Non mahsulotni ishlab chiqarish loyihasi

Non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni maqsad qilib qoʻygan yurtdoshlarimiz uchun quyidagi uskunalarni taqdim qilamiz va ular uchun sarf xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumot beramiz.
T\R Sotib olinadigan uskunalar Oʻlchov birligi Soni Sotib olish bahosi (soʻm)
1 Non va qandolat mahsulotlari pishirishga moʻljallangan pech dona 1 16 000 000
2 Xamir qorish uskunasi dona 1 12 600 000
3 Non uchun qoliplar dona 216 3 800 000
Jami: 32 400 000
Sotib olingan uskunalar yordamida koʻplab mahsulotlar tayyorlash mumkin. Masalan: – qolipli non; – non; – turli shirinliklar; – bulka non va boshqa pishiriqlar. Endi shu mahsulotni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni hisoblab chiqamiz. Biz o’rta hisobda 100 kg undan 138 kg xamir tayyorlanadi deb olamiz.   Non ishlab chiqarish xarajati. 100 kg un x 3 200 soʻm = 260 000 soʻm 2 kg tuz x 1 000 soʻm = 2 000 soʻm 500 gr achitki x 5 000 soʻm = 25 000 soʻm Boshka qoʻshimchalar jami = 25 000 soʻm Jami: 312 000 soʻm Ushbu mahsulotlardan ogʻirligi 400 gr boʻlgan 345 dona buxanka non pishiriladi. Non pishirish pechida bir vaqtning oʻzida 108 ta nonni pishira oladi. Non pishishi uchun oʻrtacha bir soat vaqt ketadi deb hisoblasak, kuniga oʻrtacha 8 marta non pishirib 864 dona tayyor non mahsuloti ishlab chiqaradi. Non mahsulotlarini bozor narxidan kelib chiqib oʻrtacha 1300 soʻm dan sotishni rejalashtirilgan.  
T/R Mahsulot nomi Oʻlchov birligi I/ch xajmi Sotilishi 1 oyda (soʻm )
1 kunda 1 oyda Narxi (soʻm ) Jami summasi (v)
1 Non mahsuloti dona 864 19008 19008 1300 24 710 400
Jami: 24 710 400
Bunda kunlik mahsulot uchun sarf xarajat 780 000 soʻm ni tashkil qiladi. Bir oyda oʻrtacha 22 kun ishlagan xolda bir oylik mahsulot sarf xarajati 17 160 000 soʻm boʻladi. Bundan kelib chiqadi-ki, foyda taxminan 7 550 000 soʻm ni tashkil qiladi. Uskuna amortizatsiyasi, elektr energiya sarfi, ish xaki, bino ijarasi boshqa xarajatlardan tashqari 4 000 000 atrofida sof foyda qolishi mumkin.            

7 thoughts on “Non mahsulotni ishlab chiqarish loyihasi

  1. Shukhrat says:

    Assalom alekum men ham o’z biznesimni boshlamoqchiman bu uskunalarni sotib olish uchun kridet olmoqchiman sizlarga pul kuchirish bilan bu uskunalarni sotib olish mumkunmi? Olib kelib berish o’rnatish qancha mablag’ talab etadi.

    • Admin says:

      Assalomu Alaykum, Ha. Bizning tashkilot naqd hamda kredit orqali pul oladi. Qaysi uskuna sotib olish niyatingiz bor? Olib kelib berish o’rnatish mablag’i bo’yicha ma’lumotni Savdo menedjerimiz Deniz (ruscha va o’zbekcha gapiradi)dan 📞 +99890 438 07 70 yoki do’konimizda (Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko’chasi, 7-uy, Mo’ljal: LADA avtosaloni yonida) olishingiz mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

19 − one =

X
Ishonch telefoni +998 90 433-05-50