Ushbu US-FQL-550 modeldagi to'liq avtomatik plc qadoqlash va kesish uskunasi turli xil mahsulotlar yoki paket va qutilar atrofiga qisqaradigan plyonkani o'rash, mahsulotlarning ko'rinishini yaxshilash, ularning estetikasi va qiymatini oshirish, plyonkalar kesish harakati va amaliyotlari uchun mo'ljallangan uskuna hisoblanadi. Shuningdek, u turli mahsulotlarni tashqi ta'sirlardan, namlikdan, ifloslanishdan himoya qiladi va mo'rt, tez sinuvchi buyumlarning sinishi oldini oladi. Bu uskuna oziq-ovqat, ichimliklar, tibbiyot va kosmetika sanoatida ishlatiladigan shisha butilkalar, plastik butilkalar, qog'oz stakanlar va boshqa idishlarni issiqlik bilan qisqaradigan plyonka bilan qadoqlash uchun ishlatiladi.
Ushbu US-FQL-550 to'liq avtomatik plc qadoqlash uskunasi o'z mahsulotlarini qadoqlashning ishonchli va samarali usulini qidirayotgan korxonalar uchun ideal tanlovdir. Ushbu avtomatik plomba uskunasi turli materiallar, jumladan, POF plyonkasida yuqori sifatli qadoqlashni ta'minlash uchun mo'ljallangan. U daqiqasiga 60 ta mahsulotni qadoqlash imkoniyatiga ega, maksimal paket hajmi 650 + 150 mm. Mahsulot o'ramini kesishning o'lchami 670 x 570 mm bo'lib, konveyerning kengligi esa 430 mm. Uskuna 220 V / 50 - 60 Hz quvvat manbayi bilan quvvatlanadi, quvvat sarfi esa 1.86 KW. Uskuna, shuningdek, 0.5 Mpa havo bosimi bilan ishlaydi va 15 - 20 kg mahsulotni tashishi mumkin. Uskunaning o'lchamlari 1900 x 1030 x 1450 mm, tashqi qadoqlash hajmi esa 1950 x 1130 x 1630 mmni tashkil etadi.
Uskunani ishlatish va saqlash oson bo'lib, u barqaror natijalarga erishishda samarali yordamchi desak bo'ladi. Uskuna, shuningdek, favqulodda to'xtatish tugmasi va xavfsizlik moslamasi kabi turli xil xavfsizlik funktsiyalari bilan jihozlangan. Shuningdek, bu uskuna energiya tejamkorligi uchun ishlab chiqilgan bo'lib, energiya harajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
USKUNALARNING TEXNIK PARAMETRLARI
|
1. |
Model |
US-FQL-450 |
US-FQL-550 |
US-FQL-750 |
2. |
Kuchlanish |
220 V / 50 - 60 Hz |
220 V / 50 - 60 Hz |
220 V / 50 - 60 Hz |
3. |
Quvvat |
1.6 KW |
1.86 KW |
2.26 KW |
4. |
Qadoqlash tezligi |
15 - 60 qadoq / min |
15 - 60 qadoq / min |
15 - 60 qadoq / min |
5. |
Havo bosimi |
0.5 Mpa |
0.5 Mpa |
0.5 Mpa |
6. |
Yuk ko'tarish og'irligi |
15 - 20 kg |
15 - 20 kg |
15 - 20 kg |
7. |
Maksimal qadoqlash o'lchami |
≤ 550 + ≤ 150 mm |
≤ 650 + ≤150 mm |
850 + ≤ 150 mm |
8. |
Qadoq o'ramini kesish o'lchami |
570 x 470 mm |
670 x 570 mm |
870 x 770 mm |
9. |
Uskuna o'lchamlari |
1700 x 930 x 1450 mm |
1900 x 1030 x 1450 mm |
2100 x 1130 x 1450 mm |
10. |
Tashqi qadoqlash o'lchami |
1750 x 1030 x 1630 mm |
1950 x 1130 x 1630 mm |
2350 x 1350 x 1630 mm |
11. |
Qo'llaniladigan selofan / paket |
POF |
POF |
POF |
12. |
Konveyerning kengligi |
330 mm |
430 mm |
600 mm |