• ESHIK VA ROMLAR UCHUN REZINA (PVX) HIMOYA BANDLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Qurilish materiallariga yildan yilga talab yuqorilab borgan sayin, bizdan mijozlarimiz ko’proq ushbu sohaga tegishli bo’lgan uskunalarni so’rashmoqda. Bugun sizlarning e’tiboringizga rezina (PVX) bandlar ishlab chiqarish liniyasini taqdim qilmoqchimiz. Uskuna har tomonlama qulay va yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Mahsulotning mavsum tanlamasligi va qolipni o’zgartirish orqali muzlatgich va avtomobillar uchun ham bandlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi

     

    LINIYANING QISQACHA MA’LUMOTI

    Xomashyo: PVX granula

    Umumiy quvvat: 25 kw/soat (15-18 kw/soat ishchi rejimida)

    Suv harorati 30C

    Kuchlanish: 380v 50 hz

    Umumiy kerakli maydon: 12m*1,5m*2m

    Vakuumli uzatgich

    Ko’tarib berish quvvati: 200kg/soat

    Quvvat sarfi: 1,1 kw

    PVX granulasini ekstruderga eritib berish moslamasi

     

    Material: zanglamas metall

    Ichki sig’imi: 100kg

    Qizdirish uchun energiya sarfi: 4kw/soat

    Ventilyator quvvat sarfi: 180W

    Haroratni nazorat qilish PLC tizimida

    SJ50/28 BIR SHNEKLI EKSTRUDER

     

    Ishlab chiqarish quvvati: 40-60kg/soat

    Issiqlik kontrolleri: OMRON (Yaponiya)

    AC kontaktor DANFOSS

    Invertor ABB

    Shnek diametri: 50 mm

    Meterial 38 CrMoAIA

    Qizish seksiyasi: 3 ta

    Sovutish usuli: Sovuq havo

    Mahsulot uchun qolip

    Qolip materiali: 40 Cr

    Uskunaga qo’shimcha 3 dona qolip beriladi.

    Qolip dizayni xaridor tomonidan chiqarmoqchi bo’lgan mahsulotga nisbatan tanlanadi.

    MAHSULOTNI SOVUTISH VANNASI

    Vanna o’chami: 4000mm*500*700mm

    Material: Zanglamas metall

    Sovutish usuli: Suvni sovutish orqali

    Og’irligi: 200 kg

    MAHSULOTNI TEKISLASH HAMDA KESISH USKUNASI

    Tekislash uzunligi: 600 mm

    Tezlikni o’zgartirish: Invertor yordamida

    Mator quvvati: 1,5 kw/soat

    Kuchlanish: 380v 50 hz

    Tezligi: 0-25 m/min

    Chiqqan mahsulotni avtomatik o’lchash funksiyasi: Mavjud

    Kuchlanish: 380v 50 hz

    Bo’shatish uslubi: Pnevmatik

    Quvvat sarfi: 1.1 kw/soat

     

    LINIYANING UMUMIY BAHOSI 24700$ (CIP TASHKENT)

    O’RNATIB BERISH XARAJATLARI XARIDOR TOMONIDAN ALOHIDA TO’LANADI)

    CHINA LEASING IMPEX,.LLC

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • BELKURAK ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Yurtimizda import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda, bu esa o’z navbatida bozorlarimizda milliy mahsulotlar bilan to’lishiga olib kelmoqda. Bizning kundalik hayotimizda eng ko’p ishlatiladigan anjomlarni chetdan import qilish bu unchalik ham to’g’ri ish emas deb o’ylaymiz. Shuning uchun sizlarning e’tiborlaringizga ushbu belkurak (lopata) ishlab chiqarishni tavsiya qilmoqdamiz. 

    Ushbu kiniya quyidagi faktlarga ko’ra sizda qiziqish uyg’otadi:

    1.   Doimiy xaridorlarning mavjudligi, mavsum tanlamasligi
    2. Yangi turdagi mahsulot bo’lmaganligi sababli reklama uchun kam pul sarflaysiz
    3.  Xomashyo uchun kerakli materiallarni yurtimiz hududida topish mumkinligi
    4. Talab kamaygan taqdirda uskunani qolipini o’zgartirish orqali mahsulot turini ko’paytirish yoki yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni boshlashingiz mumkin. 

    METALL QISMINI TAYYORLASH UCHUN 200T LIK GIDRAVLIK PRESS

    QOLIP DIZAYNGA KO’RA ALOHIDA NARXLANADI 1800$ dan boshlab 5000$ gacha

    TO’RTBURCHAK YOG’OCHNI AYLANA SHAKLGA KELTIRISH USKUNASI

    YOG’OCH DASTAKNI PARDOZLASH USKUNASI

    DASTAK UCHINI OVAL SHAKLGA KELTIRISH USKUNASI

    O’RNATIB BERISH XARAJATLARI XARIDOR TOMONIDAN ALOHIDA TO’LANADI)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • AVTOMATIK SUVOQ PURKOVCHI USKUNA

    Yurtimizdqa bo'layotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini ko'rib ko'zing quvonadi, ham qisqa vaqt ham sifatli qilib bunyod etilayotgan ko'rkam binolarni ko'rib texnika mo'jizasiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Axir aytishadiku ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur deb. Sizlarga bugun tavsiya qilmoqchi bo'lgan uskunamiz ko'pgina usta akalarimizni hamda qurilish shirkatlarini qiziqtirib qo'yishi aniq, chunki ushbu uskuna yordamida 12 nafargacha ishchini tejash va ko'p qavatli uylardagi sarsongarchiliklarni oldini oladi. Ko'p qavatli uylarga pastdan turib suvoqni 30 metr balandlikgacha bo'lgan hududga olib chiqa oladi. Buning natijasida suvoq uchun kerakli bo'lgan xom ashyolarni yuqori qavatga tashishning xojati qolmaydi. 

    NARXI 4900 $ (CIP TASHKENT)

    Uskunaning ishlash tezligi siz qiladigan suvoq qalinligi bog'liq hisoblanadi. Siz suvoqni o'rtacha qalinlikda qiladigan bo'lsangiz, uskuna sizga soatiga 150 kv metr devor yoki shiftni suvoq qilish imkoniyatiga ega. Uskunaing ishlash jarayoni bilan quyidagi video orqali tanishish mumkin. uskuna juda qulay bo'lib uni boshqa joyga ko'chirib yurish juda oson.

      YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO'L XARAJATLARI, BOJXONA TO'LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O'Z ICHIGA OLGAN

    (O'RNATIB BERISH XARAJATLARI XARIDOR TOMONIDAN ALOHIDA TO'LANADI)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • G’ISHT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (Vakuumli JZK 45)

    Yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini kuzatar ekanmiz, beixtiyor biz ham qaysidir yo’l bilan yordam berishga oshiqdik. Buning uchun qurilishda eng muhim hisoblangan g’isht ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni niyat qilganlar uchun eng yuqori sifatli Vakuum ekstruderli g’isht ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Vakuumli Ekstruder sizning g’ishtlaringizni yuzi va ichi silliq chiqishini ta’minlaydi, unda har xil kichik g’ovaklar bo’lmaydi, bu esa sizning mijozlaringizga sifatli mahsulot yetib borishini ta’minlaydi. Eng muhimi mijozlaringizni katta hajmli buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun sizlarga 45×45 modelini tanladik. Agar mijozlarimiz kichikroq hajmlisini ya’ni 30×30 modellarini xoxlasalar, uni ham buyurtma asosida olib kelamiz. Biz taqdim qiladigan liniya 10 soatlik ish vaqti davomida 75000-80000 dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biz uzoq yillik tajribamiz natijasida ko’p zavodlar mahsulotlaridan foydalandik. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar tannarxni arzonlatish uchun uskunaga qalin bo’lmagan metallar ishlatishi oqibatida ishlash davomida hosil bo’ladigan vibratsiya uskunani ishdan tez chiqishiga olib kelimoqda. Yana bir e’tibor beriladigan jihati: Ko’p ishlab chiqaruvchilar ichki shnek uchun yumshoq (arzon) metalldan ishlatilishi oqibatida loy uni yezda yemirib yuboradi. Biz sizga taqdim etiladigan uskuna yangilangana talqinda bo’lib, reduktor va asosiy matorni birlashtiruvchi remenlar bir biriga qo’shilib ishlangan. Buning natijasida hamma remenlar baravar harakat qiladi va ularni faqat bittasiga oshiqcha kuch bilan ishlashiga chek qo’yilgan.

    TUPROQNI MAYDALAB BERUVCHI QISM

    Ushbu qism har bir foydalanuvchi uchun eng muhim qismlardan biri hisoblanadi. Ko’p foydalanuvchilar ushbu qismni olib tashlashni iltimos qilishadi.Bu xato ish, sababi qum yaxshi maydalanmasligi oqibatida qotib qolgan tuproqlar loy qorish qismida ko’p vaqt talab qiladi. Uskuna ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlardan yana biri, maydalash qismini takomillashganidir, ya’ni avvalgidek bitta mator emas ikki mator bilan jihozlangan, ikkita mustahkam shkiflar ichki tishlarni harakatlantiradi. Bu bizga tuproqni qay darajada maydalashni aniq o’zgartirish imkonini beradi.

    TUPROQ UCHUN LENTALI UZATISH MOSLAMASI

    Lentali uzatish moslamasi sizgaishchilar bajarish kerak bo’lgan ishni bajarib beruvchi muhim qism hisoblanadi. Lenta yuqori elastikli mustahkam rezinadan ishlangan va maxsus mator yordamida harakatlanadi. Mustaqil tarzda yoqish va o’chirish mumkin, qaysidir uskunaga bo’g’lanmagan. Lenta uzunligi 10 metr.

    LOY QORIB BERUVCHI QISM

    Oldingi modellardan bu qismda ham o’zgarishlani ko’rish mumkin. Loy qorish qismida loyni yaxshi qorilishi g’isht chiqarishda asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Ushbu qismda boshqa ishlab chiqaruvchilar modellarda kuzatilgan kamchiliklar

    1) Loy qorish qismining kalta ekanligi, oqibatda ektruderga ulgurmaslik holati bo’lishi.

    2) Loy qorish uchun hozirgidek ikkita o’qqa egan bo’lgan mikser emas bir o’qli mikser bo’lganligi ham ishni sekinlashtiradi. Biz taqdim qilgan model bilan sizda bu kamchiliklar bartaraf etilgan

    VAKUUMLI EKSTRUDER

    Biz sotib olayotgan model sizga uzoq xizmat qilishi uchun biz sizlarga uzoq tajribaga ega zavod mahsulotlarini taklif qilamiz. Ushbu ekstruder ISO 9001-2008 xalqaro sifat sertifikatiga ega. Bundan tashqari ushbu vakuumli ekstruderni siz dunyoning 24 mamlakatida uchratishingiz mumkin. Ekstruder mustahkam asos ustiga ishlangan bo’lib, yuqori sifatli reduktor bilan ta’minlangan. Vakuum ekstruderga biz V07 rusumli maxsus vakuum nasos hamda kompressor qo’shib beramiz. Ichki shneklar mustahkam ishlanganligi sizga uzoq vaqt uskunani qo’shimcha ta’mirsiz ishlatishingizni ta’minlaydi.

    MAHSULOTNI BIRLAMCHI KESISH QISMI

    MAHSULOTNI TAYYOR G’ISHT KO’RINISHIDA KESUVCHI QISM

    YUQORI BOSIM BERUVCHI MAXSUS KOMPRESSOR

    EKSTRUDER UCHUN MAXSUS MATOR

    Biz ko’p mijozlarimizga matorni o’zimizda ham topsa bo’ladi degan fikriga qo’shilmaymiz. Biz o’zi bilan birga maxsus matorni olishni tavsiya qilamiz. Ushbu mator 130KW/soat quvvatga ega va 3 fazali kuchlanishda ishlaydi. Buni maxsusligi shundaki, bizning yurtimizda 3 fazali kuchlanishli uzatishda ayrim vaqtlar bir fazada elektr uzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatda esa oddiy matorlar birdaniga kuyib qolishi aniq. Biz sizga tavsiya qiladigan matorimiz esa bir faza yo’qolgan holatda avtomatik tarzda to’xtaydi. Bu esa sizni ortiqcha chiqimdan himoyalaydi.

    V07 rusumli maxsus vakuumli nasos

    LINIYA UCHUN MAXSUS SHIT

    Yuqoridagi uskunalar yuqori sifatli va 1 yillik kafolatga ega. Sizga shuni ma’lim qilamizki agar sizda chiqqan g’ishtlarni pishirish uchun maxsus Xumdon yasab berish uchun tajribali ustalarni bizning jamoamiz tashkillashtirib beradi. 400 000 dona g’isht sig’imiga ega maxsus xumdon qurish uchun 8000$ atrofida xizmat haqi talab etiladi. P.S. Ushbu xizmat faqat bizdan uskun olgan mijozlarimizga taqdim etiladi.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SEMENTLI BLOK G’ISHT ISHLAB CHIQARISH USKUNASI


    Qurilishni tez va mustahkam bo'lishida sementli blok g'ishtlarning o'rni beqiyosdir. Ularning samaradorligi quyidagicha
    ·️ Har qanday ob havo sharoitida o'z holatini o'zgartirmaydi
    ·️ Homashyoning 100% mahalliy ekanligi
    ·️ Do'konlar, binolar, ko'p qavatli binolar uchun qurilish muddatini keskin qisqartirish mumkinligi.
    ·️ Namunaviy uylar uchun chegara devorlarini zamonaviy va ko'rkam qilib chiqarish imkoniyatining mavjudligi
    ·️ Mahsulot turini faqat qolipni o'zgartirish orqali ko'paytirish mumkinligi
    ·️ Aholining keng qatlami uchun arzon va sifatli qurilish materiali bo'lib qolmoqda, bunga sabab blokdagi havoli bo'shliqni hajmi ortgani, hamda ishlab chiqarish jarayonini qo'l mehnatidan avtomatlashtirishga o'tilishidir
    Biz tanlagan uskunaning boshqa shu turdagi uskunalardan farqi
    ·️ Konstruktiv dizayn
    ·️ Reduktor tishlari cho'yandan emas po'latdan ishlanganligi
    ·️ qolipni ko'tarish qo'lda emas kontrol panelida amalga oshirishi
    ·️ Asos uchun mustahkam po'latdan foydalanilgan bo'lib, bu uskunaning vazni og'irlashisha va chidamliligini oshiradi. Vazni og'ir bo'lishi ishlashda vibratsiya natijasida uskuna joyidan qo'zg'alib ketmaydi va ovozi baland bo'lib ketishini oldi olinadi
    ·️ Import Siemens mis g'altakli motorlardan foydalanilgan bo'lib, uskunaning uzoq va to'xtovsiz ishlashini, shu bilan birga kuchlanish o'zgarishi oqibatida motor kuyib qolishi xavfi keskin kamayganligidir. Ushbu matorlarda starting speed funksiyasi mavjud bo'lib, yoqilganda ko'p elektr toki tortmaydi hamda birdaniga katta tezlikda harakatlanib uskunani silkitib yubormaydi.
    · ️Beton qorish uskunasi uchun Shkiflar ham po'latdan ishlangan va odatdagidan quvvati yuqori mator ishlatishga qaror qildik, bundan maqsad siz solayotgan mahsulotlarni yaxshi qorilishini va ichiga ko'p miqdorda birdaniga mahsulot solinganda ham aylanishda davom etadi. (Boshqa qorigichlarda motor to'xtab qoladi yoki remenni o'zi aylanib qoladi)
    ·️ Biz sizga uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulot taklif qilyapmiz, demak qorigich korpusi ham odatdagidek 1mm emas 1.5mm qilishga qaror qildik.
    ·️ Qoliplar tezda ishdan chiqishidan shikoyat qilgan mijozlarimiz edni bizni bu savol bilan boshqa bezovta qilmasliklari uchun CR20 markali maxsus metalldan foydalanilgan.

    · ️Qo'shimcha qolip 480$ (uskunaga qo'shib olib kelinsa)
    · ️Pallet ham qo'shib olish mumkin, soniga qarab narxini aytamiz

    Narxi: 4990$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PVX QUVURLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (50-110mm)

    PVX quvurlar ishlab chiqarish sanoati butun dunyo bo’ylab keng tarqalayotgan bizneslar sirasiga kiradi. Ushbu liniyani biz ham O’zbekiston uchun istiqbolli loyihalardan biri deb bildik, sababi yurtimizda olib borilayotgan keng bunyodkorlik ishlari bunga misol bo’la oladi. Har qanday zamonaviy binolarga va qishloq hududlarida qurilayotgan namunaviy uylarimizga nazar solar ekanmiz,har bir xonadon kanalizatsiya tizimi bilan jihozlanganligini ko’rishimiz mumkin. Xomashyoni mahalliylashtirish uchun jadal ishlar olib borilmoqda. 50% dan ortiq CaCo3 xomashyosi ishlatiladi, bu esa yurtimizda eng arzon xomashyolar sirasiga kiradi. Umumiy to’liq liniya quyidagi qismlardan tashkil topgan.

    Ushbu qismning vazifasi tayyor bo’lgan mahsulotlarni jamlab qo’yishdan iborat.

    O’ylaymizki yuqorida keltirilgan ma’lumotlar sizga foydali bo’ldi. Endi esa quyida siz ishlab chiqarish liniyasining narxlari bilan tanishib chiqing.

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PENOPOLISTIROL BLOK VA PANELLAR CHIQARISH LINIYASI

    Serquyosh o’lkamizda to’rt fasl ham mujassamligi bilan juda ko’pchilikni hayratga solib keladi. Lekin shuni ham tan olishimiz lozimki yurtimizda yoz judayam jaziramali, qish esa juda ayozli bo’lishi hech kimga sir emas. Lekin endi bizda buning yechimi bor. Hozirda yaxshigina urf bo’lishga ulgurgan penopolistirol panellar va turli xildagi izodekorlar sizning xonadoningizda haroratni qishda va yozda mo’tadil saqlanishini ta’minlab beradi. Shuningdek ushbu mahsulotdan foydalanilgan hollarda siz quyidagi qulayliklarga ega bo’lasiz:
    ·️ Juda yengil mahsulot bo’lganligi uchun sizning devar hamda poydevorlaringizga ortiqcha og’irlik tushmaydi.
    · Issiq hamda sovuq haroratda uyingiz yoki ofisingiz harorati bir xilda saqlanadi
    ·️ Issiq kunlarda devordagi issiqlik o’z o’zidan xona xaroratini oshishiga olib keladi, bu esa sizning konditsioneringiz sovutish uchun ko’p vaqt ishlashga tog’ri keladi. Bu holatni oddiy qilib muzlatgich eshigini ochib qo’yib uni ichidagi suvni muzlashini kutishga o’xshaydi.
    ·️ Tom osti qoplamalari ostidan qoplash orqali hozirda urf bo’layotgan Tom osti monsart uylarga ham ega bo’la olasiz.
    · Haligacha qishloq tumanlarimizda tom ustini issiq sovuqdan saqlash uchun qamish tashlab, ustidan loy suvoq qilinadi. Men sizlarga o’zim ushbu muammoga duch kelib hisoblab ko’rdim va penopolistirol qoplama bilan tom yopilganda sizga 45% mablag’ tejab qolinar ekan, buning ustiga sifatli qoplamaga ega bo’lasiz.
    Narxi: 97000$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • POLIKORBONAD CHEREPITSALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Zomonaviy texlogiyalar hayotimizga shu qadar singib bormoqdaki endi ularsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Masalan oddiy tom yopish vositalarining rivojlanish bosqichiga nazar soladigan bo’lsak, dastavval sopoldan, asbest sementdan, keyinchalik esa glazurlangan tunukadan ishlab chiqarish hozirgi kungacha ancha urfda edi. Ha edi deyishimizga sabablar bor endilikda ko’pgina xorijiy davlatlarda Polikorbonad cherepitsalardan foydalanish urfga kirmoqda. Buning sabablarini metall cherepitsalar bilan solishtirish orqali ko’rib chiqamiz:
    Polikorbonad chetepitsalar
    1) Quyoshdan keladigan Ultra Binafsha nurlarni o’tqazmasligi;
    2) Rangning yo’qolib ketish xavfining yo’qligi
    3) Metall cherepitsalarga nisbattan issiqlikni ichkariga 122% ga kamroq o’tqazishi
    4) Yomg’ir tomchilarining shovqinli ovozi 65 Db gacha kamayganligi
    5) Bir, ikki yoki ko’p qavatli qilib ishlash imkonining borligi
    6) Yengil deformatsiya oqibatida o’z shaklini oson yo’qotmasligi (matall cherepitsalarda unday emas)
    7) Elastiklik holatining yaxshi ta’minlanishi
    8) Qolipni o’zgartirish orqali metall cherepitsalarda iloji yo’q bo’lgan shakllarga erishish imkoniyati
    9) Hozirgi kunda yurtimiz bo’ylab muzlatgichlar qurilishi jadal sur’atlarda ketmoqda. Shuni ta’kidlash joizki boshqa rivojlangan mamlakatlar inkor etib bo’lgan sistemada biz qurishda davom etmoqdamiz. Ko’pchiligimiz mahalliy sendvich panellardan meva va sabzavotlar uchun saqlagichlar tayyorlamoqdamiz. Afsuski bu panellarning har ikkala tomoni ham metalldan ishlangan. Bizga ma’lumki muzlatgichning ichki qismi doim nam va sovuq holatda bo’ladi. Bunday sharoitda ichki qismda tez orada (3-4 yil) zanglay boshlashini ko’rishimiz mumkin. Bunday holatni avvalroq boshdan kechirgan davlatlar jumladan Janubiy Korea allaqachon ikki tomoni metalldan ishlangan Poliuretan Sendvich panellardan voz kechdi. Bu bizga saboq bo’lishi lozim. Bu muammoni ichki qismi polikorbonad paneldan ishlangan sendvich panellar orqali bartaraf etish mumkin.
    10) Issiqxonalar ustki qismini Polikorbonad panellar bilan yopish zamon talabiga aylanmoqda. Sababi har 2 yilda polietilen plyonkalarni almashtirish ko’p mehnat va xarajat talab qilmoqda. Shisha bilan qoplanganda esa issiqlikni ichkariga kuchaytirib o’tqazishi oqibatida o’simlikni qurib qolishi va yerning tez tez sug’orishni talab qilmoqda
    11) Polikorbonad panellar yorug’likni yaxshi o’tqazganligi sababli ularning savdo rastalari va boshqa tabiiy yorug’likka ehtiyoj seziladigan joylarda foydalanish ancha qulaydir.

    Yuqoridagi faktlarni o’rganib chiqqaningizdan so’ng siz buning kelajak loyihasi ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

    Uskuna 9 ta qismdan tashkil topgan:
    1) Ekstruder qismi
    2) Suyuqlikni avtomatik presslash qismi
    3) Qoliplar
    4) Rolliklar
    5) Vakuumli formalash qismi
    6) Besh chiziqli formalagich
    7) Issiqlikni meyorlashtiruvchi qism
    8) Ikki yonini tekislash uskunasi
    9) Kesish va joylovchi qismi
    10) 14 xildagi ehtiyot qismlar qo’shib beriladi
    Liniyaning umumiy elektr toki sarfi: 193 kw/soat
    Umumiy kerakli maydon: 143 m2 kamida
    Liniyada AQSh, Yaponiya, Daniya, Fransiya, Germaniya va Taiwan ehtiyot qismlaridan foydalanilgan.

    Narxi: 207 700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TURLICHA TOSH, OHAKTOSH VA BOSHQALARNI MAYDALASH USKUNASI (DROBILKA)

    Ishlab chiqarilgan: Xitoy
    Shahar: Zhejiang
    Maydalanuvchi tosh diametri: 125mm
    Tayyor mahsulot diametri: 0-15mm
    Ishlash tezligi: 1-3 metr kub/soatiga
    Xomashyo: tosh, ohak va boshqalar
    Kuchlanish: 380v
    Quvvat sarfi: 7.5kw/soat
    Og'irligi: 700kg
    Ishlatilish sohasi: Qurilish ishlarida
    Mijoz talabiga ko'ra kattaroq turlari ham mavjud

    Narxi: 3200$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PPR QUVURLAR (TRUBALAR) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Zhangjiagang
    Mahsulot diametri:20-63mm
    Jami elektr sarfi:89kw
    Uskuna o'lchami:28000*3000*2300 mm
    Ishlab chiqarish quvvati:700metr/soat
    Kuchlanish:380v

    USKUNANING TARKIBIY QISMLARI:
    Uskuna 8 qismdam iborat bo'lib Ekstruder, Vakumli qoliplash sistemasi, Sovitish tizimi, Qoliplar, Qirquvchi va Yurg'izuvchi asosiy qisimlar va granula qurituvchi, rang beruvchi qo'shimcha qisimlardan iborat.

    Mijoz hohishiga ko'ra o'zining firma nomi(brend nomi)ni mahsulotga yozib beruvchi Printeri ham mavjud (900$ qushiladi)

    Narxi: 37 390$ (FOB SHANGHAI)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • YOG’OCHGA MURAKKAB ISHLOV BERISH UCHUN 3D ROVER

    Yosh tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyatlardan biri sifatida ushbu uskunani namuna qilishimiz mumkin. Yuqori tezlikda yog'och o'ymakorlik ishlarini qilish uchun mo'njallangan ushbu qurilma mo'jizalar yaratishga qodir. Ko'pchilik nima ish qilish mumkin shu kabi uskunalarda deb savol berishadi. Albatta bu kabi qurilmalarda tomga qoqadigan reka qilinmaydi!!! Siz o'z ijodkorligingizni namoyon etib sovg'alar uchun shaxmat yoki narda stoli, uy bekasining ismi tushirilgan sabzi to'g'rash taxtachasi, har xil buyumlar solib qoyish uchun quticha, eshiklar uchun exclusive raqamlar, reklama uchun bo'rtma harflar, mebellar uchun aksessuarlar, xona ko'rkini buzib turgan isitish quvurlarini bekitish uchun naqshli qoplama va hech kim xayoliga kelmaydigan takrorlanmas buyumlar.

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Brend:Blueelephant
    Shpindel:3 KW original (Japan)
    Diapazon: X; Y; Z (900600200mm)
    Aniqlik darajasi:0.003mm
    Max tezlik:30 000mm/daqiqa
    Kompyuter OS:Windows 2000/XP7/8/10
    Programma:NC studio, March 3/DSP
    Qoshimcha funksiyalar:Charxlash, kesish, teshish, silliqlash
    Kuchlanish:220v
    Shpindel tezligi:18000 RPM
    Interface:USB
    Controller:LCD panel (3)
    Ishlash mumkin bo'lgan materiallar:Yog'och, MDF, DSP, PVC panel, PP qattiq buyumlar va ishlash mumkin deb o'ylagan boshqa mahsulotlar.
    O'lchami:1600×1300×1700mm

    Narxi: 3700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SHPAKLYOVKA VA KERAMIK PLITALAR (KAFEL) UCHUN KLEY ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

    uskuna ishlash imkoniyatlari

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Zhengzhou
    Quvvat sarfi:16,5kw/soat
    Kuchlanish:380v
    Ishlab chiqarish quvvati:2 tonna/soat
    Mikser hajmi:1650 L
    Tayyor mahsulot og'irligi:10-50kg
    Qadoqlash tezligi:40-120 qop/soat

    Narxi : 11700 $ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

Saytda tamirlash ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzur so`raymiz Закрыть