• PE/LDPE/HDPE MAHSULOTLARNI QAYTA ISHLASH USKUNASI

    Kunlar o’tgan sayin hayotimizda deyarli qadoqlanmagan mahsulotlarni uchratish qiyin bo’lib qoldi. Bu yaxshi holat albatta, lekin biz bilamizki plastik mahsulotlar yer ostida qolganda ham chirimaydi, parchalanmaydi va o’z holatini o’zgartirmaydi. Bu mahsulotlarni yoqib yuborish esa ekologiyamizning katta ko’lamda zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda eng to’g’ri yo’l esa selifan mahsulotlarni yuvib, ularni eritib, qayta granula holatiga keltirishdir. Ushbu ixcham liniyaning afzalliklari quyidagicha:
    ·️ Xomashyo mahsulotning kundan kunga ortib borayotganligi;
    ·️ Eski uskunalardan farqli jihati, ikki martalik ekstruder qilinganligi, hamda kam elektr toki sarflashi
    ·️ Tayyor ikkilamchi xomashyoga doimiy talabning mavjudligi va toza xomashyodan farqi 20-30% dan ko’p emasligi.
    ·️ Granulani bir uskuna sovuq holatga keltirib, uni kichik pellet shaklida qirqib berishidir.
    ·️ Uzoq muddat ishlash natijasida shneklar o’z holatini o’zgartirmasligi uchun mustahkam 38CrMoAlA materialdan ishlangan.
    ·️ Temperatura kontrollerlari modernizatsiyalashgan bo’lib har bir bo’lma haroratini alohida nazorat qilish mumkin

    NARXI: 11700 $ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • A3 FORMATLI UNIVERSAL UF PRINTER

    Nega bizning yurtimizda hali hanuz xaridorlar Xitoy va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ayniqsa futbolkalarga ehtiyoj sezishmoqda? Buning sababini avvalo har bir tadbirkor ozidan izlashi kerak deb hisoblaymiz. Eng avvalo hozirgi zamon xaridorni o'ziga tortuvchi jihat tashqi ko'rinish bo'lib qolmoqda. Bu faktor hozirda sifat va narxdan ham oldingi o'ringa chiqib oldi. Sizga havola qilingan UF printerda chiqarilgan futbolkalarni biz hali ham voz kechmasdan kelayotgan karusel printerlarni 20 talik qilib qo'yilgan taqdirda ham bunday raqamli effekt bera olmaydi. Keling boshqa printerlar bilan birgina futbolka misolida solishtirib ko'ramiz:
    · Chop qilish uchun hech qanday maxsus yasalgan qolipning zarur emasligi; (Karusel uskunada har bir rang uchun alohida mahsus qolip talab etiladi va bu sizga bir turdagi mahsulotdan eng kamida 1000 dona qilishingizga majbur bo'lasiz, aks holda xarajatlarni qoplamaydi)
    · Siz endi har bir kishi uchun indivual buyurtmalar bilan ishlay olasiz (karusel uslubda buni o'ylamay qo'ya qoling)
    · 8 xil rangli UF printer sizga takrorlanmas tasvirlarni tushirib bera oladi mato turini tanlamaydi
    ·️ Eng muhimi endi siz o'z futbolkangizni bemalol ko'p marotaba yuvishingiz mumkin, endi tasvirlar o'z holicha qoladi. (Karusel uskunada esa bir marta yuvgach tasvir xiralashishni boshlaydi)
    ·️ Siz qay bir usulni tanlaysiz? Bir xil 1000 dona futbolkami yoki 1000 xil futbolkami? Albatta har bir tabdirkor uchun mahsuloti assortimenti ko'p bo'lishini tanlashi aniq.
    ·️ Kam xarajatli texnalogiya qariyb 80 metr kvadrat masofaga 1 litr rang sarflaydi. (1 litr sifatli rang 85$ atrofida)
    ·️ Istalgan turdagi operatsion sistema bilan ishlay oladi, hamda foydalish juda sodda ishlangan, bu sizga professional ishchi yordamisiz ham ishlash imkonini beradi
    ·️ Chop qilingan tasvirlarni alohida quritish moslamasida quritilmasligi sizni qo'shimcha xarajatlardan asrab qolmasda vaqtingizni ham tejaydi.

    Texnik ko'rsatgichlari:
    Ishlab chiqarilgan: Xitoy
    Shahar: Tianjin
    Printer boshi: 8 ta rangli MicroPiezo 180×8 poynakli 1.5 pikolitrli
    Chop etish maydoni: 270*550*H180mm
    Tezligi: A4 formatni 64 sekundda chop eta oladi. (Soatiga 30-50 dona futbolka)
    Chop etish mumkin bo'lgan materiallar: Xoxlagan silliq yuzaga, shisha, plastik, qog'oz, mato, charm, rezina, Akril, ABS, MDF va boshqalar
    Chop etuvchi buyumga qarab balandlikni avtomatik aniqlaydi
    Ranglar xaridor talabiga ko'ra quyidagidan birini tanlaydi: 1) Foto qora, Matovoy qora, Cyan, Magenta, Sariq, Qizil, To'q sariq, Optimizator
    2) Qora, Cyan, Magenta, Sariq, Oq, Oq, Oq, Oq
    Kuchlanish; 220v 50hz
    Quvvat sarfi: 35w
    O'lchami: 870*670*630mm
    Og'irligi: 65 kg

    Narxi: 3900$ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • GIDRAVLIK KO’TARGICHLI YER OSTI CHIQINDI TO’PLASH KONTEYNERLARI

    Zamonamiz taraqqiy etib maishiy chiqindilar kundan kunga ko’paymoqda. Mana endi sekinlik bilan bizda ham chiqindilardan oqilona foydalanish yolga qoyila boshlandi. Lekin afsus bilan aytish kerakki bizning chiqindixonalarimiz quyidagi salbiy tomonlariga ega:
    1) Axlatlar hammasi bir idishga solinadi va bu qayta ishlashni og’irlashtiradi
    2) Axlat yer yuzasidagi konteynerda turgani bois shahar ko’rkini buzadi
    3) Axlatxona atrofi havo isiganda turli zararkunanda hashorotlarga to’la bo’ladi (chivin,pashsha)
    4) Atrofda yashovchi aholiga badbo’y hid ko’p qavatli xonadonlar ahlini azaliy muammosi
    5) Hozir mavjud turdagi axlatxonalarni odamlar gavjum joyga qura olmasligimiz. Bunga yuqoridagi omillar sabab
    6) To’gri hozirda qisman yechimini topishga harakar qilib axlatxonalarni o’rab u yerga tozalab turish uchun kichik uychalar qilib qo’yayapmiz. Endi xuddi shu kabi uychani shaharlarimizning taniqli va gavjum joylarida qanday ko’rinishi mumkinligini ko’z oldingizga keltirib ko’ring a
    7) Odamlar e’tiborsizligi tufayli yerga to’kilgan axlatlarni shunchaki olib qoyamiz, lekin uni o’rnini yuvib tashlashni imkoni yo’q, sababi kanalizatsiya tizimiga ulanmaganligidir

    Biz sizga quyidagi qulayliklarga ega zamonaviy chiqindilarni yig’ish joylarini taklif qilamiz
    1) Chiqindilarni turlarga ajratish eng kamida 3 ta kamerali
    2) Yerning ustki qismida faqat ixcham va zanglamas metalldan ishlangan bejirim axlat to’kilish joyi chiqib turadi xolos
    3) Ichki qism rezina klapan ornatilgan bo’lib, u faqat ichkariga qabul qiladi. U og’irlik tushishiga qarab ochib yopiladi, bu esa ichkaridan chiqadigan badgo’y hidni tashqariga chiqishini oldini oladi
    4) Tashqaridan tashlangan chiqindi yer ostida joylashgan katta konteynerlarga yig’iladi. Bu esa tashqaridan hech nimani ko’rinmasligini ta’minlaydi.
    5) Yer ostidagi konteynerni maxsus trans xodimlari pult yordamida ko’tarishadi, hamda bo’shatib yana qayta yer ostiga joylab ketishadi.
    6) Biz taklif qiladigan usul yordamida yig’ilgan chiqindilarni qayta ishlash ancha osonlashadi. Ularni saralashga ketadigan mablag’ni aksariyati tejab qolinadi. Chiqindilarni biz tavsiya etadigan bo’limlar quyidagilar:
    · Shisha mahsulotlar
    ·️ Plastik va Selofan mahsulotlar
    ·️ qog’oz mahsulotlar (maklatura)
    ·️ Boshqa turdagi chiqindilar

    8) Bizning tizim yer osti kanalizatsiyasiga ulangan bo’lganligi sababli uni bemalol yuvib tozalash mumkin bo’ladi. Atrofdagi aholini chiqindilardan chiqadigan hid bezovta qilmaydi va eng muhimi biz taklif qilgan turdagi chiqindi to’plash joylarini istalgan markaziy hududda amalga oshirish mumkin.
    · DIQQAT ️Ushbu yangilik Kafolat Santexnik Servis X/K tomonidan patentlangan bo’lib, Respublika hududida mualliflik huquqini buzgan holatda g’oyani amalga oshirish, yasab berish qonun bilan jazolanishga olib keladi.
    Tadbirkorlarni ham hamkorlikka taklif qilamiz. Chunki ma’lum bir joyni sotib olib u yerda zamonaviy chiqindi to’plash joyi ochish va uni qayta ishlash sizga kutganingizdan ko’ra ko’proq daromad keltiradi ishoning!
    Har bir hududda Konteynerlar bir xil ko’rinishga ega bo’lmaganligi uchun va Tanlangan materialga qarab, ko’tarilish turiga qarab har xil narxda bo’ladi. Loyiha sizni chindan qiziqtirgan bo’lsa ofislarimizga murojaat qilishingizni so’raymiz.

    Batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • Eskirgan shinalarni yangilash liniyasi


    Ushbu liniyaga to'xtalganimizning asosiy sabablari; Yurtimizda GM Uzbekistan,.Isuzu, MAN kabi yirik Avtokonsernlarga ega ekanligi
    Xalqimizda avtomashinalar bilan yaxshi ta'minlanganligi va bu yil.sayin oshib borayotganligi
    Avtomobil yoki ogir yuk mashinalarining shinalarini qayta quyish yangi mahsulot chiqarishdan bir necha baravar arzon
    Metall va LZ rezina xomashyosini tejash
    Chiqindilar ko'payishi yoki ayrim hududlarda shinalar yoqilishi oqibatida havoga ko'tariladigan zararni kamaytirish
    Mahsulot tannarxining arzon bolishiga erishish
    Avtomobil egalarini foydalanilgan shinaga keraksiz buyumdek munisabatda bolishiga chek qoyish
    Chetdan import bo'ladigan shinalar sonini qisqartirish hamsa Valyutamizni saqlab qolishga erishish
    Chetdan keltirilgan og'ir texnikalar uchun import hisobiga keladigan butlovchi qismlarni mahalliy sharoitda tayyorlash
    Kam mehnat va xomashyo ishlatgan holda sifatli shu bilan birga serdaromad biznesni taklif qilish
    Loyihaning qiymatiga to'xtaladigan bo'lsak bu tadbirkorlarning xoxishiga qarab ya'ni qanday avtomashinalar.uchun shinalar butlashiga qarab ozgaruvchan bo'lganligi sababli bu savolga maslahatlashgan holda individual javob berishga ahd qildik.
    Qo'shimcha tarzda shuni aytishimiz keraki uskunaning boshlang'ich qiymati 83 000$ tashkil qiladi

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari