingiz uchun undashi mumkin.

    Batafsil ma'lumotlar uchun bog'lanishingiz mumkin ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan barcha uskunalar haqida to'liq ma'lumotlarni sizlarga yetkazamiz. (Xizmat pullik 350 000 so'm)
    Loyihaning boshlang'ich qiymati 147 000$

    ofis manzilari

  • Eskirgan shinalarni yangilash liniyasi


    Ushbu liniyaga to'xtalganimizning asosiy sabablari; Yurtimizda GM Uzbekistan,.Isuzu, MAN kabi yirik Avtokonsernlarga ega ekanligi
    Xalqimizda avtomashinalar bilan yaxshi ta'minlanganligi va bu yil.sayin oshib borayotganligi
    Avtomobil yoki ogir yuk mashinalarining shinalarini qayta quyish yangi mahsulot chiqarishdan bir necha baravar arzon
    Metall va LZ rezina xomashyosini tejash
    Chiqindilar ko'payishi yoki ayrim hududlarda shinalar yoqilishi oqibatida havoga ko'tariladigan zararni kamaytirish
    Mahsulot tannarxining arzon bolishiga erishish
    Avtomobil egalarini foydalanilgan shinaga keraksiz buyumdek munisabatda bolishiga chek qoyish
    Chetdan import bo'ladigan shinalar sonini qisqartirish hamsa Valyutamizni saqlab qolishga erishish
    Chetdan keltirilgan og'ir texnikalar uchun import hisobiga keladigan butlovchi qismlarni mahalliy sharoitda tayyorlash
    Kam mehnat va xomashyo ishlatgan holda sifatli shu bilan birga serdaromad biznesni taklif qilish
    Loyihaning qiymatiga to'xtaladigan bo'lsak bu tadbirkorlarning xoxishiga qarab ya'ni qanday avtomashinalar.uchun shinalar butlashiga qarab ozgaruvchan bo'lganligi sababli bu savolga maslahatlashgan holda individual javob berishga ahd qildik.
    Qo'shimcha tarzda shuni aytishimiz keraki uskunaning boshlang'ich qiymati 83 000$ tashkil qiladi

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

Saytda tamirlash ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzur so`raymiz Закрыть