TOSH (KALSIY KORBANAD CaCo3) VA POLIETILENDAN (PE) YUQORI SIFATLI QOG’OZ ISHLAB CHIQARISH LINIYASI


Eng innavatsion
Eng tabiatga zararsiz
Eng ko'p xomashyoga ega
Eng xaridorgir mahsulot chiqaruvchi
Eng resurslarni tejovchi texnologiya

Yuqorida bejizga biz 5 ta ENG muhim faktorlarni sanab o'tmadik. Hech birimizga sir emaski yurtimizda qog'oz mahsulotlariga talab juda yuqori va hamon biz uni import qilmoqdamiz. Bir yillik import qilinadigan selluloza va tayyor qog'oz uchun chiqarib yuboriladigan valyutani hisoblash uchun kalkulyator raqamlariga sig'maydigan sonlar hosil bo'ladi. Qachon biz import qilishni to'xtatamiz? Qachonki biz ananaviy fikrlashni to'xtatsak va yangi innavatsiyalarni sanoatga qo'llash orqali.

Yurtimizda tog'lar serob va bu Kalsiy Korbonad degani. Yana shunisi ham quvonarliki bizda Polietilen granulalarini erkin sotib olish mumkin. Shunday ekan nega biz o'rmonlarimiz yo'qligidan afsus chekishimiz kerak? Nega endi qog'oz faqat Sellulozadan olinadi degan eski fikrlar bilan yashashimiz kerak?
Sizlarga taklif etilajak ushbu loyiha 100% mahalliylashtirish dasturiga mos ekanligi va valyutaniz tejab qolishi bilan ahamiyatlidir.
Xo'sh asosiy xomashyo CaCo3 (80%) tosh bo'lganligi uchun qolgan mahsulotlar esa PE (15%) va boshqa kimyoviy hamda polimer mahsulotlar (5%). Xomashyo bo'yicha muammoli tomonlarimiz yo'q.
TOP ECO FRIENDLY mahsulotlar qatorida turadi. Sababi:
1) Davrimiz uchun aziz ne'mat bo'lgan suv har bir tonna chiqqan mahsulot evaziga 16000L tejab qolinadi
2) 1 tonna chiqarilgan qog'oz evaziga 20 ta ulkan daraxt asrab qolinadi
3) Atmosferaga ajraladigan suvni bug'lashda ishlatiladigan zararlar oldi olinadi.
4) Elektr energiyasi 1 tonna qog'oz uchun 6 barobar tejaladi.

Tayyor mahsulot esa juda yuqori sifatli, jumladan undan bo'ladigan qog'ozlar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
1) O'ziga suv qabul qilmaydi (yozish uchun mo'njallangan mahsulotlar uchun juda qulay)
2) 100C° dan past haroratda o'z holatini o'zgartirmaydi
3) Turli xildagi bozor paketlari qilingan holatda yirtilib yoki yorilub ketish holatlari bo'lmaydi
4) Ishlab chiqarish jarayonida
Atrofga zararli mahsulotlar chiqarilmaydi.
5) Ushbu qog'ozga zararkunanda kemiruvchilar yaqinlashmaydi.
6) Uzoq muddatga saqlanadigan qog'ozlar yoki hujjatlar uchun maxsus harorat talab etilmaydi.
7) Foydalanilgan mahsulotni qayta ishlash juda oson va deyarli vazn yo'qotmasdan qayta ishlash mumkinligi

Yana ko'plab qulayliklari bor. Hozircha shular ham yetarli.
O'zingiz ko'rib turganingizdek ushbu loyiha ko'lami juda keng qamrovli va o'ziga yarasha qiyinchiliklarga ega. Biz sizga taqdim etiladigan ma'lumotlarimiz sizga qadrli bo'lishini istaymiz va barcha qadrli narsalar uzoq mahnat yoki yaxshigina pul evaziga keladi. Lekin biz uchun qadrli bo'lgan ma'lumotlarni sizga atiga 900 ming so'm evaziga taqdim etamiz. Ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil bilmoqchi bo'lgan tadbirkorlarni kutib qolamiz.

Narxi: 2 500 000$ (CIP TASHKENT) boshlanishi

Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

2,500,000 $