• POLIKORBONAD CHEREPITSALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Zomonaviy texlogiyalar hayotimizga shu qadar singib bormoqdaki endi ularsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Masalan oddiy tom yopish vositalarining rivojlanish bosqichiga nazar soladigan bo’lsak, dastavval sopoldan, asbest sementdan, keyinchalik esa glazurlangan tunukadan ishlab chiqarish hozirgi kungacha ancha urfda edi. Ha edi deyishimizga sabablar bor endilikda ko’pgina xorijiy davlatlarda Polikorbonad cherepitsalardan foydalanish urfga kirmoqda. Buning sabablarini metall cherepitsalar bilan solishtirish orqali ko’rib chiqamiz:
    Polikorbonad chetepitsalar
    1) Quyoshdan keladigan Ultra Binafsha nurlarni o’tqazmasligi;
    2) Rangning yo’qolib ketish xavfining yo’qligi
    3) Metall cherepitsalarga nisbattan issiqlikni ichkariga 122% ga kamroq o’tqazishi
    4) Yomg’ir tomchilarining shovqinli ovozi 65 Db gacha kamayganligi
    5) Bir, ikki yoki ko’p qavatli qilib ishlash imkonining borligi
    6) Yengil deformatsiya oqibatida o’z shaklini oson yo’qotmasligi (matall cherepitsalarda unday emas)
    7) Elastiklik holatining yaxshi ta’minlanishi
    8) Qolipni o’zgartirish orqali metall cherepitsalarda iloji yo’q bo’lgan shakllarga erishish imkoniyati
    9) Hozirgi kunda yurtimiz bo’ylab muzlatgichlar qurilishi jadal sur’atlarda ketmoqda. Shuni ta’kidlash joizki boshqa rivojlangan mamlakatlar inkor etib bo’lgan sistemada biz qurishda davom etmoqdamiz. Ko’pchiligimiz mahalliy sendvich panellardan meva va sabzavotlar uchun saqlagichlar tayyorlamoqdamiz. Afsuski bu panellarning har ikkala tomoni ham metalldan ishlangan. Bizga ma’lumki muzlatgichning ichki qismi doim nam va sovuq holatda bo’ladi. Bunday sharoitda ichki qismda tez orada (3-4 yil) zanglay boshlashini ko’rishimiz mumkin. Bunday holatni avvalroq boshdan kechirgan davlatlar jumladan Janubiy Korea allaqachon ikki tomoni metalldan ishlangan Poliuretan Sendvich panellardan voz kechdi. Bu bizga saboq bo’lishi lozim. Bu muammoni ichki qismi polikorbonad paneldan ishlangan sendvich panellar orqali bartaraf etish mumkin.
    10) Issiqxonalar ustki qismini Polikorbonad panellar bilan yopish zamon talabiga aylanmoqda. Sababi har 2 yilda polietilen plyonkalarni almashtirish ko’p mehnat va xarajat talab qilmoqda. Shisha bilan qoplanganda esa issiqlikni ichkariga kuchaytirib o’tqazishi oqibatida o’simlikni qurib qolishi va yerning tez tez sug’orishni talab qilmoqda
    11) Polikorbonad panellar yorug’likni yaxshi o’tqazganligi sababli ularning savdo rastalari va boshqa tabiiy yorug’likka ehtiyoj seziladigan joylarda foydalanish ancha qulaydir.

    Yuqoridagi faktlarni o’rganib chiqqaningizdan so’ng siz buning kelajak loyihasi ekanligiga ishonch hosil qilasiz.

    Uskuna 9 ta qismdan tashkil topgan:
    1) Ekstruder qismi
    2) Suyuqlikni avtomatik presslash qismi
    3) Qoliplar
    4) Rolliklar
    5) Vakuumli formalash qismi
    6) Besh chiziqli formalagich
    7) Issiqlikni meyorlashtiruvchi qism
    8) Ikki yonini tekislash uskunasi
    9) Kesish va joylovchi qismi
    10) 14 xildagi ehtiyot qismlar qo’shib beriladi
    Liniyaning umumiy elektr toki sarfi: 193 kw/soat
    Umumiy kerakli maydon: 143 m2 kamida
    Liniyada AQSh, Yaponiya, Daniya, Fransiya, Germaniya va Taiwan ehtiyot qismlaridan foydalanilgan.

    Narxi: 207 700$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari