• BIR MARTALIK IDISHLARDA KOFE QADOQLASH USKUNASI

    Ko’pchilik yosh tadbirkorlar bizga boshlang’ich mablag’ kam talab qilinadigan ammo O’zbekiston sharoitida hali bo’lmagan uskunalarni so’rashadi. Lekin bu juda murakkab ish, chunki buning uchun boshqa davlatlar tajribasini yaxshilab o’rganish lozim bo’ladi. Biz arzon biznes so’ragan mijozlarimizga kofe qadoqlash biznesini yo’lga qo’yishni tavsiya qildik, lekin bu sohada bozorda raqobat juda kuchli ekanligini, bozorda turli tuman brendlar ostida mahsulotlar borligini ko’rdik. Shundan so’ng chet el bozorlarini o’rgandik va sizlarga mutlaqo kreativ bo’lgan mahsulotni tavsiya qilmoqdamiz.
    Ushbu biznesning O’zbekistonda yaxshi yurib ketishini ta’minlovchi faktlar:
    · Shunchaki qaynoq suv quyadi va kofe tayyor.
    ·️ Kuz, Qish, Bahor oylarida havo biroz sovuq bo’ladi va kofe ichuvchilar soni keskin ortadi. Qo’lda yoki biror joyda o’tirib kofe ichib ketishni xoxlagan odam ham kofe sotib oladi ham bir martalik idish. Bazi paytda bir martalik idish topilmasligi mumkin, oqibatda ko’p martalik idishdan foydalasiz va vaqt yo’qotilishiga sabab bo’ladi.
    · Fast Food larda biz taklif etayotgan mahsulotga qiziqish katta ekanligi ma’lum bo’ldi, sababi bu ular uchun juda qulay va gigienik toza.
    ·️ Siz katta hajmda OEM buyurma asosida tarmoqli ovqatlanish joylari uchun ularning brendi ostida mahsulot chiqarib tarqatishingiz ham mumkin, bu ularga albatga ma’qul keladi.
    ·️ Yana bir faktor bizning yurtimizda odamlar yangi mahsulotlarga juda qiziqishadi, ular allaqachon odatiy qadoqlangan kofedan zerikib bo’lishgan.
    ·️ Sizning mahsulot (ayniqsa qish paytida) tog’li hududlarda kurort zonalar uchun eng sevimli ichimlik bo’lishiga shubhamiz yo’q))
    ·️ Sizning o’ziga xos sotuv usulingiz yanada ko’proq foyda keltiradi, masalan siz har bir idish ichiga bir martalik kichik qoshiqcha ham qo’shib qadoqlashingiz mumkin))
    ·️ Shuningdek bizning yuqorida tavsiya qilgan uskunalarimiz yordamida siz boshqa yo’nalishdagi bizneslar uchun ham ishlatishingiz mumkin.

    Qisqa hisob kitoblarga ko’ra mahsulot tannarxi qo’shimcha plastik qopqoqsiz narxi 450 so’m atrofiga aylanadi.
    Siz qoshiqcha qopqoq yoki qo’shimcha qoshiqcha qo’shish orqali mijozlarni yanada xursand qilishingiz mumkin ammo narxiga ozgina ta’sir qiladi.

    Biz sizga faqat uskunalar bermaymiz, biz sizga yangi g’oyalar beramiz!

    Narxi: 1500$ To’liq uskuna (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • Mega chegirmalar

    Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan China Leasing Impex jamoasi sizlar uchun maxsus bayram chegirmalarini taqdim etmoqda. Shoshiling bunaqa hali bo’lmagan! Chegirmalar faqat 30-sentabrga qadar amal qiladi.

    Muzqaymoq ishlab chiqarish

    Narxi: 1390 – 1199

    Popcorn ishlab chiqarish

    Narxi: 3700  – 2999

    Qadoqlash uskunasi

    Narxi: 2500 – 1999

    Vakuumli qadoqlash uskunasi

    Narxi: 2500 – 1999

    Pista qadoqlash uskunasi 

    Narxi: 4100 – 3599

    Lt-1290 Lazer uskunasi

    Narxi: 6500 – 5399

     

     

    Pech ikki qavat 4ta podnos

    Narxi: 800 – 599

    Pech uch qavat 6ta podnos

    Narxi: 1200 – 899

    Pech uch qavat 9ta podnos

    Narxi: 1700 – 1299

    Xamir qorish uskunasi 30L

    Narxi: 1000 – 899

     

     

    Xamir qorish uskunasi 60L

    Narxi: 1600 – 1399

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

    Mega chegirmalar

    26,990 $
  • PVX QUVURLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (50-110mm)

    PVX quvurlar ishlab chiqarish sanoati butun dunyo bo’ylab keng tarqalayotgan bizneslar sirasiga kiradi. Ushbu liniyani biz ham O’zbekiston uchun istiqbolli loyihalardan biri deb bildik, sababi yurtimizda olib borilayotgan keng bunyodkorlik ishlari bunga misol bo’la oladi. Har qanday zamonaviy binolarga va qishloq hududlarida qurilayotgan namunaviy uylarimizga nazar solar ekanmiz,har bir xonadon kanalizatsiya tizimi bilan jihozlanganligini ko’rishimiz mumkin. Xomashyoni mahalliylashtirish uchun jadal ishlar olib borilmoqda. 50% dan ortiq CaCo3 xomashyosi ishlatiladi, bu esa yurtimizda eng arzon xomashyolar sirasiga kiradi. Umumiy to’liq liniya quyidagi qismlardan tashkil topgan.

    Ushbu qismning vazifasi tayyor bo’lgan mahsulotlarni jamlab qo’yishdan iborat.

    O’ylaymizki yuqorida keltirilgan ma’lumotlar sizga foydali bo’ldi. Endi esa quyida siz ishlab chiqarish liniyasining narxlari bilan tanishib chiqing.

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • KO’P FUNKSIYALI VERTIKAL TERMOPLAST AVTOMAT

    Vaqt o’tgani sayin inson hayoti ham parallel ravishda yaxshilanib bormoqda. Har kuni butun Respublikamizda juda ko’plab maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Biz sizlarga iloji boricha O’zbekistonda hali qo’l urilmagan sohalarga etibor qaratishni ma’qul ko’ramiz.
    Keling yuqoridagi uskuna yordamida qilinishi mumkin bo’lgan mahsulotlar ro’yhatini tuzamiz.
    ️ Shtepselli vilkalar (kompyuterlar, dazmol, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, mikser, mikroto’lqinli pech, elektr pech va boshqa ko’p sohalarda ishlaydi)
    ️ USB kabellar, HDMI kabellar, har xil atapterlar va quvvatlagichlar
    ️ 75 gr gacha bo’lgan kichik hajmli har qanday mahsulotlarni iahlab chiqarishi imkoni bor. Bir so’z bilan aytganda O’zbekistonda 3 ta mobil qurilmalar, va Maishiy texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilari mavjuddir. Biz sizga sifatli mahsulot tayyorlab aynan ular bilan hamkorlik qilishni tavsiya qilamiz. Chunki ular aynan shu mahsulotlarni valyuta hisobiga olib kirishadi.
    ️ Uskunada yangi mahsulot chiqarish uchun shunchaki qolipni o’zgartirasiz shu bilan muammo hal.
    Shuni ham qo’shimcha qilish joizki biz mijozlarimizga barcha kerakli bo’lgan homashyolarni ham olib kelib beramiz. Sizga yordamimiz tegib, tadbirkorlar safi kengayishidan biz faqat xursand bo’lamiz!

    Narxi: 11800 $ (CIP TASHKENT bitta qolipi bilan)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • NAM SOCHIQCHALAR (VLAJNI SALFETKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Yillar o'tib borgan sayin har bir mahsulot yanada mukammal va qulayroq ko'rinish olmoqda. Bu jarayon eski uslubda va ko'rinishda ishlatilib kelayotgan mahsulotlarning bozordagi o'rnini yangicha turlariga bo'shatib bermoqda. Demak biz ko'pgina umumiy ovqatlanish joylarida foydalanayotgan oddiy qog'oz sochiqlar o'rnini ertami kechmi nam sochiqlar to'laligicha egallaydi. Bunga sabab nam sochiqlarning gigeyenik talablarga javob bera olishi, foydalanish uchun qulayligi va samaradorligidir. Bugun sizlarga tibbiyot, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda hozirdan keng foydalanilayotgan nam sochiqlar ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz!

    Ushbu ishlab chiqarish liniyasi zamonaviy va yuqori samaradorlikka ega bo'lib to'liq avtomatik tarzda ishlaydi. Liniya 2 qismdan yani nam sochiqlar ishlab chiqarish va nam sochiqlarni qadoqlash uskunalaridan iborat.

    Narxi: 68 750 $ (CIP TASHKENT PRICE)
    71500 $ (TURN-KEY PROJECT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • EKRANLAR HIMOYASI UCHUN KO’RINMAS NANO SAQLAGICHLAR

    Siz ushbu Nano protektorlarni sotish orqali quyidagi yutuqlarga ega bo'lasiz:
    · Har qanday modeldagi, ko'rinishdagi mobil telefonlar, smartwatch, Notebook, netbook, planshet va boshqa qurilmalarni ham himoyalay olasiz.
    ·️ Sizda har qanday modelga mos himoya bo'ladi, bu esa risk miqdorini keskin kamaytiradi
    · Xaridorlar ham o'z navbatida hursand bolishadi, sababi ko'pchilikka erkan ustidan yana shisha yopishtirib yurish ma'qul emas.
    ·️ Siz yangilik sifatida qimmatroqqa pullay olasiz. Bu esa daromadingizni oshiradi

    Narxi: 2,3$ (CIP TASHKENT)

    Eng kamida 1000 donaga buyurtma qabul qilinadi

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ALUMINIYDAN YUQORI BOSIMDA SIFATLI MAHSULOTLAR QUYISH USKUNASI

    Eng innavatsion bizneslar bilan sizni doimgidek xursand qilishda davom etamiz. So’nggi yillarda juda ko’p mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun qator ishlar qilinmoqda. Jumladan avtomobillarimiz uchun zarur bo’lgan ko’pgina qismlar endilikda o’zimizning tadbirkorlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan hali chuqurroq kirilmagan shunday qismlar borki, biz hanuz ularni chetdan valyutaga olib kirmoqdamiz.
    Ushbu biznesni yo’lga qoyish orqali quyidagi sohalar uchun kerakli qismlar bilan ta’minlashingiz mumkin:
    · Maishiy texnika qismlari (LCD televizorlar uchun oyoqchalar, kir yuvish texnikasi va sovitgichlarning ayrim import qismlarini)
    ·️ Aluminiy va plastik profillardan tayyorlanadigan Deraza va eshiklar uchun maxsus Aksessuarlar
    · Mebellar uchun import qismlar
    ·️ Avtomobillar uchun 30 dan ortiq ehtiyot qismlar jumladan Aluminiydan ishlangan ajoyib saka diskalar ishlab chiqarish mumkinligi
    · Oshxona buyumlari uchun yangidan yangi idishlar va jihozlar

    Nega ushbu biznesni aynan hozir qilish to’g’ri?

    ·️ Eng avvalo bu uskuna imkoniyati cheklanmagan, ya’ni siz bozorda talablarning o’zgarishiga qarab harakatlana olasiz, mahsulotlar turining cheklanmaganligi sizni doim bozorbop mahsulotlar chiqarishingizni ta’minlaydi.
    · Mahsulot turini oson almashtirish mumkinligi sizni har qanday elastik bozorga moslashuvchan qiladi
    ·️ 2020- yilga qadar yengil avtomobillar ishlab chiqarish keskin oshishi hamda 2018- yildan Sitroen va Peugeot avtomobillarining yurtimizda yig’ila boshlanishi ham soha istiqbolini belgilab bermoqda.

    Narxi: 98000$ (CIP TASHKENT) Qo’shimcha qismlarsiz

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • VAKUUMLI SUBLIMATSION QURITISH USKUNASI

    Ko’pchiligingizda savol tug’ilishi tabiiy, bu quritish usuli qanday?
    Sizlarga zamonamizning ilg’or texnalogiyasining sirini ochamiz. Xo’sh sublimatsion quritish qanday amalga oshadi?
    ·️ Mahsulot maxsus kameraga solingach u muzlatiladi
    ·️ Muzlatilgan mahsulot vakuumli quritish kamerasiga kiradi
    ·️ Mahsulotdagi namlik qattiq holatdan gaz holatga o’tadi
    · Gaz holatda chiqayotgan namlik orqa qismdagi maxsus bo’lmada yig’iladi va uning nomi kondensat deb ataladi
    ·️ Kondensat barcha foydali mikroelementlar jamlanmasidan iborat bo’lganligi sababli, uni mahsulotga yana qaytib yuboriladi va qattiq holatga keltirib quritib qo’yiladi
    ·️ Tayyor bo’lgan mahsulot endi o’zining yangi uzilgan mahsulot beradigan mazasini to’la saqlab qolganligini ko’rishimiz mumkin.

    QURITISHNING ANANAVIY USULIDA NIMA FARQI BOR?
    1) Mahsulot vaznining ko’p yuqotilishining oldi olinadi (bu tadbirkorga qo’shimcha daromad demakdir)
    2) Qulay qadoqlash mumkinligi, tovar ko’rinishing juda sifatli saqlanishi
    3) Sotib olingan mahsulotni xaridor sovuq suvda 40 sekund davomida ushlab turilsa, u yangi uzilgan holatini va ta’mini qayta tiklaydi. (Ananaviy usulda quritilsa 1 kun suvda tursa ham foydasi yo’q)
    4) Ananaviy quritish jarayonida mahsulot ko’rinishi keskin o’zgarib u asl holatini butkul yo’qotadi, shu bilan bir qatorda foydali elementlar issiqlik yordamida bug’ ko’rinishida mahsulotdan chiqib ketadi
    5) Mahsulotni saqlash uchun qo’shimcha kimyoviy moddalarga zaruratning yo’qligi
    6) Mahsulotni tayyor bo’lish vaqtini 30 martagacha qisqartirilganligi (bu elektr tokini tejalishiga olib keladi)
    7) Ananaviy quritilgan mahsulotdan ko’ra uzoq vaqt yaroqlilik muddatini saqlaydi

    Texnik ko’rsatgichlari:
    Ichki sig’imi: 5 m3
    Uskuna 8 qismdan iborat: Vakuum quritish, Mahsulot saqlagich, Laminatsiya, Suv tutuvchi, Sovutish, Vakuumlash, Sirkulyatsiya, Boshqaruv qismi.
    Jami elektr sarfi: 37kw/soat aslida 23kw/soat (hamma qism bir vaqtda ishlamasligi hisobiga)
    Mahsulot sig’imi: 60kg/bir martada
    Tayyor bo’lish vaqti: 30-60 daqiqa (mahsulotga qarab)
    Padnoslar soni: 28 dona
    Eng past ichki harorat: -67°C
    Talab qilinadigan joy: min 60 m2
    Kuchlanish: 380v 50hz
    Ichki qismlar zanglamas metall (S304)dan ishlangan;
    Tashqi qoplamalarda aluminiydan foydalanilgan
    Kafolat 1 yil

    Yangiliklarni doim birinchi olib kirganlargina ko’p foyda ko’rishadi. Siz ham birinchilardan bo’ling!

    Narxi: 49700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • LAZER YORDAMIDA BELGILAR KIRITISH MASHINASI

    Zamonamizning bozor talablari bizni yanada sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga undayotgan bir vaqtda, har bir mahsulotning avvalo ko'rinishi mijozlarni jalb etmoqda. Mahsulotning original (asl) ko'rinishi esa mijozlarni chorlovchi eng birinchi ustunlikdir. Shu maqsadda biz sizlarga turli etiketkalar va rang-barang qog'ozlarni o'rnini bosuvchi va mahsulotingizga original ko'rinish beruvchi lazer yordamida belgilar kiritish mashinasini tavsiya etamiz!
    · Lazer yordamida belgilar kiritish mashinasi sizga firmangiz rasmiy belgisi (logo), rasmiy web saytingiz, manzilingiz, reklama matni, mahsulot ishab chiqarilgan sana va boshqa muhim ma'lumotlarni mahsulotingizga muhrlash imkoniyatini taqdim etadi!
    ️Ishlab chiqarilgan : Xitoy
    ️Shahar : Shanghai
    LCD touchscreen panel
    Ishlash quvvati: 220V 50HZ
    Belgi kiritish maydoni: 300*200mm
    Tezligi: <50mm/soniya Boyoq rollerlari: 16 dona Havo bosimi: 0,2-06Mpa Stepper Motor bilan ta'minlangan Og'irligi : 75kg O'lchami : 520*570*840mm Ushbu Lazer po'lat, temir, alyuminiy, mis va boshqa qattiq jismlarga matn kiritish uchun mo'ljallangan! Narxi : 3450 $ (CIP Tashkent)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • OFFSET PRINTER

    Barchamizga ma'lumki hozirda o'quv darsliklari va nashriyotsiz ta'lim jarayonini tasovvir etib bo'lmaydi. Har bir ishbilarmon o'zi uchun barqaror va doimiy rivojlanishda bo'lgan sohani tanlashni istaydi. Shunday ekan, hali ko'pgina viloyatlarimizda yetarlicha rivojlanmagan offset usulda chop etish biznesi eng serdaromad biznes egasiga aylanishning ajoyib imkonidir!
    · Offset usulda chop etish sizga bir qancha tipografiya xizmatlarini taklif etish imkonini beradi: jurnallar, kitoblar, daftar muqovalari, yorliqlar va boshqalar

    ️ Ishlab chiqarilgan : Xitoy
    ️ Shahar : Zhengzhou.
    ️ Ranglar soni: 4 ta (1;2;3 taliklari ham bor)
    ️ Touchscreen panel
    ️ Intelligence control
    ️ Max qog'oz o'lchami : 620*450mm
    ️ Max pechat maydoni: 605*440mm
    ️ Tezligi: 2000-7000 dona/soat
    ️ Boyoq rollerlari: 16 dona
    ️ Motor: 3Kw
    ️ Havo matori: 0,55kw
    ️ High speed model
    ️ Og'irligi : 2800kg
    O'lchami : 4800*1200*1600mm

    Narxi : 24350 $ (CIP Tashkent)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

    OFFSET PRINTER

    24,350 $
  • SUN’IY CHARM ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Mana necha yildirki yurtimizda charm mahsulotlari sohasiga e'tibor yildan-yilga kuchaymoqda. Bir qarashda yurtimizda tabiiy teri serobku, shunday paytda sun'iy charmga nima bor demoqchi bo'lishingiz aniq, lekin masalaning muhim tomoni siz va biz uchun sekinlik bilan bo'lsada qisqarib borayotgan tabiiy teri xomashyomizdir. Keling ushbu liniyamizning istiqboli haqida fikr yuritamiz:
    ·️ Urbanizatsiya rivojlanib, aholi soni oshib borgach, ekin maydonlari va qishloq ahli qisqarishi hamda chorvachilikning sekinlik bilan kamayishini ko'ramiz. Yuqoridagi kabi holatni ko'pgina davlatlar allaqachon bosib o'tishdi. Bu esa tabiiy terini narxi oshishi va kamyobligiga olib keladi.
    ·️ Tabiiy teridan yaxlit katta hajmli mahsulotlar tayyorlash imkonsizligi, teriga ishlov berish jarayonining qimmat va uzoq davom etishi, eng yomoni qayta ishlab bo'lmasligi
    ·️ Sun'iy terining keng ko'lamda ishlatish mumkinligi,
    · ortiqcha bo'lib qolgan mahsulot qoldiqlarini qayta ishlash mumkinligi;
    ·️ Juda betakror ranglar hosil qilish mumkinligi
    ·️ Tabiiy mahsulotga qaraganda yengilligi sababli kiyimlarda ishlatish uchun juda qulayligi
    ·️ Lazer hamda pichoqli kesish moslamalarida ishlov berishning birmuncha osonligi
    ·️ Endi siz istalgan hajmli teri buyumlar yoki mahsulotlarga buyurtma bera olasiz
    ·️ Markaziy Osiyoda yagona bo'lish, natijada qo'shni davlatlarga shu mahsulot eksportini yo'lga qoyish mumkinligi
    ·️ Juda ko'pchilik ishlab chiqarish bilan shug'ullanishga kirishgan bir paytda sizda ularni xomashyo bilan ta'minlash imkoni paydo bo'ladi, chunki har bir ishlab chiqaruvchiga xomashyo zarur
    ·️ Loyiha qiymati 1.3 mln$, Bojxona statistika ma'lumotlariga ko'ra faqat O'zbekiston aholisining ushbu tavar uchun yillik import hajmi 450 000$ dan oshiqni tashkil qilgan. Bu esa tanlangan liniyaning dolzarbligini ko'rsatadi.

    China Leasing Impex jamoasi ushbu ma'lumotlarni o'rganishga uzoq vaqt sarflagani bois Liniya to'g'risida texnik hamda iqtisodiy ma'lumotlarni 950 ming so'm konsalting xizmatini to'lash orqali olishingiz mumkin.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • A3 FORMATLI UNIVERSAL UF PRINTER

    Nega bizning yurtimizda hali hanuz xaridorlar Xitoy va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ayniqsa futbolkalarga ehtiyoj sezishmoqda? Buning sababini avvalo har bir tadbirkor ozidan izlashi kerak deb hisoblaymiz. Eng avvalo hozirgi zamon xaridorni o'ziga tortuvchi jihat tashqi ko'rinish bo'lib qolmoqda. Bu faktor hozirda sifat va narxdan ham oldingi o'ringa chiqib oldi. Sizga havola qilingan UF printerda chiqarilgan futbolkalarni biz hali ham voz kechmasdan kelayotgan karusel printerlarni 20 talik qilib qo'yilgan taqdirda ham bunday raqamli effekt bera olmaydi. Keling boshqa printerlar bilan birgina futbolka misolida solishtirib ko'ramiz:
    · Chop qilish uchun hech qanday maxsus yasalgan qolipning zarur emasligi; (Karusel uskunada har bir rang uchun alohida mahsus qolip talab etiladi va bu sizga bir turdagi mahsulotdan eng kamida 1000 dona qilishingizga majbur bo'lasiz, aks holda xarajatlarni qoplamaydi)
    · Siz endi har bir kishi uchun indivual buyurtmalar bilan ishlay olasiz (karusel uslubda buni o'ylamay qo'ya qoling)
    · 8 xil rangli UF printer sizga takrorlanmas tasvirlarni tushirib bera oladi mato turini tanlamaydi
    ·️ Eng muhimi endi siz o'z futbolkangizni bemalol ko'p marotaba yuvishingiz mumkin, endi tasvirlar o'z holicha qoladi. (Karusel uskunada esa bir marta yuvgach tasvir xiralashishni boshlaydi)
    ·️ Siz qay bir usulni tanlaysiz? Bir xil 1000 dona futbolkami yoki 1000 xil futbolkami? Albatta har bir tabdirkor uchun mahsuloti assortimenti ko'p bo'lishini tanlashi aniq.
    ·️ Kam xarajatli texnalogiya qariyb 80 metr kvadrat masofaga 1 litr rang sarflaydi. (1 litr sifatli rang 85$ atrofida)
    ·️ Istalgan turdagi operatsion sistema bilan ishlay oladi, hamda foydalish juda sodda ishlangan, bu sizga professional ishchi yordamisiz ham ishlash imkonini beradi
    ·️ Chop qilingan tasvirlarni alohida quritish moslamasida quritilmasligi sizni qo'shimcha xarajatlardan asrab qolmasda vaqtingizni ham tejaydi.

    Texnik ko'rsatgichlari:
    Ishlab chiqarilgan: Xitoy
    Shahar: Tianjin
    Printer boshi: 8 ta rangli MicroPiezo 180×8 poynakli 1.5 pikolitrli
    Chop etish maydoni: 270*550*H180mm
    Tezligi: A4 formatni 64 sekundda chop eta oladi. (Soatiga 30-50 dona futbolka)
    Chop etish mumkin bo'lgan materiallar: Xoxlagan silliq yuzaga, shisha, plastik, qog'oz, mato, charm, rezina, Akril, ABS, MDF va boshqalar
    Chop etuvchi buyumga qarab balandlikni avtomatik aniqlaydi
    Ranglar xaridor talabiga ko'ra quyidagidan birini tanlaydi: 1) Foto qora, Matovoy qora, Cyan, Magenta, Sariq, Qizil, To'q sariq, Optimizator
    2) Qora, Cyan, Magenta, Sariq, Oq, Oq, Oq, Oq
    Kuchlanish; 220v 50hz
    Quvvat sarfi: 35w
    O'lchami: 870*670*630mm
    Og'irligi: 65 kg

    Narxi: 3900$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari