Выбрать страницу
Распродажа!

Paypoq ishlab chiqarish uskunasi

$4,990.00 $4,700.00

Biz yana paypoq ishlab chiqarish uskunasi qayta joylaganimizning sabablari mavjud. Bu sabablar aholining murojaatlari va tizimga kiritilgan yangiliklar bilan bog’liqdir. Biz imkon qadar siz tadbirkorlar uchun eng yuqori samaradorlikka ega texnalogiyalardan olib kirishga harakat qilmoqdamiz. Biz bundan avval RB-6FTP modelli to’quv uskunalarini olib kelar edik, endilikda sizlarga ko’plab ustunliklarga ega bo’lgan FS-6FTP modellarini O’zbekiston bo’ylab faqat bizdan topishingiz mumkin.
Xo’sh biz tadbirkorlar uchun qanday o’zgarishlar kiritdik?
· Tadbirkorlikni endi boshlayotgan mijozlarimiz boshida tavakkal qilishdan cho’chib 1 yoki 2 dona uskuna bilan boshlashni ma’qul ko’rishmoqda, lekin avvalgi uskunalarda buni amalga oshirish xaridor uchun qimmatga tushgani bois biz alternativ yechimlar topishga astoidil harakat qildik va buni uddasidan chiqdik.
·️ Uskunaga boshqa uskunalarda uchramaydigan maxsus individual havo so’ruvchi qism (отсос) qo’shilgan bo’lib u sizga eski modeldagi 400$ bo’lgan qismni olish zaruratini yo’qotadi
·️ Biz zavodga maxsus buyurtma asosida Italiyaning uskunalarida ishlatiladigan Gloria Universal dizaynlar qabul qiluvchi dastur bilan ta’minladik. Bu sizga yuqori sifatli paypoqlarni tez to’qilishini ta’minlaydi.
·️ Uskuna sizga uzoq vaqt nuqsonsiz xizmat qilishi uchun Taiwan da ishlab chiqarilgan maxsus Servo Motor bilan jihozlangan.
·️ Boshqaruv paneli soddalashtirilgan bo’lib Colour Touch Screen ekrani bilan jihozlangan
·️ Ko’pgina yosh tadbirkorlarimizda joy muammosi bo’lganligi sababli, ularni kompressorning baland ovozi qo’shnilarni bezovta qilishidan shikoyat qilishardi, biz sizlar uchun maxsus Silent Mode air compressor larni taqdim qilamiz. Bu kompressorlar o’zidan mutlaqo shovqin chiqarmaydi.
·️ Boshida kamroq to’quv uskuna olayotgan tabbirkorlarga maxsus overlok qimmatlik qilishi mumkin, ularga oddiy overlok ishlatishni maslahat beramiz (400$ atrofida). Lekin farqi nimada degan savolga ham bira to’la javob beradigan bo’lsak, maxsus overlokda tikilgan paypoq oyoq kiyim kiyganda uch qismi oyoqqa botmaydi va tikilgan joyi deyarli sezilmaydi
·️ Uskuna boshqalardan sifatli ekanligini aniqlashni eng sodda classic usullaridan biri bu uning boshqasi bilan og’irligini solishtirishdir.
·️ Biz yuqorida sizlarga havoli qilgan hamma paypoqlar bizning xaridorlar tomonidan ishlab chiqarilgan o’zimizning mahsulotlardir: Bir juft bozorda xaridorgir bo’lgan 3000 so’mlik paypoq 900 so’mga tushadi va 1300 so’mdan ulgurji narxda sotiladi. (Iplar juda xilma xil ushbu uskuna bambuk iplardan ham foydalana oladi, narxlar ham shunga yarasha o’zgarib boradi)

TEXNIK KO’RSATGICHLAR:

Ishlab chiqarilgan : Xitoy
Model : FS-6FTP
Bitta paypoqda 6 xil ipdan foydalana oladi
Bitta paypoqqa 16 tagacha rangdan foydalana oladi
To’liq kompyuterlashgan boshqaruv
32 turdagi sensorlar sizni har qanday xatolikdan ogohlantiradi
Ichki blok yuqori tezlikka moslashgan
Qishki va yozgi paypoqlar to’qiy oladi
Camera control sistemasi o’rnatilgan
Xatolik yuz bersa avtomatik to’xtash funksiyasi bor
Qayta ishga tushirish, pauza funksiyasi
O’lchami: 900×750×1600mm
Og’irligi: 345kg
Dizaynni oson USB orqali qabul qiladi
Kuchlanish : 380v (220v buyurtma asosida)
To’liq Servo motor
Ichki xotira uchun alohida batareka
Ichki UPS bilan ta’minlangan ( to’satdan elektr uzilishi yuz berganda boshqaruvni to’xtatib, ishni davom ettirish uchun)
Dizaynni ko’rish uchun LCD displey
Eng so’nggi 3D paypoq dizaynlarini ham qabul qiladi. Tizzadan baland turuvchi paypoqlar ham chiqarish mumkin
Sutkasiga 320 tagacha paypoq to’qiy oladi.

Narxlar: To’quvchi uskuna: 4700$
Havo tortish moslamasi: 120$
Oddiy Overlok: 400$
Maxsus overlok: 2800$ (sifatli mahsulot uchun)
Kompressor silent mode: 130$
Maxsus dazmol: 4800$ (20 dan oshganlarga)
Sovutish uchun maxsus chiller: 3000$(20 ta uskuna oladiganlar uchun lozim)
Havo to’plovchi tanker: 800$

Ko’p miqdorda oluvchi tadbirkorlar uchun: 5 donadan oshiq: 4400$
10 donadan oshiq: 4100$
20 donadan oshiq: 3800$
39 donadan oshiq: 3400$

Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

Нет в наличии

Категории: ,

Отзывы

Отзывов пока нет.

Будьте первым, кто оставил отзыв на “Paypoq ishlab chiqarish uskunasi”

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *