OYOQ KIYIMLAR ISHLAB CHIQARISH UCHUN OLTINCHI AVLOD DASTGOHLARI

19,900 $

In stock

Oyoq kiyimlar ishlab chiqarish sanoati yildan yilga odimlamoqda. Bunga sabab esa bizning ona diyorimizda sifatli teri mahsulotlarining yetarli darajada ekanligi. Ichki bozorni aksariyat qismini ta'minlab ulgurgan ishlab chiqaruvchilar oldida birgina masala turibdi, u ham bo'lsa mahsulot sifatini chet elda ishlab chiqarilgan oyoq kiyimlar bilan raqobatlasha oladigan yangi bosqichga olib chiqishdir. Endilikda ananaviy kosibchilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga o'tish vaqti keldi deb o'ylaymiz. Sababi bugungi kun xaridori endi arzon mahsulot emas, aksariyati sifatli mahsulot talab qilmoqda. Oldimizda turgan vazifani chuqur anglagan holda, ham ichki ham tashqi bozorni sifatli mahsulot bilan ta'minlashingiz uchun sizlarga yuqorida so'nggi avlod uskunalarini taqdim etdik. Quyida ishlab chiqaruvchilarimiz uchun ayrim maslahatlarni berib o'tamiz.
1) Mahsulotingiz sifatiga alohida e'tiborli bo'ling, boshqalar ishlatadigan dizaynlarni qilmang, internet bilan ishlab yangi dizaynlarni ishlab chiqarishga harakat qiling.
2) Ananaviy qoliplar yordamida pressli kesish moslamalaridan voz keching, ular o'rniga zamonaviy lazerlardan foydalaning. Lazer yordamida siz yangicha dizaynlar qilishingiz va sifatli mahsulotlar chiqarishingiz osonlashadi.
3) O'z brendingiz bilan sotishga harakat qiling, mashhur brend nomlaridan mahsulotingizga qo'yib xaridorlarni aldamang!
4) Ishni ketma ketlikda bajaradigan yo'lni tanlang, ya'ni har bir ishchi o'ziga tegishli bo'lgan qismga javob bersin, bitta ishchi butun boshli oyoq kiyim chiqishiga javob bermasin.
5) Nega chet el oyoq kiyimlarining uch qismi qattiq bo'lib, biznikilar yumshoq? Aksariyat ishlab chiqaruvchilar buning sababi boshqa narsada deb o'ylashi mumkin lekin bu texnologiyada. Heat cementing texnalogiyasi orqali siz bu jarayonga oson erishasiz. Asl charm issiqlik oshirilganda torayadi va unda qotib qolish jarayoni yuz beradi.
6) Mahsulotingiz uchun so'nggi rusumdagi tikuv mashinkalaridan foydalaning, jarayonni avtomatlashtirishga harakat qiling. Foydani uy qurish va mashina olishga emas, yangi texnalogiyalarga sarflang!
7) Tayyor mahsulotingiz yuzida ozgina chiziqchalar paydo bo'lib qoldi, xuddi bir ikki marta kiyilganga o'xshab, bunday holatda siz Mikroto'lqinli qizdirish tunneliga kiritishingiz lozim bo'ladi.
8) Oyoq kiyimlaringiz usti yarqirab turishini xoxlasangiz, ularni Ultra Binafsha lak bilan ishlov beruvchi uskunaga solishingiz kerak. Doim yodda tuting, mahsulotingiz xatidorga bir ko'rgandayoq yoqib qolishi kerak.
Keltirilgan katalogdan o'zingizga keraklilarini tanlagan holda o'z biznesingizni boshlang, yoki yanada rivojlantiring. Sizga xizmat qilishdan xursandmiz.
Shuni aytish lozimki bu biznesga kirmoqchi bo'lganlar uchun, faqat texnalogiyalar uchun eng kamida 20 000$ bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Agar mijozga uskunalardan qaysidir bir qismi kerak bo'lsa ham olib kelamiz. Masalan lazerda kesish moslamalarini.

Narxi: 19 900$ ( CIP TASHKENT)

Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

solishtirish

CHINA LEASING IMPEX jamoasi taklif etgan har bir uskuna sifati va o’z sohasida tutgan o’rni inobatga olgan holda keng ommaviy e’lon qilinadi! Tanlovda adashmang zero har bir sohani o’z mutaxassislariga ishoning!

OYOQ KIYIMLAR ISHLAB CHIQARISH UCHUN OLTINCHI AVLOD DASTGOHLARI

19,900 $

Add to Cart