G’ISHT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (Vakuumli JZK 45)

44,800 $

In stock

Yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini kuzatar ekanmiz, beixtiyor biz ham qaysidir yo’l bilan yordam berishga oshiqdik. Buning uchun qurilishda eng muhim hisoblangan g’isht ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni niyat qilganlar uchun eng yuqori sifatli Vakuum ekstruderli g’isht ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildik. Vakuumli Ekstruder sizning g’ishtlaringizni yuzi va ichi silliq chiqishini ta’minlaydi, unda har xil kichik g’ovaklar bo’lmaydi, bu esa sizning mijozlaringizga sifatli mahsulot yetib borishini ta’minlaydi. Eng muhimi mijozlaringizni katta hajmli buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun sizlarga 45×45 modelini tanladik. Agar mijozlarimiz kichikroq hajmlisini ya’ni 30×30 modellarini xoxlasalar, uni ham buyurtma asosida olib kelamiz. Biz taqdim qiladigan liniya 10 soatlik ish vaqti davomida 75000-80000 dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biz uzoq yillik tajribamiz natijasida ko’p zavodlar mahsulotlaridan foydalandik. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar tannarxni arzonlatish uchun uskunaga qalin bo’lmagan metallar ishlatishi oqibatida ishlash davomida hosil bo’ladigan vibratsiya uskunani ishdan tez chiqishiga olib kelimoqda. Yana bir e’tibor beriladigan jihati: Ko’p ishlab chiqaruvchilar ichki shnek uchun yumshoq (arzon) metalldan ishlatilishi oqibatida loy uni yezda yemirib yuboradi. Biz sizga taqdim etiladigan uskuna yangilangana talqinda bo’lib, reduktor va asosiy matorni birlashtiruvchi remenlar bir biriga qo’shilib ishlangan. Buning natijasida hamma remenlar baravar harakat qiladi va ularni faqat bittasiga oshiqcha kuch bilan ishlashiga chek qo’yilgan.

TUPROQNI MAYDALAB BERUVCHI QISM

Ushbu qism har bir foydalanuvchi uchun eng muhim qismlardan biri hisoblanadi. Ko’p foydalanuvchilar ushbu qismni olib tashlashni iltimos qilishadi.Bu xato ish, sababi qum yaxshi maydalanmasligi oqibatida qotib qolgan tuproqlar loy qorish qismida ko’p vaqt talab qiladi. Uskuna ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlardan yana biri, maydalash qismini takomillashganidir, ya’ni avvalgidek bitta mator emas ikki mator bilan jihozlangan, ikkita mustahkam shkiflar ichki tishlarni harakatlantiradi. Bu bizga tuproqni qay darajada maydalashni aniq o’zgartirish imkonini beradi.

TUPROQ UCHUN LENTALI UZATISH MOSLAMASI

Lentali uzatish moslamasi sizgaishchilar bajarish kerak bo’lgan ishni bajarib beruvchi muhim qism hisoblanadi. Lenta yuqori elastikli mustahkam rezinadan ishlangan va maxsus mator yordamida harakatlanadi. Mustaqil tarzda yoqish va o’chirish mumkin, qaysidir uskunaga bo’g’lanmagan. Lenta uzunligi 10 metr.

LOY QORIB BERUVCHI QISM

Oldingi modellardan bu qismda ham o’zgarishlani ko’rish mumkin. Loy qorish qismida loyni yaxshi qorilishi g’isht chiqarishda asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Ushbu qismda boshqa ishlab chiqaruvchilar modellarda kuzatilgan kamchiliklar

1) Loy qorish qismining kalta ekanligi, oqibatda ektruderga ulgurmaslik holati bo’lishi.

2) Loy qorish uchun hozirgidek ikkita o’qqa egan bo’lgan mikser emas bir o’qli mikser bo’lganligi ham ishni sekinlashtiradi. Biz taqdim qilgan model bilan sizda bu kamchiliklar bartaraf etilgan

VAKUUMLI EKSTRUDER

Biz sotib olayotgan model sizga uzoq xizmat qilishi uchun biz sizlarga uzoq tajribaga ega zavod mahsulotlarini taklif qilamiz. Ushbu ekstruder ISO 9001-2008 xalqaro sifat sertifikatiga ega. Bundan tashqari ushbu vakuumli ekstruderni siz dunyoning 24 mamlakatida uchratishingiz mumkin. Ekstruder mustahkam asos ustiga ishlangan bo’lib, yuqori sifatli reduktor bilan ta’minlangan. Vakuum ekstruderga biz V07 rusumli maxsus vakuum nasos hamda kompressor qo’shib beramiz. Ichki shneklar mustahkam ishlanganligi sizga uzoq vaqt uskunani qo’shimcha ta’mirsiz ishlatishingizni ta’minlaydi.

MAHSULOTNI BIRLAMCHI KESISH QISMI

MAHSULOTNI TAYYOR G’ISHT KO’RINISHIDA KESUVCHI QISM

YUQORI BOSIM BERUVCHI MAXSUS KOMPRESSOR

EKSTRUDER UCHUN MAXSUS MATOR

Biz ko’p mijozlarimizga matorni o’zimizda ham topsa bo’ladi degan fikriga qo’shilmaymiz. Biz o’zi bilan birga maxsus matorni olishni tavsiya qilamiz. Ushbu mator 130KW/soat quvvatga ega va 3 fazali kuchlanishda ishlaydi. Buni maxsusligi shundaki, bizning yurtimizda 3 fazali kuchlanishli uzatishda ayrim vaqtlar bir fazada elektr uzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatda esa oddiy matorlar birdaniga kuyib qolishi aniq. Biz sizga tavsiya qiladigan matorimiz esa bir faza yo’qolgan holatda avtomatik tarzda to’xtaydi. Bu esa sizni ortiqcha chiqimdan himoyalaydi.

V07 rusumli maxsus vakuumli nasos

LINIYA UCHUN MAXSUS SHIT

Yuqoridagi uskunalar yuqori sifatli va 1 yillik kafolatga ega. Sizga shuni ma’lim qilamizki agar sizda chiqqan g’ishtlarni pishirish uchun maxsus Xumdon yasab berish uchun tajribali ustalarni bizning jamoamiz tashkillashtirib beradi. 400 000 dona g’isht sig’imiga ega maxsus xumdon qurish uchun 8000$ atrofida xizmat haqi talab etiladi. P.S. Ushbu xizmat faqat bizdan uskun olgan mijozlarimizga taqdim etiladi.

YUQORIDA NARXLAR TOSHKENT SHAHRIGA YETIB KELISH YO’L XARAJATLARI, BOJXONA TO’LOVLARI, CHINA LEASING IMPEX XIZMAT XAQINI O’Z ICHIGA OLGAN

Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

solishtirish

G'ISHT ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (Vakuumli JZK 45)

44,800 $

Add to Cart