Выбрать страницу

TURLI XIL SIG’IMLI METAL IDISHLAR ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

$98,700.00

Yurtimizda bizga ma’lum bo’lgan 25 dan ortiq bo’yoq ishlab chiqaruvchilar mavjud ekanligini aniqladik. Bundan tashqari lak ishlab chiqaruvchilar, turli xil kleylar ishlab chiqaruvchilar ham mavjud ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, ularga metall va plastik idishlar juda kerakli ekanligini tushunish qiyin emas. Yuqorida sizga tavsiya qilayotgan metall idishlarga har doim talab mavjud bo’ladi, sabablar:
·️ Ushbu idishlarni chetdan olib kelish transport xarajatlari evaziga qimmatga tushadi
·️ Yurtimizda sanoqli ishlab chiqaruvchi borligi va raqobatning kuchli emasligi
· Sanoatning boshqa tarmoqlari: oziq ovqat, kimyo sanoati uchun ham kerakli idishlar uchun hajmni oson o’rgartirish mumkinligi sizni bir yo’nalishga qaram qilib qoymaydi.
To’liq liniya 12 dona uskunadan tashkil topgan bo’lib, uning yordamida 1L-5L turli xil metall idishlar ishlab chiqarish imkoni mavjud. Agar xaridor mahsulot turini o’zgartirmoqchi bo’lsa uskunalar uchun qo’shimcha qoliplar xarid qilinadi, bunda xarajat 2500$ atrofida bo’ladi

Narxi: 98700$ (CIP TASHKENT)

Buyurtma va batafsil ma'lumot uchun istalgan ofislarimizdan biriga murojaat qilishingiz mumkin

ofis manzilari

Категория: