FASAD PLITKALARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI


Poytaxtimizda va viloyatlarda yildan yilga yangi turar joy binolari va inshoatlar qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda. O'z navbatida qurilishning sifatmi hamda hashamdor bo'lishiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Bu boradi har kim o'z moliyaviy mablag'i va didiga ko'ra turli xil fasad ishlaridan foydalanib kelinmoqda. Travertin suvoqlar, shtukaturka, Aluminiy kompozit panellar, Granit, marmar, kafel va boshqalar shular jumlasidandir. Fasad plitkalar esa hali ko'p ommalashgani yo'q, sababi bu mahsulot bizga import mahsulot hisoblanadi. Fasad plitkalar quyidagi qulayliklar bilan qolgan mahsulotlardan ustundir
·️ O'rnatish ishlarining osonligi va ko'p mablag' talab etmasligi
·️ Yong'inga o'ta chidamli, tarkibida umuman yonuvchan mahsulotlar yo'q
·️ Har qanday iste'molchi uchun keng assortiment, turli xil ranglar
·️ 100% mahalliy xomashyodan tayyorlash mumkinligi
·️ Doimiy katta miqdorda talabning mavjudligi
·️ O'rnatish jarayonida bino devorloring qalin bo'lib ketishi yoki deraza,eshik kabi qismlarda ularga halal berib qolinishini o'ylashga hojat qolmasligi
·️ Uzoq yillar o'z ko'rinishini, rangini o'zgartirmasligi sababli, sizdan qo'shimcha ta'mir uchun pul sarflash talab qilinmaydi
·️ Yozning jazirama issig'i va qishning ayozli kunlarida o'z holatini o'zgartirmaydi.
Uskunaning O'zbekistonda yo'q bo'lganligini inobatga olib, eng xaridorgir bo'lgan o'lchamdagi (240×60×12mm) mahsulot chiqarishni tavsiya qilamiz. Ishlab chiqarish quvvati 200m2/soat. Ishlab chiqarish liniyasi bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Xaridor budjetiga va xohishiga ko'ra sovutish va pishirish pechlarini ham olib keltirishi mumkin.
Loyihaning yuqorida keltirilgan tezlikda ishlaydigan varianti taxminan 240 000$ atrofida, bu pishirish hamda sovutish xumdonlari hisobga olmaganda. Ushbu liniyani o'zini tez oqlashi shubhasiz, chunki markaziy osiyoda bunday mahsulot ishlab chiqarilmaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston kabi qo'shni davlatlarga ham kirib borish mumkin.

Uskuna haqida batafsil ma'lumotlarni konsalting xizmatimiz orqali taqdim etamiz. Siz 380 000 so'm to'lov evaziga foto, video ma'lumotlar hamda tijorat taklifini qo'lga kiritasiz!

Narxi: 240 000$ (Xaridor talabiga ko'ra o'zgarishi mumkin)

Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari