MOLNIYA (ZANJIRSIMON QADAGICH) ISHLAB CHIQARUVCHI TO’LIQ LINIYA


Ko'pchilik mijozlarimizdan kelib tushgan talablardan biri bu: Yengil Sanoat sohasiga qanaqa yangilik bilan kirish mumkin kabi savollarning ko'p takrorlanganligi bo'ldi. O'zingizga ma'lumki Oziq ovqat sanoati mahsulot saqlash muddatining qisqa ekanligi bilan xavflidir. Yengil Sanoat sohasini ham shunga o'xshatish mumkin, ya'ni siz chiqargan mahsulotlar muddati ma'naviy eskiradi (moda o'zgaradi). Biz xodimlarimiz bilan bilan ichki bozorga mahsulot chiqaruvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan olib borilgan surishtirishlar natijasida shu narsalar ayon bo'ldiku, hali hanuz eng ko'p ishlatiladigan mahsulotlar bizga chetdan kirib kelmoqda. Import darajasining yuqoriligi jihatidan quyidagi mahsulotlarni ko'lami kengligiga ko'ra tanladik.
1️} Jinsi matosi
2️} Har xil o'lchamdagi tugmalar
3️} Zanjirsimon qadagich (Замок)
4️} Poyafzal va kiyimlar uchun aksessuarlar
Yuqorida bizning jamoamiz a'zolari tomonidan eng muhim deb hisoblangan 100%lik import yo'nalishlar ishlatilish ko'lamiga ko'ra tanlab olindi.
Yengil sanoatning yo'nalishlar bo'yicha olib qaralganda yuqoridagilardan eng ommalashgani zanjirsimon qadagichlar keng ishlatilishi guvohi bo'ldik:
·️ Ustki kiyimlar (sport formalari, jemfer, sviter, qishki kurtkalar va boshqalar
·️ Turli xildagi shimlar
·️ Har xil xamyonlar va sumkalar, papkalar, chemodanlar
·️ Oyoq kiyimlar
·️ Har xil turdagi matraslar, mebellar, to'shaklar uchun qoplamalar
· Avtomobil o'rindiqlari uchun chexollar
·️ Va yana juda ko'plab bizni e'tiborimizdan chetda qolgan holatlarda ishlatiladi.
Hisob kitob qilib ko'riladigan bo'lsa ushbu kerakli mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona yuqorida sanab o'tilgan ehtiyojlar sohasini faqat bittasini tanlagan holatda ham, uskuna uchun tikilgan xarajatlarni 24 oyda to'liq qoplaydi. Ushbu liniyaga qurbi yetadigan tadbirkorlarimizdan uzoq o'ylanmasligini maslahat beramiz, chunki moda o'zgaradi lekin siz kiyadigan yangi kurtkangizdagi zanjirsimon qadagich o'zgarmaydi, yoki siz ishlatayotgan sumkangizni yangi ko'rinishlari chiqadi, ammo undagi qadagichlar ham o'zgarmasdan qoladi.

Uskunani o'rnatib ishlatib berish uchun Xitoydan mutaxasislar talab etiladi va bu xarajatlar xaridor tomonidan to'lab beriladi. Uskunaning o'rnatish xarajatlarini mijoz bilan kelishilgandan so'ng aniqlanadi.

Narxi: 92000$ (CIP TASHKENT)

(Izoh CIP TASHKENT- Zavoddan Xitoydagi omborimizgacha bo'lgan, ombordan yog'och qutilarga joylash, yuklash xarajatlari, yo'l haqi harajatlari, Xitoy va O'zbekiston bojxonasidan barcha to'lanadigan xarajatlarni o'z ichiga oladi.)

Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

92,000 $

Ishlab chiqarilgan: Xitoy
Ishlab chiqarish uchun talab etiladigan joy: 120m2
Uskunalar soni: jami 10 dona uskuna
Mahsulot turi: Ikki turdagi plastik zanjirsimon qadagichlarni ishlab chiqaradi
Chetdan talab qilinadigan xomashyo: Faqat qadagichni qadab beruvchi qism (собачка) olib kelinadi. Zanjirsimon qadagichni to’qish uchun maxsus polimer xomashyoni O’zbekiston hududida ishlab chiqaruvchilardan olib beramiz.
Umumiy mahsulot chiqarish tezligi: 2500 metr/sutkasiga
Umumiy elektr safri: 28kw/soat
Kuchlanish: 380v 50hz
Ushbu liniyaga tag matosini to’qish uskunasi ham kiritilgan
Talab qilinadigan ishchilar soni: 12 nafardan kam bo’lmagan