• SHAFFOF EVA YELIM QALAMCHALARINI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Bizdan ko’p mijozlarimiz O’zbekiston hududida bo’lmagan, ammo daromadi yaxshi biznes topib berishimizni so’rashadi. To’g’risi yangilik topishb hozirgi kunda juda murakkablashib bormoqda, yangiliklar ko’p ammo bizni hududimizga to’g’ri keladigan, bozorda talab bo’lgan mahsulotlardan biri bu ko’p tarmoqlarda ishlatiladigan eva yelim tayoqchalaridir. Ushbu mahsulot kerakli darajada qizdirilsa suyuq yopishqoq holatga keladi va normal haroratda qotadi. Ushbu mahsulotning asosiy xaridorlari tekstil fabrikalari, har xil maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar, ustaxonalar va boshqa mantaj ishlarida ishlatiladi. Ushbu liniyani o’zini eng tez oqlovchi liniyalar qatoriga kiritishimiz mumkin. Liniya to’xtovsiz ishlashga mo’njallangan va soatiga 100 kg mahsulot ishlab chiqara oladi. Quyidagi liniya yordamida siz diametri 8 mm; 9 mm; 10 mm; 11 mm bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Ushbu yelim uchun xomashyo chetdan keltirilishiga qaramasdan uni ishlab chiqarish yaxshi foyda beradi. Siz turli xil formulalar ishlatish orqali mahsulot tannarxiga ta’sir eta olasiz, bunda yelim qalamchadagi shaffoflik qanchalik kam bo’lsa , mahsulot narxi shuncha past bo’ladi.

    UMUMIY KO’RINISHI

    1.EKSTRUDER

    2. MAXSUS QIZDIRUVCHI REAKTORLAR (2 DONA)

    SUVLI SOVUTISH TUNNELI (16 METR ZANGLAMAS METALL)

    KESIB BERUVCHI QISM

    SOVUTISH UCHUN MAXSUS CHILLER (xaridor talabiga ko’ra)

    Liniya uchun xaridor tomonidan ta’minlanadigan narsalar:

    Balandligi 5,5 m dan uzunligi 30 metrdan kam bo’lmagan bino;

    380v 50 hz kuchlanishga ega elektr shit;

    2 nafar ishchi

    USKUNANING UMUMIY BAHOSI: 57000$ XARIDOR TOSHKENT SHAHRIDAGI OMBORDAN QABUL QILIB OLADI

    SOVUTISH CHILLERISIZ 51000$

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

     

  • PLAZMALI METALL KESISH USKUNASI Model:1530

    Yurtimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jadallik bilan oshib bormoqda. Sifat va tezlik borasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlari jahon bozorida raqobatbardosh bo’lishi uchun ularni avval texnalogik qurollantirishimiz lozim bo’ladi. Albatta so’nggi yillarda metall buyumlar va uskunalar borasida ko’plab yangi dizaynlar va ishlar kirib keldi. Ularni inson qo’li bilan ayrimlarini qilish imkonsiz yoki aynan sifatli qilish mumkin bo’lmaganligi sababli biz sizlarga Plazmali metall kesish uskunasini taklif qilmoqdamiz. Ushbu uskuna yordamida siz o’z ishingizni mohir ustasiga aylanasiz, ya’ni ishlaringiz ham sifatli, ham tez bajarilishiga imkon bo’ladi. 

    TEXNIK KO’RSATGICHLAR

    NARXI: 12900$ 

    Biz uskunangiz sizga uzoq muddat hech qanday servissiz aniq ishlashi uchun dunyoda eng yetakchi bo’lgan AQSH ning Hyperterm brendi ostida ishlab chiqariladigan Plazma blogini o’rnatdik.

    SHOVQINSIZ ISHLAYDIGAN HAVO KOMPRESSORI

    Boshqaruv paneli ham foydalanuvchi uchun qulay qilib ishlangan. Unga Maxsus dastur yordamida yaratilgan dizayn USB flesh xotira orqali uskunaga joylanadi. Uskuna ishlash vaqtida xatolik va vafqulotta holat yuz berganda tezkor o’chirish tugmasi bilan jihozlangan. Boshqaruv Paneli Xitoyning yetakchi Start brendiga tegishli. Uskunada turli xil tilli interfeysga ega. 

    PLAZMALI KESISH USKUNASI YORDAMIDA BAJARILGAN ISHLAR

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

    (O’RNATIB BERISH XARAJATLARI XARIDOR TOMONIDAN ALOHIDA TO’LANADI)

     

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MIX ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI

    Mix bu xo’jalikda eng ko’p ishlatiladigan qurilish mollaridan biri hisoblanadi. Mixdan qurilishning asosan yog’och va tunuka bilan bog’liq ishlarga ishlatilmoqda. Biz sizga taklif qiladigan mix ishlab chiqarish uskunalari eng so’nggi rusumdagi uskunalar bo’lib,ushbu uskunalarning har qanday o’lchamdagi mixlar uchun mo’njallanganlari mavjud. Biz sizga uskunalarni Xitoyning Wuxi shahridan to’g’ridan to’g’ri yetqazib beramiz. Uskunalar yuqori sifatli po’latdan ishlangan va og’ir bo’lib, bu sizga ishlash jarayonida silkinishlar bo’lmasligini ta’minlaydi. Mix ishlab chiqarish uchun bizga karbon aralashmali, qayoshqoqligi juda kam bo’lgan simlardan foydalaniladi. Bunday simlar asosan Rossiya va Xitoy davlatlaridan import mahsulot bo’lib kirib keladi va tonnalab sotiladi. Agar siz import simlardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqchi bo’lsangiz va siz olgan sim yuqori sifatli bo’lsa, sizga sim tekislovchi qismga zarurat qolmaydi. agar siz mahalliy xomashyodan mahsulot chiqarmoqchi bo’lsangiz sizga qo’shimcha uskunlar kerak bo’ladi. Uskunalarni biz orqali olingan taqdirda sizga Xorijdan import simlar olib keluvchi tadbirkorlar bilan tanishtirib qo’yiladi va o’rnatish uchun sizga mutaxasislarimiz ko’maklashadi. (xizmat pullik). Endi esa quyidagi uskunalar bilan tanishib oling.

    MIX UCHUN RULON SIMNI BIR XILDA YETQAZIB BERUVCHI QISM (250$)

    MIX UCHUN XOMASHYO SIMNI TEKISLASH USKUNASI

    SAYQALLASH USKUNASI (POLIROVKA)

    Ushbu uskuna tayyor chiqqan mixga qo’shimcha ishlov beradi a mahsulotingiz sifati yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Mixdan arjalmay qolgan mayda qismlarni ajratish bilan birga ularni yaltiroq ko’rinishga olib keladi. Bu uskuna asosiy uskunalardan sanaladi, chunki xomashyo sifatida ishlatilgan sim ozgina zanglagan, yoki yaltirab turmagan bo’lishi mumkin. Agar siz sayqallash uskunasiga solmasdan mahsulotingizni bozorga olib chiqqan taqdiringizda bozorda xaridorlar xoxlamasligi mumkin. Sizlarga ilova qilib sayqallangan hamda sayqallanmagan mixni ilova qilamiz.

    QO’SHIMCHA USKUNA VA QISMLAR (SIZGA MUNTAZAM ISHLASHINGIZDA KO’MAK BERADI)

    KESUVCHI PICHOQLARNI CHARXLOVCHI USKUNA (1200$)

    Har xil o’lcham uchun qoliplar, molotok qismi va pichoqlar

    Mix ishlab chiqarish uchun xomashyo sim

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

     

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • SHINALARNI METAL DISKDAN AJRATISH VA METALL DISKGA O’RNATISH UCHUN USKUNALAR

    Bu kabi ishlar 4-5 yil avval qo’lda bajarilar edi. Bu holatda rezina qismni ajratishda metal diskga zarar yetish holatlarni uchrardi, hamda ba’zi hollarda rezina qismni ham zararlab qo’yish mumkin edi. Har bir ishda bo’lgani kabi bu sohada ham ilg’or texnalogiyalar ishimizni yengillatish uchun xizmat qilmoqda.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN. 

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • AVTOMOBIL SHINALAR BALANSINI TO’G’RILASH UCHUN USKUNALAR

    Avtomobil shinalarini balansini to’g’rilash orqali siz shinalar umrini uzaytirgan bo’lasiz. Hamda mashinaning og’irligi hamma shinalarga bir xilda tushishi sizga avtomobilni boshqarishda juda yaxshi foyda beradi.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN. 

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • AVTOMOBILLARNI KO’TARISH UCHUN MOSLAMALAR

    Avtobillarni ko'tarish orqali har xil chuqurlar qazishga to'g'ri kelmaydi, ishchilar ishlash davomida qulay sharoitda ishlay oladi, hamda avtomobilga yetishi mumkin bo'lgan xavf minimal darajada bo'ladi. Siz qanday og'irlikdagi avtomobillarga qanday xizmat ko'rsatishingizga qarab avtomobil ko'targichlar tanlanadi.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO'L XARAJATLARI, BOJXONA TO'LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O'Z ICHIGA OLGAN. 

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • G’ISHT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (Vakuumli JZK 45)

    Yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini kuzatar ekanmiz, beixtiyor biz ham qaysidir yo’l bilan yordam berishga oshiqdik. Buning uchun qurilishda eng muhim hisoblangan g’isht ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni niyat qilganlar uchun eng yuqori sifatli Vakuum ekstruderli g’isht ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Vakuumli Ekstruder sizning g’ishtlaringizni yuzi va ichi silliq chiqishini ta’minlaydi, unda har xil kichik g’ovaklar bo’lmaydi, bu esa sizning mijozlaringizga sifatli mahsulot yetib borishini ta’minlaydi. Eng muhimi mijozlaringizni katta hajmli buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun sizlarga 45×45 modelini tanladik. Agar mijozlarimiz kichikroq hajmlisini ya’ni 30×30 modellarini xoxlasalar, uni ham buyurtma asosida olib kelamiz. Biz taqdim qiladigan liniya 10 soatlik ish vaqti davomida 75000-80000 dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biz uzoq yillik tajribamiz natijasida ko’p zavodlar mahsulotlaridan foydalandik. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar tannarxni arzonlatish uchun uskunaga qalin bo’lmagan metallar ishlatishi oqibatida ishlash davomida hosil bo’ladigan vibratsiya uskunani ishdan tez chiqishiga olib kelimoqda. Yana bir e’tibor beriladigan jihati: Ko’p ishlab chiqaruvchilar ichki shnek uchun yumshoq (arzon) metalldan ishlatilishi oqibatida loy uni yezda yemirib yuboradi. Biz sizga taqdim etiladigan uskuna yangilangana talqinda bo’lib, reduktor va asosiy matorni birlashtiruvchi remenlar bir biriga qo’shilib ishlangan. Buning natijasida hamma remenlar baravar harakat qiladi va ularni faqat bittasiga oshiqcha kuch bilan ishlashiga chek qo’yilgan.

    TUPROQNI MAYDALAB BERUVCHI QISM

    Ushbu qism har bir foydalanuvchi uchun eng muhim qismlardan biri hisoblanadi. Ko’p foydalanuvchilar ushbu qismni olib tashlashni iltimos qilishadi.Bu xato ish, sababi qum yaxshi maydalanmasligi oqibatida qotib qolgan tuproqlar loy qorish qismida ko’p vaqt talab qiladi. Uskuna ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlardan yana biri, maydalash qismini takomillashganidir, ya’ni avvalgidek bitta mator emas ikki mator bilan jihozlangan, ikkita mustahkam shkiflar ichki tishlarni harakatlantiradi. Bu bizga tuproqni qay darajada maydalashni aniq o’zgartirish imkonini beradi.

    TUPROQ UCHUN LENTALI UZATISH MOSLAMASI

    Lentali uzatish moslamasi sizgaishchilar bajarish kerak bo’lgan ishni bajarib beruvchi muhim qism hisoblanadi. Lenta yuqori elastikli mustahkam rezinadan ishlangan va maxsus mator yordamida harakatlanadi. Mustaqil tarzda yoqish va o’chirish mumkin, qaysidir uskunaga bo’g’lanmagan. Lenta uzunligi 10 metr.

    LOY QORIB BERUVCHI QISM

    Oldingi modellardan bu qismda ham o’zgarishlani ko’rish mumkin. Loy qorish qismida loyni yaxshi qorilishi g’isht chiqarishda asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Ushbu qismda boshqa ishlab chiqaruvchilar modellarda kuzatilgan kamchiliklar

    1) Loy qorish qismining kalta ekanligi, oqibatda ektruderga ulgurmaslik holati bo’lishi.

    2) Loy qorish uchun hozirgidek ikkita o’qqa egan bo’lgan mikser emas bir o’qli mikser bo’lganligi ham ishni sekinlashtiradi. Biz taqdim qilgan model bilan sizda bu kamchiliklar bartaraf etilgan

    VAKUUMLI EKSTRUDER

    Biz sotib olayotgan model sizga uzoq xizmat qilishi uchun biz sizlarga uzoq tajribaga ega zavod mahsulotlarini taklif qilamiz. Ushbu ekstruder ISO 9001-2008 xalqaro sifat sertifikatiga ega. Bundan tashqari ushbu vakuumli ekstruderni siz dunyoning 24 mamlakatida uchratishingiz mumkin. Ekstruder mustahkam asos ustiga ishlangan bo’lib, yuqori sifatli reduktor bilan ta’minlangan. Vakuum ekstruderga biz V07 rusumli maxsus vakuum nasos hamda kompressor qo’shib beramiz. Ichki shneklar mustahkam ishlanganligi sizga uzoq vaqt uskunani qo’shimcha ta’mirsiz ishlatishingizni ta’minlaydi.

    MAHSULOTNI BIRLAMCHI KESISH QISMI

    MAHSULOTNI TAYYOR G’ISHT KO’RINISHIDA KESUVCHI QISM

    YUQORI BOSIM BERUVCHI MAXSUS KOMPRESSOR

    EKSTRUDER UCHUN MAXSUS MATOR

    Biz ko’p mijozlarimizga matorni o’zimizda ham topsa bo’ladi degan fikriga qo’shilmaymiz. Biz o’zi bilan birga maxsus matorni olishni tavsiya qilamiz. Ushbu mator 130KW/soat quvvatga ega va 3 fazali kuchlanishda ishlaydi. Buni maxsusligi shundaki, bizning yurtimizda 3 fazali kuchlanishli uzatishda ayrim vaqtlar bir fazada elektr uzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatda esa oddiy matorlar birdaniga kuyib qolishi aniq. Biz sizga tavsiya qiladigan matorimiz esa bir faza yo’qolgan holatda avtomatik tarzda to’xtaydi. Bu esa sizni ortiqcha chiqimdan himoyalaydi.

    V07 rusumli maxsus vakuumli nasos

    LINIYA UCHUN MAXSUS SHIT

    Yuqoridagi uskunalar yuqori sifatli va 1 yillik kafolatga ega. Sizga shuni ma’lim qilamizki agar sizda chiqqan g’ishtlarni pishirish uchun maxsus Xumdon yasab berish uchun tajribali ustalarni bizning jamoamiz tashkillashtirib beradi. 400 000 dona g’isht sig’imiga ega maxsus xumdon qurish uchun 8000$ atrofida xizmat haqi talab etiladi. P.S. Ushbu xizmat faqat bizdan uskun olgan mijozlarimizga taqdim etiladi.

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • LAZERLI KESISH, MARKALASH USKUNALARI VA EHTIYOT QISMLAR

    Zamonaviy texnalogiyalar hayotimizga tobora chuqur kirib borar ekan, bizning og'irimizni yengil qiluvchi, mushkulimizni oson qiluvchi vositalarga aylanmoqda. Zamon talabi va bugunning xaridori sifatida baho berish kerakki, endilikda kishilar faqat narxga emas, endi ular sifatli mahsulotlarni tanlash bosqichiga o'ta boshladilar. Bugungi kunda Lazerli texnalogiyalarni qo'llanilishi Tekstil sanoati, Poyafzal ishlab chiqarish, Reklama sohasi, Dekorativ mahsulotlar, O'yinchoqlar, Metallga ishlov berish kabi sohalarning ishini tubdan isloh qilishga erishildi. Buning natijasida ishlab chiqaruvchilarning vaqti tejalishi bilan bir qatorda, mahsulotlar yana bir sifat bosqichiga ko'tarilmoqda.

    EHTIYOT QISMLAR VA QO'SHIMCHA QISMLAR:

    YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO'L XARAJATLARI, BOJXONA TO'LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O'Z ICHIGA OLGAN

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • BIO-YONILG’IDA ISHLOVCHI YUQORI ISSIQLIK BERUVCHI PECHLAR

    Yurtimizning aksariyat aholisi qishloq hududlarida istiqomad qilishadi. Shu bilan birga aynan ular shaharlarimiz va chet elliklarni qish faslida ham mazali meva va sabzavotlar bilan ta’minlashni o’z zimmalariga olishgan. Har bir chekka hududlarimizni oqova gaz bilan ta’minlash qiyin, shu bilan bir qatorda bu ko’p mablag’ va mehnat talab etadigan ishdir. Qish fasli ayozli bo’lganligi uchun issiqxonalardagi hosilni saqlash uchun katta miqdorda gaz, ko’mir, chiqindi yog’lar, dizel yoki elektr tokidan foydalaniladi. Bu esa tadbirkor va fermerlar daromadining katta qismi yo’qotilishiga olib keladi. Biz bu masalaga jiddiy kirishishimiz oqibatida alternativ energiya manbalarini izladik. Alternativ zamonaviy manbalar quyosh, Bio-yonilg’i, Bio-gaz va shamol energiyalarini keltirishimiz mumkin. Biz sizga avvalroq Bio-gaz texnalogiyasi haqida ham xabar bergan edik. Hozir esa biz sizga tabiiy gaz va elektr energiyasidan 55-60% ga arzonroq energiya manbai bo’lmish Pellet yonilg’ida ishlovchi pechlarni havola etmoqdamiz. Ushbu pechlarning afzalliklari quyidagilar:

     

    · Pechlar issiqlikni avtomatik PLC tizim orqali o’zi nazorat qiladi
    ·️ Issiqlik darajasi 800°C dan 1000°C gacha bo’ladi
    ·️ Har qanday ish uchun qo’llash mumkin ekanligi: Ko’p qavatli binolar, maktablar, bog’chalar, tibbiyot muassalari va boshqa jamoat joylarida qo’llash mumkin.
    Sanoatda: Qog’oz ishlab chiqarish, Tekstil sohasida, ekstra tuz ishlab chiqarish, oziq ovqat sanoati, metallurgiya va issiqxonalar tizimida.


    · Foydalanishning oson ekanligi. Yonilg’i sifatida ishlatiladigan pellet uchun yog’och bo’laklari va ko’mir kukunining yetarlicha miqdorda topish mumkinligi.
    ·️ Isitish hajmi va tezlikning yuqori ekanligi.


    ·️ Issiqlikning maksimal darajada yetqazib berish natijasida yonilg’ida deyarli kul hosil bo’lmaydi. Foydali ish koeffitsiyenti 95% ga qadar yetadi. Taqqoslash uchun quyosh panellarining Foydali ish koeffitsienti 18% ga qadar bo’ladi.
    · Uzluksiz ishlashni ta’minlash maqsadida pechga hajmiga qarab havoli va suvli sovutish tizimi qo’llaniladi.
    · Uskunaga Touch Screen (ekranni barmoq bilan boshqarish)

    TEXNIK KO’RSATGICHLARI:

    Yonilg’i sifatifa quyidagilardan biri ishlatiladi:

    Narxlar:

    ESLATMA: Bundan katta yoki bundan kichik modellari ham bor. Ofis bilan bo’glaning!

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MINI KUNGABOQAR YOG’I ISHLAB CHIQARISH TO’LIQ LINIYASI (4-4,5t/sutkasiga xomashyo)

    Hozirgi kunda sekinlik bilan bo’lsada paxta yog’i o’rnini kungaboqar yog’i egallamoqda. Buning sabablari ko’p. O’simlik yog’i inson ichki organizmida turli xil allergikk kasalliklarni chaqirmaydi hamda xalesterin miqdori ham juda kamdir. Kungaboqar pistasidan yog’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan bizneslardan biri deb aytolmaymiz, lekin biz taklif qiladigan tarzda to’liq ishlangan ixcham liniya hali mavjud emas deb bemalol ayta olamiz. Bizga kelgan murojaatlarning ko’pchiligida yog’ ishlab chiqarish niyatida bo’lgan ko’plab tadbirkorlar borligini aniqladik, chunki yog’ olish uchun xomashyoning mahalliy ekanligi, chiqqan mahsulot esa mavsum tanlamasligi bilan ham qiziqdir. Biz sizga tavsiya qiladigan liniya asosida siz Masxad, Kunjud, Bodom, Yeryong’oq, Soya, Makkajo’xori, Pista va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. Bundan tashqari yog’ olib bo’lingan kungaboqar pistasi kunjarasi ham chorva mollari uchun juda kuchli ozuqaviy yemish bo’lib hisoblaib, siz uni yaxshigina narxga pullashingiz mumkin. Keling biz siz bilan Kungaboqar pistasidan yog’ ishlab chiqarish deb olamiz. Yog’ ishlab chiqarish bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1) Kungaboqar pistasini tozalash
    2) Kungaboqar pistasini qovurish (juda ko’p qovurish shart emas muhimi qizishi lozim)
    3) Qizigan semechkadan press usulida yog’ olish bosqichi
    4) Siqib olingan yog’ni filtrlash bosqichi
    5) Filtrlangan yog’ni Rafinatsiyalash
    6) Rafinatsiyalangan yog’ni UV sterilllash ( Mahsulot sifatini uzoq muddat o’zgarmasligini ta’minlaydi)
    7) Sterillangan yog’ni idishlarga quyish va qapqog’ini yopish

    Yuqoridagi barcha bosqichlardan so’ng siz o’z mahsulotingizni bemalol xaridorlarga sotishingiz mumkin bo’ladi. Ayrim tadbirkorlar diqqatiga: bizga kelgan ko’p savollardan biri faqat press qismi bilan filtr sotib olib qadoqlab sotsam bo’ladimi? Ularga javobimiz albatta yo’q, chunki Rafinatsiyalash va UV sterillash bu mahsulotning sifatini belgilovchi asosiy omil bo’lib ximzat qiladi.

     

     

    Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • MINI MAKARON LINIYASI (60-70KG/SOAT)

    Bizning O'rta Osiya xalqlari aholisi azal azaldan bug'doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni hush ko'rishadi. Gaplarimizning isboti sifatida oshxona va restoranlarimizda xamirli ovqatlarimizning soni anchaginaligidir. O'zining tez tayyor bo'lishi va turli xil shaklda ekanligi bilan makaron mahsulotlari ham o'z o'rnini egallagan. Bizda makaron mahsulotlariga talab shu qadar yuqori ekanligidan, ichki bozorlarimizda import makaron mahsulotlarini ham ko'rishimiz mumkin. Har bir mahsulotniki bo'lganligi kabi ushbu mahsulotning ham o'ziga yarasha sir asrorlari mavjud.

    · ️Dastlabki ish mahsulotlarni xamirni birlamchi tayyorlash uskunasiga solamiz. Siz tayyorlamoqchi bo'lgan makaronni sotish bozoringizdagi xaridorlar budjetiga qarab turli xil qo'shimchalar qo'shish mumkin.

    ️· Dastlab un va suv (juda kam miqdorda) eng muhimlari. Uzoq vaqt qaynash natijasida makaron sifati buzilmasligi uchun unga tuxum kukuni yoki guruch unidan qo'shish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qoshimchalar qo'shilganda makaronning elastiklik holati oshishi bilan bir qatorda, uning foydalilik jihati ham ortadi.

    · Keyingi navbat esa makaron holiga keltirish uchun yuqori kuch bilan siqib forma beruvchi ixcham ekstruder o'z ishini bajaradi. Ekstruderga xaridorning budjetiga qarab Vakuum o'rnatish mumkin, bu esa mahsulot sifatini yanada oshishiga xizmat qiladi. Vakuum o'rnatilganda 280$ narx qo'shiladi. Ekstruderimizda o'zi bilan 5 dona bepul qoliplar taqdim etiladi. Qo'shimcha qoliplar 45$ dan.

    · Keyingi navbatda tayyor mahsulotlar harakatlanuvchi lentaga tushadi va 126°C li parli bo'lmachada o'tadi. Par berish jarayonining muhimlilik jihati, bir tomondan mahsulot sterilizatsiya bo'lsa, ikkinchi tomondan usti silliqlashib yaltiroq holatga keladi. Bu esa bozorga tezroq kirishga yordam beradi.

    · Yana bir bosqich esa 60°C issiqlikda 20-40 daqiqa quritishdir. Buning uchun biz sizga 32 ta padnos sig'imiga ega quritish kamerasini taqdim etamiz.

    · ️Quruq makaronlarni esa siz xoxlasangiz 20 kg lik yoki 1kg/2kg/5kg lik qilib qadoqlashingiz mumkin. Qadoqlash uchun sizga biz yarim avtomat qadoqlash uskunasini taqdim etmoqdamiz. Sababi siz mahsulotingizni qadoqlaganingizda har bir mahsulot sizning brendingiz asosida chiqadi va sanitariya gigiena qoidalariga ham zid bo'lmagan holda xaridor qo'liga yetib borishi ta'minlanadi.

    Tayyor mahsulot:

    · Mavsum tanlamas bizneslardan biri bo'lgan makaron ishlab chiqarish ixcham liniyasi quyidagi qismlardan iborat:

    TO'LIQ LINIYA NARXI: 6238$ CIP TASHKENT) 

    (CHEGIRMADAGI NARX): 4990$ (CIP TASHKENT) 

    (Chegirma 2018 yil 1-yanvarga qadar)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari

  • PE/LDPE/HDPE MAHSULOTLARNI QAYTA ISHLASH USKUNASI

    Kunlar o’tgan sayin hayotimizda deyarli qadoqlanmagan mahsulotlarni uchratish qiyin bo’lib qoldi. Bu yaxshi holat albatta, lekin biz bilamizki plastik mahsulotlar yer ostida qolganda ham chirimaydi, parchalanmaydi va o’z holatini o’zgartirmaydi. Bu mahsulotlarni yoqib yuborish esa ekologiyamizning katta ko’lamda zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda eng to’g’ri yo’l esa selifan mahsulotlarni yuvib, ularni eritib, qayta granula holatiga keltirishdir. Ushbu ixcham liniyaning afzalliklari quyidagicha:
    ·️ Xomashyo mahsulotning kundan kunga ortib borayotganligi;
    ·️ Eski uskunalardan farqli jihati, ikki martalik ekstruder qilinganligi, hamda kam elektr toki sarflashi
    ·️ Tayyor ikkilamchi xomashyoga doimiy talabning mavjudligi va toza xomashyodan farqi 20-30% dan ko’p emasligi.
    ·️ Granulani bir uskuna sovuq holatga keltirib, uni kichik pellet shaklida qirqib berishidir.
    ·️ Uzoq muddat ishlash natijasida shneklar o’z holatini o’zgartirmasligi uchun mustahkam 38CrMoAlA materialdan ishlangan.
    ·️ Temperatura kontrollerlari modernizatsiyalashgan bo’lib har bir bo’lma haroratini alohida nazorat qilish mumkin

    NARXI: 11700 $ (CIP TASHKENT)

    Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

    ofis manzilari