14,973,890.0 so'm
Kromka, tasma yopishtiruvchi to'liq avtomatik uskuna (4 funksiyali)
Ushbu tasma yopishtiruvchi to'liq avtomatik (kromka) uskuna yog'och chetlarini sayqallash, notekis joylarini qirib tashlash va unga bezak berish, shuningdek, yog'och chetlariga tasmani yelimlab yopishtirish vazifalarini bajaradi. Bu uskunani quyidagi mahsulotlar uchun ishlatish mumkin: qattiq yog'och, zarrachali taxtalar, turli xil panellar va boshqa yog'och mahsulotlari. Uskuna soatiga umumiy 4.8 KW quvvat sarflaydi hamda 380 V kuchlanishda ishlaydi. Ushbu uskunaga ishlatiladigan material qalinligi 80 mm bo'lsa, ishlatiladigan lenta / tasma qalinligi esa 0,4 - 3 mmni tashkil etadi. Uskunaning ish bosimi 0,8 mpa bo'lib, ushbu kromka uskunasi daqiqasiga 12 metrdan 20 metrgacha tezlikda mahsulot yetkazib berish va ishlash imkoniyatiga ega. Uskunaning umumiy o'lchamlari 2600 x 900 x 1600 mm hamda umumiy og'irligi 700 kgni tashkil etadi.
11,839,820.0 so'm
Konvertatsiya xizmatlari uchun 1%
Bank xizmatlari uchun 0,5%
12% QQS (dollarda hisoblanmaydi)
Volt (V):
380 V
Dvigatel quvvati:
4.8 KW
Oʻlchamlari:
2600 x 900 x 1600 mm
Og’irligi:
700 kg
Ishlash tezligi:
12 ‐ 20 m / min