CHARM KAMAR (REMEN) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

21,700 $

In stock

Charm mahsulotlariga talab har doim ham yuqori bo’lib kelgan. Bunga asosiy sabab xalqimiz va dunyo xalqlari ham sifatga, uzoq muddat o’ziga xizmat qilagan narsalarga qiziqib kelishgan. Yurtimizda chorvachilik yaxshi rivojlanganligi sababli xomashyo topish muammo bo’lmaydi. Charm mahsulotlariga ishlov berish yurtimizda tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda va yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar jahon yuzini ko’rib, boshqa davlatlarga ham eksport bo’lmoqda. Ichki bozorga ham xaridorgir bo’lgan mahsulotlardan biri bu charm kamarlardir. charm kamarlarning katta qismi import mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham sizlarga ushbu mahsulotni yurtimiz hududida ishlab chiqarish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bizga dastavval mahsulot ishlab chiqarish uchun oshlangan toza teri yoki uning o’rnini bosuvchi mahsulot zarur bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida 10 turdagi uskuna ishtirok etadi va bizning kompaniyamiz sizga ushbu uskunalarni eng maqbul narxlarda tavsiya etadi.

TERINI KAMAR O’LCHAMIDA KESIB BERUVCHI USKUNA

Ushbu uskuna yordamida siz har xil o’lchamga ega bo’lgan terilardan bir xilda kesilgan yarim tayyor mahsulot hosil qila olasiz. Ushbu uskuna terini birdaniga bir nechta bo’lakka ajratib beradi va ishchi ularni uzun kesilganlarini olib, keyingi bosqichga o’tish uchun yuboradi. Ushbu uskuna yordamida siz Tabiiy teri, Sun’iy teri, Rezina, Qattiq mato, Yumshoq plastik va boshqa xomashyolarni ham kesishda qo’llash mumkin.

KAMAR CHETINI OVALSIMON SHAKLGA KELTIRIB KERAKLI O’LCHAMDA KESIB BERUVCHI USKUNA

Sizga ma’lumki yuqoridagi uskuna terini chetlarini to’g’ri burchak ostida kesib berdi, endi esa ularni biroz oval shaklga keltirib, bizga kerakli uzunlikda qirqib olish lozim bo’ladi. Buning uchun esa quyidagi uskuna bizga yordam beradi.

KAMARNI KERAKLI QALINLIKKA TARROSHLASH USKUNASI

Biz har xil teri ishlatamiz va har xil turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz. Shunday holatda bizga ba’zida ularni qalinligini kamaytirishga tog’ri kelishi mumkin yoki qalinligini bir xilda qilib berish uchun bizga quyidagi uskuna yordamga keladi. Bir so’z bilan qisqa qilib ushbu uskunani teri uchun “randa” deb atasak ham bo’laveradi.

KAMARGA ROLIKLI NAQSH BOSISH DASTGOHI

Har kuni yangicha naqshlar bilan bezatilgan yangi ko’rinishdagi kamarlarga ko’zimiz tushadi. Kimlardir silliq yuzali hech qanday naqshsiz kamarlarni hush ko’rsa, yana boshqalarga turli naqshlar hosil qilingan kamarlar yoqadi. Biz esa sizga har qanday mijoz talabiga mos keluvchi uskunalrni taklif qilmoqdamiz. Siz uskunadagi metall rolikni o’zgartirish orqali kamarga bosiladigan naqsh turini o’zgartira olasiz.

TORT G’ILDIRAKLI KAMARNI IKKI TOMONINI SAYQALLASH USKUNASI

Mahsulotingiz yetarli darajada silliq yuzaga ega bo’lishi bu bo’yash jarayonida sizga juda qo’l keladi, ya’ni mashaqqat anchagina kamayadi.

KAMARGA TESHIKLAR OCHIB HAMDA KAMAR OXIRINI KESIB BERUVCHI PRESS

Ushbu pressni qoliplarini o’zgartirish orqali siz teshik shaklini uning oraliq masofasini o’zgartirishingiz mumkin bo’ladi.

KAMAR CHETINI BO’YAB BERISH USKUNASI

E’tibor bergan bo’lsangiz kamaringizni pichoq yoki boshqa o’tkir jism yordamida kesganingizda uni kesilgan joyining rangi och rangda bo’lib qoladi va bu mahsulot dizayniga salbiy taasir ko’rsatadi. shuning uchun ham kesilgan joylarni bo’yab qoyish maqsadga muvofiq sanaladi. Bo’yalgan chet qismlar xuddi yuza qismi bilan uyg’unlikda yaxlit kompozitsiyani yasaydi.

ROLIKLI PRESSLI SILLIQLASHB USKUNASI

KAMAR UCHUN BELBOG’ YASASH USKUNASI

Yuqoridagi uskunalar yordamida siz ayollar va erkaklar uchun kamarlar ishlab chiqara olasiz. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan kamar uchun metall qism topilmagan taqdirda sizga Xitoy davlatidan olib kelib berishimiz mumkin.

NARXI: 21700 $ (Toshkent shahridagi ombordan olib ketish narxi)

Uskunalarni o’rnatib ishlatib berish xarajatlarni uskuna narxiga qo’shib hisoblanmagan. xaridorga o’rnatib berish xizmati zarur bo’lsa, texnolog bilan kelishgan holda xarajatlarini to’lab berish majburiyatini oladi.

Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

solishtirish
Category:

CHARM KAMAR (REMEN) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

21,700 $

Add to Cart