Mix ishlab chiqarish liniyasi
Sizga qanday o’lchamda mix kerakligiga qarab mix chiqarish uskunasini tanlashingiz mumkin. Hamma turdagi mixlarni chiqarish istagida bo’lsangiz, u holda quyida tavsiya etiladigan uskunalarni xarid qilishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mix ishlab chiqarish uskunasi xususiyatlari:
1) Mix ishlab chiqarish uskunalari Xitoyda ishlab chiqarilgan. Mix ishlab chiqarish uskunalari yuqori ish tezligini, shovqinli ish jarayonini bartaraf qilish va turli xil xususiyatlarning ta’sirini pasaytirish maqsadida porshenli tuzilish strukturasiga ega.
2) Har xil turdagi sifatli mixlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. Ayniqsa, yuqori tezlikda payvandlash va mix to’pponchalarida keng ko’lamda qo’llaniladigan yuqori sifatli MAO turkumiga oid mixlarni ishlab chiqaradi.
3) Mix ishlab chiqarish uskunasining barcha asosiy tarkibiy qismlari – val, kamera va boshqalar yuqori sifatli po’latdan yasalgan.
Model | US-5C | |
Kushlanish | 380 V / 50 Hz | |
Mixning uzunligi | 70 - 170 mm | |
Quvvat sarfi | 5.5 KW / soat | |
Ishlab chiqarish quvvati | 180 - 200 dona / min | |
O’lchamlari | 2800 x 1550 x 1500 mm | |
Og’irligi | 2200 kg |
Sayqallash uskunasi
Mix chiqarish uskunasidan mix chiqqanidan keyin u yaxshilab sayqallanadi. Sayqallash jarayonida sizning mixlaringiz yarqiroq holatga kelib, mijozlar uchun ortiqcha savollar tug’ilishi oldi olinadi. Sayqallash jarayonida, shuningdek, mix ishlab chiqarish jarayonida pichoq tezligi oqibatida yuz berilgan xatolik, ya’ni uch qismini yaxshi ochilmay qolishi kabi muammolar bartaraf etiladi.
Model | US-SD-600 | |
Kushlanish | 380 V / 50 Hz | |
Ishlash sikli | 1 - 3 soat | |
Quvvat sarfi | 2.2 KW / soat | |
Ishlash tezligi | 600 kg (bir martada) | |
O’lchamlari | 1640 x 900 x 1000 mm | |
Og’irligi | 1100 kg |
Charxlash uskunasi
Mix ishlab chiqarish uskunasi metall bilan muntazam ishlash natijasida unga o’rnatilgan pichoqlarni tez-tez charxlab turish zarurati tug’iladi. Pichoqlar o’ziga xos turga ega bo’lganligi uchun ularni maxsus charx yordamida charxlash tavsiya etiladi.
Model | US-CU-300 | |
Kushlanish | 380 V / 50 Hz | |
Charxlash uzunligi | 300 mm | |
Quvvat sarfi | 0.75 KW / soat | |
Ishlatilish sohasi | kesish pichoqlarini charxlash uchun | |
O’lchamlari | 1110 x 690 x 1200 mm | |
Og’irligi | 200 kg |
Mahsulotlardan namunalar |
||