NAM SOCHIQCHALAR (VLAJNI SALFETKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI


Yillar o'tib borgan sayin har bir mahsulot yanada mukammal va qulayroq ko'rinish olmoqda. Bu jarayon eski uslubda va ko'rinishda ishlatilib kelayotgan mahsulotlarning bozordagi o'rnini yangicha turlariga bo'shatib bermoqda. Demak biz ko'pgina umumiy ovqatlanish joylarida foydalanayotgan oddiy qog'oz sochiqlar o'rnini ertami kechmi nam sochiqlar to'laligicha egallaydi. Bunga sabab nam sochiqlarning gigeyenik talablarga javob bera olishi, foydalanish uchun qulayligi va samaradorligidir. Bugun sizlarga tibbiyot, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda hozirdan keng foydalanilayotgan nam sochiqlar ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz!

Ushbu ishlab chiqarish liniyasi zamonaviy va yuqori samaradorlikka ega bo'lib to'liq avtomatik tarzda ishlaydi. Liniya 2 qismdan yani nam sochiqlar ishlab chiqarish va nam sochiqlarni qadoqlash uskunalaridan iborat.

Narxi: 68 750 $ (CIP TASHKENT PRICE)
71500 $ (TURN-KEY PROJECT)

Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

68,750 $

·Ishlab chiqarilgan: Xitoy
·Shahar: Shanghai
·Umumiy quvvat sarfi: 17.6 kw/soat
·Kuchlanish: 380v 50hz
·Ishlab chiqarish quvvati: 1200-1700 dona nam sochiq (20-25 dona qadoq, packs)/daqiqasiga
·Mahsulot ishlab chiqarish xomashyosi: Spunlace matosi/ maxsus rulonli qog’oz
·Tayyor mahsulot o’lchami (140×185) × (150×200) mm
·Uskunaning o’lchamlari: 5200×3000×1800 mm
·Uskunaning og’irligi: 1500kg

·Nam sochiqlar qadoqlash uskunasi bir qadoqda 5-120 dona sochiq qadoqlay oladi.
·Qadoqlash tezligi 12-60 qadoq/daqiqasiga (qadoqning katta yoki kichikligiga qarab)
·Qadoq o’rami uchun xomashyo: PP, OPP, PET, PE va boshqa mis keluvchi plyonkalar
·Qadoqlash shakli: Yostiqchali qadoq
·Uskunaning o’lchamlari: 5410×1150×1900 mm
·Uskunaning og’irligi: 1350kg

Ikkala uskuna ham servo matorlar bilan jihozlangan bo’lib LCD operatsion interfeys, yuqori aniqlikdagi boshqaruv va ortiqcha yuklanishdan himoya tizimiga ega