• G’ISHT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (Vakuumli JZK 45)

    Yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini kuzatar ekanmiz, beixtiyor biz ham qaysidir yo’l bilan yordam berishga oshiqdik. Buning uchun qurilishda eng muhim hisoblangan g’isht ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni niyat qilganlar uchun eng yuqori sifatli Vakuum ekstruderli g’isht ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Vakuumli Ekstruder sizning g’ishtlaringizni yuzi va ichi silliq chiqishini ta’minlaydi, unda har xil kichik g’ovaklar bo’lmaydi, bu esa sizning mijozlaringizga sifatli mahsulot yetib borishini ta’minlaydi. Eng muhimi mijozlaringizni katta hajmli buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun sizlarga 45×45 modelini tanladik. Agar mijozlarimiz kichikroq hajmlisini ya’ni 30×30 modellarini xoxlasalar, uni ham buyurtma asosida olib kelamiz. Biz taqdim qiladigan liniya 10 soatlik ish vaqti davomida 75000-80000 dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biz uzoq yillik tajribamiz natijasida ko’p zavodlar mahsulotlaridan foydalandik. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar tannarxni arzonlatish uchun uskunaga qalin bo’lmagan metallar ishlatishi oqibatida ishlash davomida hosil bo’ladigan vibratsiya uskunani ishdan tez chiqishiga olib kelimoqda. Yana bir e’tibor beriladigan jihati: Ko’p ishlab chiqaruvchilar ichki shnek uchun yumshoq (arzon) metalldan ishlatilishi oqibatida loy uni yezda yemirib yuboradi. Biz sizga taqdim etiladigan uskuna yangilangana talqinda bo’lib, reduktor va asosiy matorni birlashtiruvchi remenlar bir biriga qo’shilib ishlangan. Buning natijasida hamma remenlar baravar harakat qiladi va ularni faqat bittasiga oshiqcha kuch bilan ishlashiga chek qo’yilgan.

    TUPROQNI MAYDALAB BERUVCHI QISM

    Ushbu qism har bir foydalanuvchi uchun eng muhim qismlardan biri hisoblanadi. Ko’p foydalanuvchilar ushbu qismni olib tashlashni iltimos qilishadi.Bu xato ish, sababi qum yaxshi maydalanmasligi oqibatida qotib qolgan tuproqlar loy qorish qismida ko’p vaqt talab qiladi. Uskuna ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlardan yana biri, maydalash qismini takomillashganidir, ya’ni avvalgidek bitta mator emas ikki mator bilan jihozlangan, ikkita mustahkam shkiflar ichki tishlarni harakatlantiradi. Bu bizga tuproqni qay darajada maydalashni aniq o’zgartirish imkonini beradi.

    TUPROQ UCHUN LENTALI UZATISH MOSLAMASI

    Lentali uzatish moslamasi sizgaishchilar bajarish kerak bo’lgan ishni bajarib beruvchi muhim qism hisoblanadi. Lenta yuqori elastikli mustahkam rezinadan ishlangan va maxsus mator yordamida harakatlanadi. Mustaqil tarzda yoqish va o’chirish mumkin, qaysidir uskunaga bo’g’lanmagan. Lenta uzunligi 10 metr.

    LOY QORIB BERUVCHI QISM

    Oldingi modellardan bu qismda ham o’zgarishlani ko’rish mumkin. Loy qorish qismida loyni yaxshi qorilishi g’isht chiqarishda asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Ushbu qismda boshqa ishlab chiqaruvchilar modellarda kuzatilgan kamchiliklar

    1) Loy qorish qismining kalta ekanligi, oqibatda ektruderga ulgurmaslik holati bo’lishi.

    2) Loy qorish uchun hozirgidek ikkita o’qqa egan bo’lgan mikser emas bir o’qli mikser bo’lganligi ham ishni sekinlashtiradi. Biz taqdim qilgan model bilan sizda bu kamchiliklar bartaraf etilgan

    VAKUUMLI EKSTRUDER

    Biz sotib olayotgan model sizga uzoq xizmat qilishi uchun biz sizlarga uzoq tajribaga ega zavod mahsulotlarini taklif qilamiz. Ushbu ekstruder ISO 9001-2008 xalqaro sifat sertifikatiga ega. Bundan tashqari ushbu vakuumli ekstruderni siz dunyoning 24 mamlakatida uchratishingiz mumkin. Ekstruder mustahkam asos ustiga ishlangan bo’lib, yuqori sifatli reduktor bilan ta’minlangan. Vakuum ekstruderga biz V07 rusumli maxsus vakuum nasos hamda kompressor qo’shib beramiz. Ichki shneklar mustahkam ishlanganligi sizga uzoq vaqt uskunani qo’shimcha ta’mirsiz ishlatishingizni ta’minlaydi.

    MAHSULOTNI BIRLAMCHI KESISH QISMI

    MAHSULOTNI TAYYOR G’ISHT KO’RINISHIDA KESUVCHI QISM

    YUQORI BOSIM BERUVCHI MAXSUS KOMPRESSOR

    EKSTRUDER UCHUN MAXSUS MATOR

    Biz ko’p mijozlarimizga matorni o’zimizda ham topsa bo’ladi degan fikriga qo’shilmaymiz. Biz o’zi bilan birga maxsus matorni olishni tavsiya qilamiz. Ushbu mator 130KW/soat quvvatga ega va 3 fazali kuchlanishda ishlaydi. Buni maxsusligi shundaki, bizning yurtimizda 3 fazali kuchlanishli uzatishda ayrim vaqtlar bir fazada elektr uzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatda esa oddiy matorlar birdaniga kuyib qolishi aniq. Biz sizga tavsiya qiladigan matorimiz esa bir faza yo’qolgan holatda avtomatik tarzda to’xtaydi. Bu esa sizni ortiqcha chiqimdan himoyalaydi.

    V07 rusumli maxsus vakuumli nasos

    LINIYA UCHUN MAXSUS SHIT

    Yuqoridagi uskunalar yuqori sifatli va 1 yillik kafolatga ega. Sizga shuni ma’lim qilamizki agar sizda chiqqan g’ishtlarni pishirish uchun maxsus Xumdon yasab berish uchun tajribali ustalarni bizning jamoamiz tashkillashtirib beradi. 400 000 dona g’isht sig’imiga ega maxsus xumdon qurish uchun 8000$ atrofida xizmat haqi talab etiladi. P.S. Ushbu xizmat faqat bizdan uskun olgan mijozlarimizga taqdim etiladi.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PVX QUVURLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (50-110mm)

    PVX quvurlar ishlab chiqarish sanoati butun dunyo bo’ylab keng tarqalayotgan bizneslar sirasiga kiradi. Ushbu liniyani biz ham O’zbekiston uchun istiqbolli loyihalardan biri deb bildik, sababi yurtimizda olib borilayotgan keng bunyodkorlik ishlari bunga misol bo’la oladi. Har qanday zamonaviy binolarga va qishloq hududlarida qurilayotgan namunaviy uylarimizga nazar solar ekanmiz,har bir xonadon kanalizatsiya tizimi bilan jihozlanganligini ko’rishimiz mumkin. Xomashyoni mahalliylashtirish uchun jadal ishlar olib borilmoqda. 50% dan ortiq CaCo3 xomashyosi ishlatiladi, bu esa yurtimizda eng arzon xomashyolar sirasiga kiradi. Umumiy to’liq liniya quyidagi qismlardan tashkil topgan.

    Ushbu qismning vazifasi tayyor bo’lgan mahsulotlarni jamlab qo’yishdan iborat.

    O’ylaymizki yuqorida keltirilgan ma’lumotlar sizga foydali bo’ldi. Endi esa quyida siz ishlab chiqarish liniyasining narxlari bilan tanishib chiqing.

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • ENG ZAMONAVIY CHOKSIZ AYOLLAR ICHKI KIYIMLARINI ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI

    Mana necha yillardan buyon tekstil mahsulotlari soni yildan yilga oshmoqda, lekin bir turdagi mahsulotlar hali hanuz import bo’lmoqda. Ha bu o’sha eng ko’p sotiladigan tovarlar sirasiga kuruvchi ayollar ichki kiyimlaridir. Bizda sekin-sekin erkaklar ichki kiyimlari mahalliylashtirilmoqda. Nazarimizda bu sohani ham kiritish vaqti keldi. China Leasing Impex jamoasi Xitoy zavodlari bergan ma’lumotlarga qaraganda eng xaridorgir ichki kiyimlar choksiz (ultrasonic) usulda tikilgan xillari ekan. Bunda asosiy e’tibor insonga salbiy ta’sir qilmasligiga, hamda uning dizayni juda ajoyib bo’lishiga zamin yaratiladi. Biz sizga quyida tavsiya qiladigan uskunalar yordamida siz 700-1000 dona yuqori qismini va 700-1000 dona pastki ichkiyimlar chiqarish mumkin.
    Uskunalar quyidagi bosqichlardan tashlik topadi:
    -lazerli kesish qismi
    -Paralonga qolip yordamida issiqlik bilan shakl beruvchi qism
    -Rezinasini chiqaruvchi qism
    -Shoksiz tikuv mashinkalar
    – Aksessuarlarini mustahkamlovchi qism va boshqalar
    Kerakli mayda qismlari Xitoydan keltiriladi. Bizda chiqmaydigan ayrim matolarni ham xaridor boshqa davlatlar (Xitoy, Turkiya, BAA va boshqalar) dan import qilishiga tog’ri keladi.
    Uskunalarning jami narxlari hamma qismlari olinganda minimal qiymat 70 000$ atrofida bo’ladi. Aniq hisob kitob va aynan qanday uskunalar olinishini ishlash jarayonlariga qiziqqan tadbirkorlarimiz 640 ming so’m miqdorida to’lov qilib ma’lumotlarni qo’lga kiritishi mumkin.

    Narxi: 69 700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TO’QILMAYDIGAN SUN’IY POLIMER (PE;PP) MATO ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Yurtimizda jadal rivojlanishlar davrida tabiiy mahsulotlar bilan bir qatorda sun'iy matolarga bo'lgan talab ham oshib bormoqda. Afsuslar bo'lsinki bu talabni chet el mahsulotlari hisobiga bajarmoqdamiz. Aqlli tadbirkorlar o'ylab ko'radigan vaqt esa allaqachon kelib bo'ldi. Xo'sh biz qaysi sohalarda ishlatmoqdamiz bu kabi matolarni?
    1) Avtomobilsozlikda turli xildagi filtrlar chiqarish, yorug'likdan himoyalovchi pardalar, salon qismlari va boshqalar
    2) Maishiy texnikalarda: ayrim ixcham buyumlarni qadoqlash uchun, tashqi tasirdan himoyash, changyutgichlar uchun chang yig'iladigam maxsus qopchalar va boshqalar
    3) Tibbiyot sohasining himoyalovchi va tana gigieniyasini saqlash uchun esa deyarli 90% miqdorda, maxsus likoplasterlarda, himoya niqoblari, bosh va oyoq uchun maxsus kiyimlar va boshqalar
    4) Kundalik hayotda: oshxona tozaligi uchun maxsus salfetkalar, Tana yozaligi uchun maxsus nam salfetkalar, bolalsr tagliklari, ayollar gigienik vositalari, kiyim kechak va boshqa mahsulotlarni tashish uchun maxsus sumkalar, ko'chatlar va issiqxonalar uchun maxsus ko'chatdonlar va boshqalar
    5) Yengil sanoatda: ayrim mahsulotlar tashish uchun maxsus chemodanlar, oyoq kiyimlar karobkasi uchun maxsus, kostyum shimlar uchun maxsus sumkalar
    6) Oziq ovqat sohasida mevalarni himoyalash, zarar yetqazmay tashish va boshalar
    Ha bularning hammasi hozirda chet eldan valyuta hisobiga olib kelmoqdamiz, biz o'zimizda xomashyo bo'la turib, ya'ni Polietilen (PE) yoki Polipropilen (PP) dan siz xoxlagan qalinlikda mato chiqarish mumkin. Hozir davlatimiz o'zimizning hududda xomashyo bor bo'lgan yangi mahsulotlarga talabni oshirmoqda. Bu to'g'ri yo'l albatta.

    Uskunaning juda ko'plab variantlari mavjud, eniga 1300mm dan boshlab 2600mm gacha xoxlagan bir o'lchamni tanlashiz mumkin. Ishlatadigan maqsadingizga qarab uskunalar turlicha bo'lishi mumkin. Shunday ekan o'zingizga ma'qul yechimni topish bahosi va to'liq texnik parametrlari bilan tanishtirish 480 ming so'mni tashkil qiladi. Tolovlar pul o'tqazish yo'li orqali amalga oshiriladi.

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MEVALI, SABZAVOTLI MAZALI CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    • Avvalo sizni hayotga zamonaviyroq ko'z bilan ya'ni yangicha davr talabi bilan qarashga undamoqchimiz. Buning uchun sizga Yurtimiz tarixida bo'lmagan mevali chipslar ishlab chiqarish texnalogiyasini taklif qilamiz. Bu ishni qilishingizga undovchi bir nechta sabablarni aytib o'tamiz.
    • Mevali chipslar 100% tabiiy mahsulotlardan qilinadi va bu inson salomatligiga juda foydali
    • Mevali chipslar ishlab chiqarish uchun xomashyoning bizda ko'pligi
    • Xomashyo tayyor mahsulotga qaraganda juda arzon ekanligi
    • Mevalardan tashqari oshqovoq, shakar lavlagi, sabzi va boshqa poliz ekinlaridan qilingan chipslarning Yevropada juda mashhur ekanligi
    • Ko'rkam dizayndagi mahsulot bilan birga foydali mahsulot ham chiqarish imkoniyatingizning paydo bo'lishi
    • Katta pul sizni ko'zingiz ko'rmaydigan joylarda, biz sizga ularni ko'rsatamiz!

    • Lohiya qiymati tadbirkorning budjetidan kelib chiqib, hamma bosqichlarni hisobga olgan holatda 4800$ dan boshlab 65 000$ gacha

    Tayyorlanish texnalogiyasi va qanday uskunalar kerak ekanligini aniqlash va sizning budjetingizga mos loyihani ishlab chiqish xarajatlari 400 000 so'm ( To'lovlar pul ko'chirish yo'li bilan )

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    170cm медицинская марля хлопка ткацкий станок и текстильные машины специально разработан нашей компанией для клиентов на цели создания медицинской марлевой повязкой и хирургическое производство повязку рулон ткани.

    • Он также предназначен для решения проблемы традиционного челночного ткацкого станка, который во время продукции тяжелым и медленным.

    • Машина по лучшей производительности с использованием 21s-40s хлопчатобумажной пряжи. С очень высокой прочности пластины стали и средней опорой на машине, дает машину наиболее стабильное состояние возможность.

    • Машина использует независимую систему подачи воздуха. Значительное снижение потребления энергии и энергии, принесенную традиционной централизованной системы подачи воздуха.

    • Машина оснащена системой контроля производства все время, с каждым метр производимого на машине подсчитывались и показывая на мониторе, дает пользователю эксклюзивное уведомление по производству .. со всеми различными тростникового пространства, достигающего в скорости 500rpm / мин

    • машина будет в состоянии производить почти 1000 метров за 8-часовую смену .the машины также поставляются с закрытой модели Сельваж, которая удовлетворяет с клиентами, кто ищет что делает повязку в тесном Selvage.

    Uskunalarning umumiy liniyasi narxlarini sizga qanday quvvatdagisi kerakligiga qarab ofislarimizda kelishib olamiz.
    Sizga agarda faqat doka to'qish qismi kerak bo'ladigan bolsa

    Narxi: 8900 FOB

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari