GIDRAVLIK KO’TARGICHLI YER OSTI CHIQINDI TO’PLASH KONTEYNERLARI

Zamonamiz taraqqiy etib maishiy chiqindilar kundan kunga ko’paymoqda. Mana endi sekinlik bilan bizda ham chiqindilardan oqilona foydalanish yolga qoyila boshlandi. Lekin afsus bilan aytish kerakki bizning chiqindixonalarimiz quyidagi salbiy tomonlariga ega:
1) Axlatlar hammasi bir idishga solinadi va bu qayta ishlashni og’irlashtiradi
2) Axlat yer yuzasidagi konteynerda turgani bois shahar ko’rkini buzadi
3) Axlatxona atrofi havo isiganda turli zararkunanda hashorotlarga to’la bo’ladi (chivin,pashsha)
4) Atrofda yashovchi aholiga badbo’y hid ko’p qavatli xonadonlar ahlini azaliy muammosi
5) Hozir mavjud turdagi axlatxonalarni odamlar gavjum joyga qura olmasligimiz. Bunga yuqoridagi omillar sabab
6) To’gri hozirda qisman yechimini topishga harakar qilib axlatxonalarni o’rab u yerga tozalab turish uchun kichik uychalar qilib qo’yayapmiz. Endi xuddi shu kabi uychani shaharlarimizning taniqli va gavjum joylarida qanday ko’rinishi mumkinligini ko’z oldingizga keltirib ko’ring a
7) Odamlar e’tiborsizligi tufayli yerga to’kilgan axlatlarni shunchaki olib qoyamiz, lekin uni o’rnini yuvib tashlashni imkoni yo’q, sababi kanalizatsiya tizimiga ulanmaganligidir

Biz sizga quyidagi qulayliklarga ega zamonaviy chiqindilarni yig’ish joylarini taklif qilamiz
1) Chiqindilarni turlarga ajratish eng kamida 3 ta kamerali
2) Yerning ustki qismida faqat ixcham va zanglamas metalldan ishlangan bejirim axlat to’kilish joyi chiqib turadi xolos
3) Ichki qism rezina klapan ornatilgan bo’lib, u faqat ichkariga qabul qiladi. U og’irlik tushishiga qarab ochib yopiladi, bu esa ichkaridan chiqadigan badgo’y hidni tashqariga chiqishini oldini oladi
4) Tashqaridan tashlangan chiqindi yer ostida joylashgan katta konteynerlarga yig’iladi. Bu esa tashqaridan hech nimani ko’rinmasligini ta’minlaydi.
5) Yer ostidagi konteynerni maxsus trans xodimlari pult yordamida ko’tarishadi, hamda bo’shatib yana qayta yer ostiga joylab ketishadi.
6) Biz taklif qiladigan usul yordamida yig’ilgan chiqindilarni qayta ishlash ancha osonlashadi. Ularni saralashga ketadigan mablag’ni aksariyati tejab qolinadi. Chiqindilarni biz tavsiya etadigan bo’limlar quyidagilar:
· Shisha mahsulotlar
·️ Plastik va Selofan mahsulotlar
·️ qog’oz mahsulotlar (maklatura)
·️ Boshqa turdagi chiqindilar

8) Bizning tizim yer osti kanalizatsiyasiga ulangan bo’lganligi sababli uni bemalol yuvib tozalash mumkin bo’ladi. Atrofdagi aholini chiqindilardan chiqadigan hid bezovta qilmaydi va eng muhimi biz taklif qilgan turdagi chiqindi to’plash joylarini istalgan markaziy hududda amalga oshirish mumkin.
· DIQQAT ️Ushbu yangilik Kafolat Santexnik Servis X/K tomonidan patentlangan bo’lib, Respublika hududida mualliflik huquqini buzgan holatda g’oyani amalga oshirish, yasab berish qonun bilan jazolanishga olib keladi.
Tadbirkorlarni ham hamkorlikka taklif qilamiz. Chunki ma’lum bir joyni sotib olib u yerda zamonaviy chiqindi to’plash joyi ochish va uni qayta ishlash sizga kutganingizdan ko’ra ko’proq daromad keltiradi ishoning!
Har bir hududda Konteynerlar bir xil ko’rinishga ega bo’lmaganligi uchun va Tanlangan materialga qarab, ko’tarilish turiga qarab har xil narxda bo’ladi. Loyiha sizni chindan qiziqtirgan bo’lsa ofislarimizga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

solishtirish

CHINA LEASING IMPEX jamoasi taklif etgan har bir uskuna sifati va o’z sohasida tutgan o’rni inobatga olgan holda keng ommaviy e’lon qilinadi! Tanlovda adashmang zero har bir sohani o’z mutaxassislariga ishoning!

GIDRAVLIK KO'TARGICHLI YER OSTI CHIQINDI TO'PLASH KONTEYNERLARI