• CHARM KAMAR (REMEN) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Charm mahsulotlariga talab har doim ham yuqori bo’lib kelgan. Bunga asosiy sabab xalqimiz va dunyo xalqlari ham sifatga, uzoq muddat o’ziga xizmat qilagan narsalarga qiziqib kelishgan. Yurtimizda chorvachilik yaxshi rivojlanganligi sababli xomashyo topish muammo bo’lmaydi. Charm mahsulotlariga ishlov berish yurtimizda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon yuzini ko’rib, boshqa davlatlarga ham eksport bo’lmoqda. Ichki bozorga ham xaridorgir bo’lgan mahsulotlardan biri bu charm kamarlardir. charm kamarlarning katta qismi import mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham sizlarga ushbu mahsulotni yurtimiz hududida ishlab chiqarish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bizga dastavval mahsulot ishlab chiqarish uchun oshlangan toza teri yoki uning o’rnini bosuvchi mahsulot zarur bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida 10 turdagi uskuna ishtirok etadi va bizning kompaniyamiz sizga ushbu uskunalarni eng maqbul narxlarda tavsiya etadi.

    TERINI KAMAR O’LCHAMIDA KESIB BERUVCHI USKUNA

    Ushbu uskuna yordamida siz har xil o’lchamga ega bo’lgan terilardan bir xilda kesilgan yarim tayyor mahsulot hosil qila olasiz. Ushbu uskuna terini birdaniga bir nechta bo’lakka ajratib beradi va ishchi ularni uzun kesilganlarini olib, keyingi bosqichga o’tish uchun yuboradi. Ushbu uskuna yordamida siz Tabiiy teri, Sun’iy teri, Rezina, Qattiq mato, Yumshoq plastik va boshqa xomashyolarni ham kesishda qo’llash mumkin.

    KAMAR CHETINI OVALSIMON SHAKLGA KELTIRIB KERAKLI O’LCHAMDA KESIB BERUVCHI USKUNA

    Sizga ma’lumki yuqoridagi uskuna terini chetlarini to’g’ri burchak ostida kesib berdi, endi esa ularni biroz oval shaklga keltirib, bizga kerakli uzunlikda qirqib olish lozim bo’ladi. Buning uchun esa quyidagi uskuna bizga yordam beradi.

    KAMARNI KERAKLI QALINLIKKA TARROSHLASH USKUNASI

    Biz har xil teri ishlatamiz va har xil turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz. Shunday holatda bizga ba’zida ularni qalinligini kamaytirishga tog’ri kelishi mumkin yoki qalinligini bir xilda qilib berish uchun bizga quyidagi uskuna yordamga keladi. Bir so’z bilan qisqa qilib ushbu uskunani teri uchun “randa” deb atasak ham bo’laveradi.

    KAMARGA ROLIKLI NAQSH BOSISH DASTGOHI

    Har kuni yangicha naqshlar bilan bezatilgan yangi ko’rinishdagi kamarlarga ko’zimiz tushadi. Kimlardir silliq yuzali hech qanday naqshsiz kamarlarni hush ko’rsa, yana boshqalarga turli naqshlar hosil qilingan kamarlar yoqadi. Biz esa sizga har qanday mijoz talabiga mos keluvchi uskunalrni taklif qilmoqdamiz. Siz uskunadagi metall rolikni o’zgartirish orqali kamarga bosiladigan naqsh turini o’zgartira olasiz.

    TORT G’ILDIRAKLI KAMARNI IKKI TOMONINI SAYQALLASH USKUNASI

    Mahsulotingiz yetarli darajada silliq yuzaga ega bo’lishi bu bo’yash jarayonida sizga juda qo’l keladi, ya’ni mashaqqat anchagina kamayadi.

    KAMARGA TESHIKLAR OCHIB HAMDA KAMAR OXIRINI KESIB BERUVCHI PRESS

    Ushbu pressni qoliplarini o’zgartirish orqali siz teshik shaklini uning oraliq masofasini o’zgartirishingiz mumkin bo’ladi.

    KAMAR CHETINI BO’YAB BERISH USKUNASI

    E’tibor bergan bo’lsangiz kamaringizni pichoq yoki boshqa o’tkir jism yordamida kesganingizda uni kesilgan joyining rangi och rangda bo’lib qoladi va bu mahsulot dizayniga salbiy taasir ko’rsatadi. shuning uchun ham kesilgan joylarni bo’yab qoyish maqsadga muvofiq sanaladi. Bo’yalgan chet qismlar xuddi yuza qismi bilan uyg’unlikda yaxlit kompozitsiyani yasaydi.

    ROLIKLI PRESSLI SILLIQLASHB USKUNASI

    KAMAR UCHUN BELBOG’ YASASH USKUNASI

    Yuqoridagi uskunalar yordamida siz ayollar va erkaklar uchun kamarlar ishlab chiqara olasiz. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan kamar uchun metall qism topilmagan taqdirda sizga Xitoy davlatidan olib kelib berishimiz mumkin.

    NARXI: 21700 $ (Toshkent shahridagi ombordan olib ketish narxi)

    Uskunalarni o’rnatib ishlatib berish xarajatlarni uskuna narxiga qo’shib hisoblanmagan. xaridorga o’rnatib berish xizmati zarur bo’lsa, texnolog bilan kelishgan holda xarajatlarini to’lab berish majburiyatini oladi.

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SHAFFOF EVA YELIM QALAMCHALARINI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Bizdan ko’p mijozlarimiz O’zbekiston hududida bo’lmagan, ammo daromadi yaxshi biznes topib berishimizni so’rashadi. To’g’risi yangilik topishb hozirgi kunda juda murakkablashib bormoqda, yangiliklar ko’p ammo bizni hududimizga to’g’ri keladigan, bozorda talab bo’lgan mahsulotlardan biri bu ko’p tarmoqlarda ishlatiladigan eva yelim tayoqchalaridir. Ushbu mahsulot kerakli darajada qizdirilsa suyuq yopishqoq holatga keladi va normal haroratda qotadi. Ushbu mahsulotning asosiy xaridorlari tekstil fabrikalari, har xil maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar, ustaxonalar va boshqa mantaj ishlarida ishlatiladi. Ushbu liniyani o’zini eng tez oqlovchi liniyalar qatoriga kiritishimiz mumkin. Liniya to’xtovsiz ishlashga mo’njallangan va soatiga 100 kg mahsulot ishlab chiqara oladi. Quyidagi liniya yordamida siz diametri 8 mm; 9 mm; 10 mm; 11 mm bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Ushbu yelim uchun xomashyo chetdan keltirilishiga qaramasdan uni ishlab chiqarish yaxshi foyda beradi. Siz turli xil formulalar ishlatish orqali mahsulot tannarxiga ta’sir eta olasiz, bunda yelim qalamchadagi shaffoflik qanchalik kam bo’lsa , mahsulot narxi shuncha past bo’ladi.

    UMUMIY KO’RINISHI

    1.EKSTRUDER

    2. MAXSUS QIZDIRUVCHI REAKTORLAR (2 DONA)

    SUVLI SOVUTISH TUNNELI (16 METR ZANGLAMAS METALL)

    KESIB BERUVCHI QISM

    SOVUTISH UCHUN MAXSUS CHILLER (xaridor talabiga ko’ra)

    Liniya uchun xaridor tomonidan ta’minlanadigan narsalar:

    Balandligi 5,5 m dan uzunligi 30 metrdan kam bo’lmagan bino;

    380v 50 hz kuchlanishga ega elektr shit;

    2 nafar ishchi

    USKUNANING UMUMIY BAHOSI: 57000$ XARIDOR TOSHKENT SHAHRIDAGI OMBORDAN QABUL QILIB OLADI

    SOVUTISH CHILLERISIZ 51000$

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

     

  • LAZERLI KESISH, MARKALASH USKUNALARI VA EHTIYOT QISMLAR

    Zamonaviy texnalogiyalar hayotimizga tobora chuqur kirib borar ekan, bizning og'irimizni yengil qiluvchi, mushkulimizni oson qiluvchi vositalarga aylanmoqda. Zamon talabi va bugunning xaridori sifatida baho berish kerakki, endilikda kishilar faqat narxga emas, endi ular sifatli mahsulotlarni tanlash bosqichiga o'ta boshladilar. Bugungi kunda Lazerli texnalogiyalarni qo'llanilishi Tekstil sanoati, Poyafzal ishlab chiqarish, Reklama sohasi, Dekorativ mahsulotlar, O'yinchoqlar, Metallga ishlov berish kabi sohalarning ishini tubdan isloh qilishga erishildi. Buning natijasida ishlab chiqaruvchilarning vaqti tejalishi bilan bir qatorda, mahsulotlar yana bir sifat bosqichiga ko'tarilmoqda.

    EHTIYOT QISMLAR VA QO'SHIMCHA QISMLAR:

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO'L XARAJATLARI, BOJXONA TO'LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O'Z ICHIGA OLGAN

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MOLNIYA (ZANJIRSIMON QADAGICH) ISHLAB CHIQARUVCHI TO’LIQ LINIYA

    Ko'pchilik mijozlarimizdan kelib tushgan talablardan biri bu: Yengil Sanoat sohasiga qanaqa yangilik bilan kirish mumkin kabi savollarning ko'p takrorlanganligi bo'ldi. O'zingizga ma'lumki Oziq ovqat sanoati mahsulot saqlash muddatining qisqa ekanligi bilan xavflidir. Yengil Sanoat sohasini ham shunga o'xshatish mumkin, ya'ni siz chiqargan mahsulotlar muddati ma'naviy eskiradi (moda o'zgaradi). Biz xodimlarimiz bilan bilan ichki bozorga mahsulot chiqaruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan olib borilgan surishtirishlar natijasida shu narsalar ayon bo'ldiku, hali hanuz eng ko'p ishlatiladigan mahsulotlar bizga chetdan kirib kelmoqda. Import darajasining yuqoriligi jihatidan quyidagi mahsulotlarni ko'lami kengligiga ko'ra tanladik.
    1️} Jinsi matosi
    2️} Har xil o'lchamdagi tugmalar
    3️} Zanjirsimon qadagich (Замок)
    4️} Poyafzal va kiyimlar uchun aksessuarlar
    Yuqorida bizning jamoamiz a'zolari tomonidan eng muhim deb hisoblangan 100%lik import yo'nalishlar ishlatilish ko'lamiga ko'ra tanlab olindi.
    Yengil sanoatning yo'nalishlar bo'yicha olib qaralganda yuqoridagilardan eng ommalashgani zanjirsimon qadagichlar keng ishlatilishi guvohi bo'ldik:
    ·️ Ustki kiyimlar (sport formalari, jemfer, sviter, qishki kurtkalar va boshqalar
    ·️ Turli xildagi shimlar
    ·️ Har xil xamyonlar va sumkalar, papkalar, chemodanlar
    ·️ Oyoq kiyimlar
    ·️ Har xil turdagi matraslar, mebellar, to'shaklar uchun qoplamalar
    · Avtomobil o'rindiqlari uchun chexollar
    ·️ Va yana juda ko'plab bizni e'tiborimizdan chetda qolgan holatlarda ishlatiladi.
    Hisob kitob qilib ko'riladigan bo'lsa ushbu kerakli mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona yuqorida sanab o'tilgan ehtiyojlar sohasini faqat bittasini tanlagan holatda ham, uskuna uchun tikilgan xarajatlarni 24 oyda to'liq qoplaydi. Ushbu liniyaga qurbi yetadigan tadbirkorlarimizdan uzoq o'ylanmasligini maslahat beramiz, chunki moda o'zgaradi lekin siz kiyadigan yangi kurtkangizdagi zanjirsimon qadagich o'zgarmaydi, yoki siz ishlatayotgan sumkangizni yangi ko'rinishlari chiqadi, ammo undagi qadagichlar ham o'zgarmasdan qoladi.

    Uskunani o'rnatib ishlatib berish uchun Xitoydan mutaxasislar talab etiladi va bu xarajatlar xaridor tomonidan to'lab beriladi. Uskunaning o'rnatish xarajatlarini mijoz bilan kelishilgandan so'ng aniqlanadi.

    Narxi: 92000$ (CIP TASHKENT)

    (Izoh CIP TASHKENT- Zavoddan Xitoydagi omborimizgacha bo'lgan, ombordan yog'och qutilarga joylash, yuklash xarajatlari, yo'l haqi harajatlari, Xitoy va O'zbekiston bojxonasidan barcha to'lanadigan xarajatlarni o'z ichiga oladi.)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MAXSUS TIBBIYOT DOKASI TO’QUVCHI USKUNA

    Prezidentimizning harakatlari samarasi o’laroq, ushbu yilda tibbiyot va farmasevtika sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yangidan yangi zamonaviy Sanoat Zonalari tashkil etilmoqda. Biz ham yuqorida sizga tavsiya etayogan uskunamiz zamonning talabi bilan vujudga kelgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi vaqt o’tgani sayin aholi daromadlari ortishi, chetdan yuqori sifatli mahsulotlarning kirib kelishi, eski uskunalarda, eskicha exnalogiya asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni bozordan siqib chiqarmoqda. Bozor talabi bilan rivojlanayotgan tadbirkorlar esa eng so’nggi ishlab chiqarishlarni tashkil qilmoqda.
    Ushbu uskuna quyidagi jihatlari bilan bugunning talabiga mos keladi:
    · ️Yuqori tezlik va kam elektr toki sarflashi
    ·️ Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan jami uskunalarni bitta uskunaga jamlab ixchamlashtirilganligi (Eski texnalogiyada ushbu jarayon 4 ta uskuna yordamida bajarilardi hamda kesilgan dokalar xaridorlarga uncha ma’qul kelmasdi, unda mahsulot ko’rinishi achinarli ahvolga kelib qolardi)
    · Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarilishi va bu sifatni xaridor bir ko’rgandayoq farqlaydigan darajaga keltirilganligi.
    ·️ Ishlab chiqaruvchi tadbirkordan boshlang’ich mablag’ning kam talab etilishi.

    Tadbirkor bir dona uskuna yordamida bir kunda har biri 4 metrdan bo’lgan o’ramlardan 480 dona qilish mumkin.
    Xomashyoning narxiga qarab foydangizni aniqlab olish qiyin emas. Siz xattoki ushbu uskunada elastik xomashyo ishlatgan holda Elastik tibbiyot dokalarini ham ishlab chiqarish imkoniga ega bo’lasiz.

    Narxi: 6700$ (CIP TASHKENT gorizontal qadoqlash uskunasi sovg’a tariqasida beriladi)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ENG ZAMONAVIY CHOKSIZ AYOLLAR ICHKI KIYIMLARINI ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI

    Mana necha yillardan buyon tekstil mahsulotlari soni yildan yilga oshmoqda, lekin bir turdagi mahsulotlar hali hanuz import bo’lmoqda. Ha bu o’sha eng ko’p sotiladigan tovarlar sirasiga kuruvchi ayollar ichki kiyimlaridir. Bizda sekin-sekin erkaklar ichki kiyimlari mahalliylashtirilmoqda. Nazarimizda bu sohani ham kiritish vaqti keldi. China Leasing Impex jamoasi Xitoy zavodlari bergan ma’lumotlarga qaraganda eng xaridorgir ichki kiyimlar choksiz (ultrasonic) usulda tikilgan xillari ekan. Bunda asosiy e’tibor insonga salbiy ta’sir qilmasligiga, hamda uning dizayni juda ajoyib bo’lishiga zamin yaratiladi. Biz sizga quyida tavsiya qiladigan uskunalar yordamida siz 700-1000 dona yuqori qismini va 700-1000 dona pastki ichkiyimlar chiqarish mumkin.
    Uskunalar quyidagi bosqichlardan tashlik topadi:
    -lazerli kesish qismi
    -Paralonga qolip yordamida issiqlik bilan shakl beruvchi qism
    -Rezinasini chiqaruvchi qism
    -Shoksiz tikuv mashinkalar
    – Aksessuarlarini mustahkamlovchi qism va boshqalar
    Kerakli mayda qismlari Xitoydan keltiriladi. Bizda chiqmaydigan ayrim matolarni ham xaridor boshqa davlatlar (Xitoy, Turkiya, BAA va boshqalar) dan import qilishiga tog’ri keladi.
    Uskunalarning jami narxlari hamma qismlari olinganda minimal qiymat 70 000$ atrofida bo’ladi. Aniq hisob kitob va aynan qanday uskunalar olinishini ishlash jarayonlariga qiziqqan tadbirkorlarimiz 640 ming so’m miqdorida to’lov qilib ma’lumotlarni qo’lga kiritishi mumkin.

    Narxi: 69 700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PP(Polipropilen) /PE(Polietilen) IPLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Zamon shiddat bilan o’zgargani sayin mahsulotlar ham mustahkamlanib bormoqda. Avvallari paxta tolasidan qilingan arqonlar ishlatilgan bolsa hozirda bu arqonlar o’rnini PP/PE arqonlar egallab bo’ldi. PP arqonlar kop jihati bilan ustun. Masalan suvga chidamli, chirib qolmaydi, juda mustahkamligi sabab qo’l bilan uzishni iloji yo’q, juda yengil, har xil ranglarda qilish mumkinligi, tashish uchun qulayligi, qishloq xo’jaligining ko’pgina sohalarida ishlatilmoqda.

    · Quyida uskunaning texnik ko’rsatgichlari:

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Zhejiang
    Ekstruder:SJ 65
    Qolip kengligi:600mm
    Quvvat sarfi:65kw/soat
    Kuchlanish:380v
    Uzunligi:21metr
    Shnek:2 talik (twin screw)
    Xomashyo:PP/PE granula
    Avtomatlashganligi:Kompyuterlashgan PLC nazorat

    Narxi: 36800$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • GAMASH VA LOSINA TO’QUVCHI USKUNA

    Yengil sanoat bo’yicha olib borilayotgan ishlar davomi sifatida yurtimiz aholisiga eng yaxshi mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash uchun quyidagi uskunani taklif qilmoqdamiz. Ushbu uskuna qulayliklar juda ko’p, masalan unda toqilgan mahsulotlardan kiyimlarni yengini uch qismiga qoyish, choksiz losina va gamashlar ishlab chiqarish uchun juda muhim salaladi. Mahsulot tayyorlash uchun qoshimcha tikuv uskunalar talab etiladi.

    ·Quyida uskunaning texnik kórsatgichlari:

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Quvvat sarfi:3,7kw
    Tezligi:18-30 RPM
    To'qish stili:welt
    Kombinatsiya hosil qila olishi:ranglardan har xil tasvirlar hosil qilib tikish xususiyatiga ega
    Kompyuterlashganligi:To'liq
    G'altaklat soni:18 tagacha
    Iplar:18-20
    AvtoStop tizimi:Avtomatik stop funksiyasi xatolik aniqlaansa habar qiladi
    Xomashyo:qisman spandex, jun yoki sun'iy jundan qilingan iplar

    Narxi: 7900$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TO’QILMAYDIGAN SUN’IY POLIMER (PE;PP) MATO ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Yurtimizda jadal rivojlanishlar davrida tabiiy mahsulotlar bilan bir qatorda sun'iy matolarga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Afsuslar bo'lsinki bu talabni chet el mahsulotlari hisobiga bajarmoqdamiz. Aqlli tadbirkorlar o'ylab ko'radigan vaqt esa allaqachon kelib bo'ldi. Xo'sh biz qaysi sohalarda ishlatmoqdamiz bu kabi matolarni?
    1) Avtomobilsozlikda turli xildagi filtrlar chiqarish, yorug'likdan himoyalovchi pardalar, salon qismlari va boshqalar
    2) Maishiy texnikalarda: ayrim ixcham buyumlarni qadoqlash uchun, tashqi tasirdan himoyash, changyutgichlar uchun chang yig'iladigam maxsus qopchalar va boshqalar
    3) Tibbiyot sohasining himoyalovchi va tana gigieniyasini saqlash uchun esa deyarli 90% miqdorda, maxsus likoplasterlarda, himoya niqoblari, bosh va oyoq uchun maxsus kiyimlar va boshqalar
    4) Kundalik hayotda: oshxona tozaligi uchun maxsus salfetkalar, Tana yozaligi uchun maxsus nam salfetkalar, bolalsr tagliklari, ayollar gigienik vositalari, kiyim kechak va boshqa mahsulotlarni tashish uchun maxsus sumkalar, ko'chatlar va issiqxonalar uchun maxsus ko'chatdonlar va boshqalar
    5) Yengil sanoatda: ayrim mahsulotlar tashish uchun maxsus chemodanlar, oyoq kiyimlar karobkasi uchun maxsus, kostyum shimlar uchun maxsus sumkalar
    6) Oziq ovqat sohasida mevalarni himoyalash, zarar yetqazmay tashish va boshalar
    Ha bularning hammasi hozirda chet eldan valyuta hisobiga olib kelmoqdamiz, biz o'zimizda xomashyo bo'la turib, ya'ni Polietilen (PE) yoki Polipropilen (PP) dan siz xoxlagan qalinlikda mato chiqarish mumkin. Hozir davlatimiz o'zimizning hududda xomashyo bor bo'lgan yangi mahsulotlarga talabni oshirmoqda. Bu to'g'ri yo'l albatta.

    Uskunaning juda ko'plab variantlari mavjud, eniga 1300mm dan boshlab 2600mm gacha xoxlagan bir o'lchamni tanlashiz mumkin. Ishlatadigan maqsadingizga qarab uskunalar turlicha bo'lishi mumkin. Shunday ekan o'zingizga ma'qul yechimni topish bahosi va to'liq texnik parametrlari bilan tanishtirish 480 ming so'mni tashkil qiladi. Tolovlar pul o'tqazish yo'li orqali amalga oshiriladi.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • KOMPYUTERLI SO’NGGI AVLOD TO’QUV DASTGOHI

    To’qimachilik sohasida hali bizda qilinishi lozim bo’lgan ishlar talaygina. Tadbirkorlarimiz oldida to’qimachilikka eng zamonaviy va so’nggi texnalogiyalarni kiritish orqali eksport hajmini oshirish va ichki bozorni import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bilan to’ldirishdek mas’uliyatli ishlar turibdi. Bu borada sizga China Leasing Impex jamoasi yordam beradi. Maqsadimiz sizning biznesingizga innovatsiyalar kiritish va daromadingiz ko’payishiga xizmat qilishdir.

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Zhejiang
    Brend:OPEK
    Model:XD52S-2
    Quvvat sarfi:1.5 kw
    To'qish turi:Ikkitali (bir vaqtda)
    To'qish usuli:Jakkard
    Avtomatlashgan:to'liq kompyuterli, internetga ulanish, PLC tizimi
    Qo'llash mumkin:Bosh kiyim to'qish, jemfer, sviter, yengsiz va yengli boshqa turdagi kiyimlar
    Xomashyo:3 dan 17G o'lchamgacha iplar bilan ishlay oladi
    To'qish max dyum:52
    Sertifikat:ISO. CE
    Tezligi:1,2m/s
    O'lchami:2790×1100×1500mm
    Og'irligi:1280kg

    Narxi: 16 970$

    <

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SHIFOXONALAR UCHUN GIGIENIK BIR MARTALIK BOSH KIYIM VA BAXIL ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

    Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tiborning o'ziyoq yurtimizda inson va uning salomatligi naqadar qadrli ekanligining ifodasidir. Bemor va shifokorlarimizning turli xil viruslardan, tashqaridan kelgan notanish kishilardan himoyalovchi turli xil vositalar amaliyotga qollanilmoqda. So'nggi yillarda yurtimizda ham ayrim shifoxonalarda kasallikdan himoyalovchi bosh va oyoqqa kiyiladigan plastic qoplamalarni ko'rishingiz mumkin. Afsuski buni viloyat hududlarida va qishloq hududlariga ham keng tarqalishi siz kabi uzoqni ko'ra oladigan tadbirkorlaning qo'lidadir. Ushbu sohada yangiliklarga nazar solar ekanmiz bu borada olib borilayotgan jadal o'zgarishlar ichida bizning hududiy joylashishimizga, xomashyo va narx jihatidan ma'qul kelishi kutilyotgan quyidagi uskunani havola etmoqdamiz.

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Shenzen
    Kuchlanish:220v
    Quvvat sarfi:3kw
    Ishlash tezligi:40-90 juft/daqiqa
    Og'irligi:450kg
    O'lchami:3800*800*1800mm
    Materiallar:HDPE, HDP, PE, plastik mato (нетканый материал)
    Qo'lanishi:Shifoxonalar, maxsus restoranlar, mehmonxomalar va tozalik zarur bolgan boshqa hududlar

    Narxi: 12200 (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ULTRATOVUSHLI ISSIQLIK YORDAMIDA IPSIZ NAQSHLI QAVISH USKUNASI

    Taraqqiyot ildamlagani sayin turli xildagi muammolarning yangi yechimlari va ko'p vaqt talab qiladigan ishlarni tez fursatda bitgazib beradigan texnologiyalarga ehtiyoj sezilmoqda. Shu o'rinda takidlash joizku zamon bilan hamnafas bo'lgan tadbirkor ishlab chiqargan mahsuloti ham xaridorgir ham tannarxi arzon bo'ladi

    Ishlab chiqarilgan:Xitoy
    Shahar:Jiangsu
    Qavish kengligi standart:2200mm (o'zgartirish mumkin(
    Max ishlov berish tezligi:20m/daqiqa
    Kuchlanish:380v
    Quvvat sarfi:16kw/soat
    Ishlovchi mahsulot qalinligi:Xaridor talabiga ko'ra
    Og'irligi:1800kg
    O'lchami:8500*2200*2500mm

    Narxi: 24600$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

Saytda tamirlash ishlari olib borilmoqda, noqulayliklar uchun uzur so`raymiz Закрыть