• MEVA VA SABZAVOTLARNI QAYTA ISHLASH LINIYASI

    O‘zbekiston 2018-yilda meva-sabzovot tarmog‘idagi eksport mahsulotlari hajmini 30 % ga oshiradi. Bu 1 million 230 tonna mahsulot uchun 1 milliard dollar demakdir (2017-yilda 918 085 tonna uchun $665,9 million dollarni tashkil etgandi). 

    1-mart kuni gilos va o‘rikning eksport bahosi ma’lum qilinadi. O‘zbek gilosi dunyodagi boshqa raqobatchi davlatlar yetishtiruvchilarinikidan 2—3 hafta oldin pishadi. 2017-yilda 270 ming tonna gilos yetishtirilgan, 30 ming tonnasi eksport qilingan edi. Joriy yilda birinchi marta xalqaro andozalar asosida bir martalik idishlarda qadoqlanib, kalibrlanadi. Qadoqqa “Uzagro” milliy brendi yorlig‘i yopishtiriladi. Mahsulotni yetkazib berish vaqtida mevaning saqlanish muddatini uzaytiruvchi hech qanday kimyoviy konservantlardan foydalanilmaydi.

    Joriy yilda O‘zbekistonda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun yirik xalqaro riteyl kompaniyalari taklif qilindi. Ular ishtirokida turli mamlakatlarning talabgir xaridorlariga har xil assortiment va hajmdagi mahsulotlar yetishtirib beriladi. Bunday yondoshuv rossiyaliklarning meva-sabzovotlarga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini kerakli darajada qondirish imkonini beradi. (Ma’lumot Daryouz dan olindi)

    Shu munosabat bilan biz sizlarga muhim va serdaromadli biznes bo’lgan Meva va sabzavotlarni qayta ishlash biznesini taklif qilmoqdamiz. Liniya yordamida siz bemalol o’z biznesingizni boshlab turli ko’rinishdagi meva va sabzavotlarni eksport uchun tayyorlash imkonini beradi. Liniya yuqori texnalogik bosqichlarni o’z ichiga olgan bo’lib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qikdik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirsh imkoni bor.

    MEVA VA SABZAVOTLARNI YUVISH USKUNASI

    YUVILGAN MEVA VA SABZAVOTLARNI SUVSIZLANTIRISH USKUNASI

    Ushbu uskuna yuvish uskunasi bilan ketma ket tartibda ishlaydi. Yuvilgan sabzavotlar suvsizlantirish konveyer lentasiga tushib, yuvish jarayonida qolgan suvlar issiq havo berish veltilyatori bilan quritib yuboriladi.

    MEVALARNI (OLMA, NOK, BEHI, MANGO, KARTOSHKA VA BOSHQLAR) PO’STIDAN AJRATIB O’ZAGINI OLIB BERISH USKUNASI

    Mevalarni kesib berish uskunasi 

    SABZAVOT VA KO’KATLARNI HAR XIL SHAKLDA KESIB BERUVCHI USKUNA 

    MEVA VA SABZAVOTLAR UCHUN ISSIQ HAVO YORDAMIDA QURITISH SHKAFI

    QURITILGAN MEVA VA SABZAVOTLARNI (MAYDALASH) KUKUN QILISH USKUNASI

    MEVALI CHIPSLAR UCHUN HAR XIL MAZA BERUVCHI USKUNA

    QURITILGAN MEVA VA SABZAVOTLARNI PAKETLARGA QADOQLASH USKUNASI

     YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

    (O’RNATIB BERISH XARAJATLARI XARIDOR TOMONIDAN ALOHIDA TO’LANADI)

     

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MINI KUNGABOQAR YOG’I ISHLAB CHIQARISH TO’LIQ LINIYASI (4-4,5t/sutkasiga xomashyo)

    Hozirgi kunda sekinlik bilan bo’lsada paxta yog’i o’rnini kungaboqar yog’i egallamoqda. Buning sabablari ko’p. O’simlik yog’i inson ichki organizmida turli xil allergikk kasalliklarni chaqirmaydi hamda xalesterin miqdori ham juda kamdir. Kungaboqar pistasidan yog’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan bizneslardan biri deb aytolmaymiz, lekin biz taklif qiladigan tarzda to’liq ishlangan ixcham liniya hali mavjud emas deb bemalol ayta olamiz. Bizga kelgan murojaatlarning ko’pchiligida yog’ ishlab chiqarish niyatida bo’lgan ko’plab tadbirkorlar borligini aniqladik, chunki yog’ olish uchun xomashyoning mahalliy ekanligi, chiqqan mahsulot esa mavsum tanlamasligi bilan ham qiziqdir. Biz sizga tavsiya qiladigan liniya asosida siz Masxad, Kunjud, Bodom, Yeryong’oq, Soya, Makkajo’xori, Pista va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. Bundan tashqari yog’ olib bo’lingan kungaboqar pistasi kunjarasi ham chorva mollari uchun juda kuchli ozuqaviy yemish bo’lib hisoblaib, siz uni yaxshigina narxga pullashingiz mumkin. Keling biz siz bilan Kungaboqar pistasidan yog’ ishlab chiqarish deb olamiz. Yog’ ishlab chiqarish bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1) Kungaboqar pistasini tozalash
    2) Kungaboqar pistasini qovurish (juda ko’p qovurish shart emas muhimi qizishi lozim)
    3) Qizigan semechkadan press usulida yog’ olish bosqichi
    4) Siqib olingan yog’ni filtrlash bosqichi
    5) Filtrlangan yog’ni Rafinatsiyalash
    6) Rafinatsiyalangan yog’ni UV sterilllash ( Mahsulot sifatini uzoq muddat o’zgarmasligini ta’minlaydi)
    7) Sterillangan yog’ni idishlarga quyish va qapqog’ini yopish

    Yuqoridagi barcha bosqichlardan so’ng siz o’z mahsulotingizni bemalol xaridorlarga sotishingiz mumkin bo’ladi. Ayrim tadbirkorlar diqqatiga: bizga kelgan ko’p savollardan biri faqat press qismi bilan filtr sotib olib qadoqlab sotsam bo’ladimi? Ularga javobimiz albatta yo’q, chunki Rafinatsiyalash va UV sterillash bu mahsulotning sifatini belgilovchi asosiy omil bo’lib ximzat qiladi.

     

     

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MINI MAKARON LINIYASI (60-70KG/SOAT)

    Bizning O'rta Osiya xalqlari aholisi azal azaldan bug'doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni hush ko'rishadi. Gaplarimizning isboti sifatida oshxona va restoranlarimizda xamirli ovqatlarimizning soni anchaginaligidir. O'zining tez tayyor bo'lishi va turli xil shaklda ekanligi bilan makaron mahsulotlari ham o'z o'rnini egallagan. Bizda makaron mahsulotlariga talab shu qadar yuqori ekanligidan, ichki bozorlarimizda import makaron mahsulotlarini ham ko'rishimiz mumkin. Har bir mahsulotniki bo'lganligi kabi ushbu mahsulotning ham o'ziga yarasha sir asrorlari mavjud.

    · ️Dastlabki ish mahsulotlarni xamirni birlamchi tayyorlash uskunasiga solamiz. Siz tayyorlamoqchi bo'lgan makaronni sotish bozoringizdagi xaridorlar budjetiga qarab turli xil qo'shimchalar qo'shish mumkin.

    ️· Dastlab un va suv (juda kam miqdorda) eng muhimlari. Uzoq vaqt qaynash natijasida makaron sifati buzilmasligi uchun unga tuxum kukuni yoki guruch unidan qo'shish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qoshimchalar qo'shilganda makaronning elastiklik holati oshishi bilan bir qatorda, uning foydalilik jihati ham ortadi.

    · Keyingi navbat esa makaron holiga keltirish uchun yuqori kuch bilan siqib forma beruvchi ixcham ekstruder o'z ishini bajaradi. Ekstruderga xaridorning budjetiga qarab Vakuum o'rnatish mumkin, bu esa mahsulot sifatini yanada oshishiga xizmat qiladi. Vakuum o'rnatilganda 280$ narx qo'shiladi. Ekstruderimizda o'zi bilan 5 dona bepul qoliplar taqdim etiladi. Qo'shimcha qoliplar 45$ dan.

    · Keyingi navbatda tayyor mahsulotlar harakatlanuvchi lentaga tushadi va 126°C li parli bo'lmachada o'tadi. Par berish jarayonining muhimlilik jihati, bir tomondan mahsulot sterilizatsiya bo'lsa, ikkinchi tomondan usti silliqlashib yaltiroq holatga keladi. Bu esa bozorga tezroq kirishga yordam beradi.

    · Yana bir bosqich esa 60°C issiqlikda 20-40 daqiqa quritishdir. Buning uchun biz sizga 32 ta padnos sig'imiga ega quritish kamerasini taqdim etamiz.

    · ️Quruq makaronlarni esa siz xoxlasangiz 20 kg lik yoki 1kg/2kg/5kg lik qilib qadoqlashingiz mumkin. Qadoqlash uchun sizga biz yarim avtomat qadoqlash uskunasini taqdim etmoqdamiz. Sababi siz mahsulotingizni qadoqlaganingizda har bir mahsulot sizning brendingiz asosida chiqadi va sanitariya gigiena qoidalariga ham zid bo'lmagan holda xaridor qo'liga yetib borishi ta'minlanadi.

    Tayyor mahsulot:

    · Mavsum tanlamas bizneslardan biri bo'lgan makaron ishlab chiqarish ixcham liniyasi quyidagi qismlardan iborat:

    TO'LIQ LINIYA NARXI: 6238$ CIP TASHKENT) 

    (CHEGIRMADAGI NARX): 4990$ (CIP TASHKENT) 

    (Chegirma 2018 yil 1-yanvarga qadar)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • BIR MARTALIK IDISHLARDA KOFE QADOQLASH USKUNASI

    Ko’pchilik yosh tadbirkorlar bizga boshlang’ich mablag’ kam talab qilinadigan ammo O’zbekiston sharoitida hali bo’lmagan uskunalarni so’rashadi. Lekin bu juda murakkab ish, chunki buning uchun boshqa davlatlar tajribasini yaxshilab o’rganish lozim bo’ladi. Biz arzon biznes so’ragan mijozlarimizga kofe qadoqlash biznesini yo’lga qo’yishni tavsiya qildik, lekin bu sohada bozorda raqobat juda kuchli ekanligini, bozorda turli tuman brendlar ostida mahsulotlar borligini ko’rdik. Shundan so’ng chet el bozorlarini o’rgandik va sizlarga mutlaqo kreativ bo’lgan mahsulotni tavsiya qilmoqdamiz.
    Ushbu biznesning O’zbekistonda yaxshi yurib ketishini ta’minlovchi faktlar:
    · Shunchaki qaynoq suv quyadi va kofe tayyor.
    ·️ Kuz, Qish, Bahor oylarida havo biroz sovuq bo’ladi va kofe ichuvchilar soni keskin ortadi. Qo’lda yoki biror joyda o’tirib kofe ichib ketishni xoxlagan odam ham kofe sotib oladi ham bir martalik idish. Bazi paytda bir martalik idish topilmasligi mumkin, oqibatda ko’p martalik idishdan foydalasiz va vaqt yo’qotilishiga sabab bo’ladi.
    · Fast Food larda biz taklif etayotgan mahsulotga qiziqish katta ekanligi ma’lum bo’ldi, sababi bu ular uchun juda qulay va gigienik toza.
    ·️ Siz katta hajmda OEM buyurma asosida tarmoqli ovqatlanish joylari uchun ularning brendi ostida mahsulot chiqarib tarqatishingiz ham mumkin, bu ularga albatga ma’qul keladi.
    ·️ Yana bir faktor bizning yurtimizda odamlar yangi mahsulotlarga juda qiziqishadi, ular allaqachon odatiy qadoqlangan kofedan zerikib bo’lishgan.
    ·️ Sizning mahsulot (ayniqsa qish paytida) tog’li hududlarda kurort zonalar uchun eng sevimli ichimlik bo’lishiga shubhamiz yo’q))
    ·️ Sizning o’ziga xos sotuv usulingiz yanada ko’proq foyda keltiradi, masalan siz har bir idish ichiga bir martalik kichik qoshiqcha ham qo’shib qadoqlashingiz mumkin))
    ·️ Shuningdek bizning yuqorida tavsiya qilgan uskunalarimiz yordamida siz boshqa yo’nalishdagi bizneslar uchun ham ishlatishingiz mumkin.

    Qisqa hisob kitoblarga ko’ra mahsulot tannarxi qo’shimcha plastik qopqoqsiz narxi 450 so’m atrofiga aylanadi.
    Siz qoshiqcha qopqoq yoki qo’shimcha qoshiqcha qo’shish orqali mijozlarni yanada xursand qilishingiz mumkin ammo narxiga ozgina ta’sir qiladi.

    Biz sizga faqat uskunalar bermaymiz, biz sizga yangi g’oyalar beramiz!

    Narxi: 1500$ To’liq uskuna (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MUZQAYMOQ CHIQARISH USKUNASI

    Yoz uchun eng yaxshi kichik bizneslardan biri bu albatta quyma muzqaymoqlar sotishdir. Ushbu biznes sizdan minimal darajada mablag’ talab qilib sarflagan mablag’ingizni 5 martagacha ko’proq qaytarib kela oladi. Ushbu biznes uchun muhimi odamlar gavjum joy bo’lsa bo’ldi. Bizga ma’lumki ushbu biznesni ko’pgina tadbirkorlar qishloq va tumanlarda yuritishga qiziqishadi, afsuski ularni qiynaydigan bir muammo 380v kuchlanishning hamma joyda mavjud emasligi. Biz shuni anglagan holda sizga xoxlagan joyda oddiy rozetka yordamida o’z biznesingiz uchun qulay uskunani taqdim qilmoqdamiz. Ushbu modifikatsiyalan model quyidagi jihatlari bilan ajtalib turadi:
    ·️ Italiyaning Import kompressori o’rnatilgan, 3 yil kafolatga ega
    · Tez harakatlanuvchan R404 freondan foydalanilganligi sizga mahsulotni tez va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi
    ·️ 100% zanglamas s304 markali metalldan foydalanilgan
    · 380v kuchlanishga ega boshqa frezerlar bilan tez tayyorlash borasida bemalol bellasha oladi, sababi sovutish radiatorlaridagi mis trubkalar qatori bittaga ortiq qolgan modeldagi 220v da ishlaydigan uskunalardan.
    ·️ Yana bir yangilik mutlaqo yangi dizayn va imkoniyatlarga boy bo’lgan LCD erkan bilan boyitilganligidir. Endi siz har bir jarayonni bevosita kuzatish imkoniga egasiz. Jumladan siz yumshoq va qattiq muzqaymoqni bir uskunads ishlab chiqara olasiz.
    12 turdagi yangi sensorlar jamlanmasi ishingizni yanada osonlashtiradi va hattoki ichki silindrda qancha smes borligini ham ko’rsatib turadi.
    Freeze (muzlatish)tugmasini bosganizda u muzlatishni boshlaydi va muzqaymoq tayyor bo’lishini ekranda foizlarda ko’rsatib turadi.
    · 8 turdagi xatolikni siz endi usta chaqirmasdan ham tuzatish imkoniga egasiz. Bunda LCD da maxsus kod chiqadi sizga yo’riqnomasi orqali unda qanday nozorlik ekanligini aniqlaysiz. Masalan ekranda UL yozuvi aks etsa demak kuchlanish o’ta darajada past ekanligini ko’rsatadi.
    ·️ Yangi foydalanuvchilarga muhim eslatma! Ishni yakunlagach avtomatik yuvish sizni qoniqtirmasa, silindr ichki parraklarini yuvishda hali sovuq holatda bo’lgan taqdirda uni issiq suv bilan yuvish mumkin emas! Bunday holat parraklarni yorilishiga olib kelishi mumkin.

    Narxi: 1390$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • VAKUUMLI SUBLIMATSION QURITISH USKUNASI

    Ko’pchiligingizda savol tug’ilishi tabiiy, bu quritish usuli qanday?
    Sizlarga zamonamizning ilg’or texnalogiyasining sirini ochamiz. Xo’sh sublimatsion quritish qanday amalga oshadi?
    ·️ Mahsulot maxsus kameraga solingach u muzlatiladi
    ·️ Muzlatilgan mahsulot vakuumli quritish kamerasiga kiradi
    ·️ Mahsulotdagi namlik qattiq holatdan gaz holatga o’tadi
    · Gaz holatda chiqayotgan namlik orqa qismdagi maxsus bo’lmada yig’iladi va uning nomi kondensat deb ataladi
    ·️ Kondensat barcha foydali mikroelementlar jamlanmasidan iborat bo’lganligi sababli, uni mahsulotga yana qaytib yuboriladi va qattiq holatga keltirib quritib qo’yiladi
    ·️ Tayyor bo’lgan mahsulot endi o’zining yangi uzilgan mahsulot beradigan mazasini to’la saqlab qolganligini ko’rishimiz mumkin.

    QURITISHNING ANANAVIY USULIDA NIMA FARQI BOR?
    1) Mahsulot vaznining ko’p yuqotilishining oldi olinadi (bu tadbirkorga qo’shimcha daromad demakdir)
    2) Qulay qadoqlash mumkinligi, tovar ko’rinishing juda sifatli saqlanishi
    3) Sotib olingan mahsulotni xaridor sovuq suvda 40 sekund davomida ushlab turilsa, u yangi uzilgan holatini va ta’mini qayta tiklaydi. (Ananaviy usulda quritilsa 1 kun suvda tursa ham foydasi yo’q)
    4) Ananaviy quritish jarayonida mahsulot ko’rinishi keskin o’zgarib u asl holatini butkul yo’qotadi, shu bilan bir qatorda foydali elementlar issiqlik yordamida bug’ ko’rinishida mahsulotdan chiqib ketadi
    5) Mahsulotni saqlash uchun qo’shimcha kimyoviy moddalarga zaruratning yo’qligi
    6) Mahsulotni tayyor bo’lish vaqtini 30 martagacha qisqartirilganligi (bu elektr tokini tejalishiga olib keladi)
    7) Ananaviy quritilgan mahsulotdan ko’ra uzoq vaqt yaroqlilik muddatini saqlaydi

    Texnik ko’rsatgichlari:
    Ichki sig’imi: 5 m3
    Uskuna 8 qismdan iborat: Vakuum quritish, Mahsulot saqlagich, Laminatsiya, Suv tutuvchi, Sovutish, Vakuumlash, Sirkulyatsiya, Boshqaruv qismi.
    Jami elektr sarfi: 37kw/soat aslida 23kw/soat (hamma qism bir vaqtda ishlamasligi hisobiga)
    Mahsulot sig’imi: 60kg/bir martada
    Tayyor bo’lish vaqti: 30-60 daqiqa (mahsulotga qarab)
    Padnoslar soni: 28 dona
    Eng past ichki harorat: -67°C
    Talab qilinadigan joy: min 60 m2
    Kuchlanish: 380v 50hz
    Ichki qismlar zanglamas metall (S304)dan ishlangan;
    Tashqi qoplamalarda aluminiydan foydalanilgan
    Kafolat 1 yil

    Yangiliklarni doim birinchi olib kirganlargina ko’p foyda ko’rishadi. Siz ham birinchilardan bo’ling!

    Narxi: 49700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • KRAXMALLI VERMISHEL (FUNCHOZA) TAYYORLASH USKUNASI

    Kraxmalli vermishel bizning yurtimizda sevimli salatlar va taomlari bilan xalqimizning ko'nglidan joy olgan. Bu mahsulot o'zining uzoq qaynatilishi oqibatida o'z xususiyatini yo'qotmasligi bilan ajralib turadi. Guruch uni, suv va kraxmal aralashmasidan siz tayyor mahsulot olish imkoniga ega bo'lasiz. Mahsulotning asosan ko'p qismi Xitoydan kirib kelmoqda, so'nggi paytlarda mahsulot kirishi kamayganligi bois bunga ichki bozorimizda talab yetarlicha deb aytish mumkin.  Bizning jamoamiz siz aziz tadbirkorlarga doim yangidan yangi hamyonbop texnalogiyalar bilan ta'minlashda lider sanaladi. Bizga bundan avval ham ushbu mahsulot chiqarish istagida bo'lgan tadbirkorlar murojaat qilishgan va narxi hozirgidan anchagina qimmat bo'lgan va ko'p energiya talab qiladigan liniya edi. Lekin biz sizga modernizatsiya bo'lgan ixcham modellarni taklif qilmoqdamiz.

    Texnik ko'rsatgichlari:
    Ishlab chiqarilgan: Xitoy
    Shahar: Ningbo
    Xom ashyo: Guruch uni, suv, kraxmal
    Kuchlanish: 380 v 50hz
    Quvvat sarfi: 3kw/soat
    Mahsulot hajmi: 40 kg/soat
    Og'irligi: 120 kg
    O'lchami: 500*700*1400mm
    Material: s304 zanglamas metall
    Kafolat: 1 yil
    (Mahsulot ishlab chiqarish uchun guruch unini tadbirkor o'zi ishlab chiqarmoqchi bo'lsa, guruchni kukun holiga keltiruvchi uskuna ham bizda mavjud va u uskuna narxidan alohida)

    Narxi: 3450$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • IXCHAM YOGURT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Hozirgi vaqtda katta uskunalarni ixchamlashtirib, hattoki ularni bir necha marotaba kichraytirib olib kelish hollari urfga kirdi. Sababi esa buning ortidan ixcham biznesni yo’lga qo’yish va katta hajmli mahsulotni sotishga ortiqcha bosh qotirmaslikdir. Sizlarga taqdim etilayotgan kichik liniyamiz ham shular jumlasidandir. Ushbu daromadli biznesni yo’lga qoyish orqali siz yaxshigina foyda olasiz. Sababi 300-400L sut mahsulotini qishloq sharoitida 3-4 ta xonadondan yig’ish mumkin. Mahsulotingizni yaxshiroq sotish uchun shahar markaziga 30-40 minutgacha bo’lgan hududda qurganingiz ma’qul! Bu sizdagi mahsulot aylanish siklini qisqartiradi.
    Shunday qilib ixcham liniyamiz quyidagi qismlardan tashkil topgan:

    -Sut saqlash uchun bak (idish)
    -Pasterizatsiyalash uchun qozoni
    -Gamogenezator
    -Idishlarga quyib beruvchi qism
    -Og’zini yopib beruvchi uskuna
    -Nasoslar va trubalar

    Yuqoridagi qismlar yordamida bir sutkada 300-400L atrofida sut mahsulotlaridan yogurt ishlab chiqarib, siz ham safimizni kengaytirishingiz mumkin.
    Loyihaga kerakli bolgan maydon kamida 50 M2 dan oshiq va
    380v kuchlanishga ega bo’lgan 12kw/soat tok ta’minoti hamda sovutgichlar kerak boladi.

    Narxi: 25900$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TISH KAVLAGICH TAYOQCHALARI (ZUBOCHISTKA) ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

    Ishlab chiqarilgan : Xitoy
    Shahar : Shanxay
    Umumiy quvvat sarfi : 17 KW
    Kuchlanish : 220~380 V
    Umumiy Og’irligi : 1460 kg
    Mahsulot chiqarish quvvati : 600 000-800 000
    dona/ 8 soatda
    Uskunalarni o’rnatish uchun 40 metr kvadrat joy
    talab qilinadi.
    Ma’lumot uchun shuni aytishimiz mumkunki 1 metr
    kub taxtadan 1 200 000 (Bir million ikki yuz ming )
    dona tayyor mahsulot chiqadi!

    Narxi: 14 700 $ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • KEKS ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Ishlab chiqarilgan : Xitoy
    Shahar : Guanjou
    Umumiy quvvat sarfi : 27 KW
    Kuchlanish : 220 V
    KEKS TAYYORLASH USKUNASI:
    O’lchami : 2000×900×1200 mm
    Og’irligi : 450 kg
    Mahsulot chiqarish quvvati : 200 kg/soat
    Mahsulot (keks) og’irligi: 15-100 gram
    Mahsulot chiqish tezligi: 2-4 sekund
    QADOQLASH USKUNASI:
    O’lchami: 4000×1100×1700 mm
    Qadoqlash tezligi: 30-180 dona/daqiqa
    Ushbu qadoqlash uskunasi bilan boshqa turdagi mahsulotlarni ham qadoqlash mumkin

    Narxi: 29300 $ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SHOLI (Guruch) TEGIRMONI


    Ishlab chiqarilgan : Xitoy
    Shahar : Hanjou
    Quvvat sarfi : 18,5 KW
    Kuchlanish : 380v
    O'lchami : 1060*1000*2140 mm
    Og'irligi : 495 kg
    Mahsulot chiqarish quvvati : 1800-2300 kg/soat
    Rezina valli guruchni sindirmaydi
    To'liq avtomatik ishlaydi
    Sholidan boshqa dukkakli mahsulotlarni (bug'doy, mosh, tarix va boshqalarni) tozalab beradi.
    ️Asosiy mator qo'shib berilmaydi

    Narxi: 3250 (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • AVTOMATIK KABOB (SHASHLIK) PISHIRISH DASTGOHI


    Yurtimizda kundan kun yangilanish va ovqatlanish joylari yanada ko'payib bormoqda. Albatta bu siz va biz uchun yanada qulaylik tug'diradi. Sizga taqdim etadigan uskunamiz kabob pishiruvchilar uchun ajoyib yangilik bo'ladi degan umiddamiz. Uskunani olgach quyidagi qulayliklarga ega bo'lasiz.
    1) Restoran yoki oshxona ichida foydalanish imkoni
    2) O'tin yoki ko'mirga ehtiyojingiz bo'lmaydi
    3) Ishlash uchun kichik joyning yetarli ekanligi
    4) Atrof muhitga zararli emasligi
    5) To'liq S304 zanglamas metaldan ishlanganligi
    6) Tayyor mahsulot aylanib turishining o'zi sizning restoran, kafe yoki oshxonangiz uchun tabiiy reklama bo'ladi
    7) Siz xoxlagan paytda boshqa joyga olib ishlatishingiz mumkinligi
    8) Isitish tizimi xaridor xoxishiga ko'ra gaz bilan yoki elektr toki yordamida. Har ikkala holatda ham issiqlikni meyorlashtirish mumkinligi.
    9) Tayyor bo'lgan mahsulotlarni doim issiq holatda saqlash imkoniyati. Bu esa mijozlaringizni ortiqcha kuttirishdan sizni asraydi hamda ular doim issiq kaboblarni tanavvul qilishlari mumkin bo'ladi.

    Ishlab chiqarilgan: Xitoy
    Shahar: Jiangsu
    Isitish tizimi: gaz yordamida
    Ishlash quvvati: 88 ta six bir martada
    Kuchlanish: 220v
    Isitish quvvati: 120w
    O'lchami: 1560*450*980mm
    Og'irligi: 70kg
    Material: S304 zanglamas metall

    Narxi: 2990$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari