57,612,016 so'm
Vakuumli laminatsiyalash uskunasi US-TM2480E
Buyurtma orqali
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
Ushbu US-TM2480E modeldagi vakuumli laminatsiyalash uskunasi har xil mebellar, shkaflar va dekorativ panellar tayyorlash, eshik yog'ochlariga, deraza romlariga hamda turli xil yog'och mahsulotlarga barcha turdagi PVX plyonkalar va boshqa kerakli materiallarni laminatsiyalab, qizdirish yo'li bilan yopishtirib berish vazifasini bajaradi. Bu uskunada Tayvanning Delta PLC sensorli boshqaruv ekranidan foydalanilgan bo'lib, uskunada mahalliy brendlar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr boshqaruv komponentlaridan ham foydalanilgan. Bundan tashqari, uskunadagi mikrokompyuter haroratni nazorat qilish, haroratni o'zgartirish tezligini avtomatik ravishda sozlash imkoniyatiga ega. Uskunada foydalanilgan infraqizil radiatsiya isitish tizimi – isitishning bir xilligini ta'minlash hamda energiya tejash uchun juda samarali hisoblanadi. Shuningdek, bu uskunada Germaniyada ishlab chiqarilgan vakuum nasosidan foydalanilgan. Ushbu uskunaning ish stoli o'lchamlari 2550 x 1150 yoki 1300 mm bo'lib, uskuna soatiga umumiy 32 KW quvvat sarflaydi. Shuningdek, ushbu uskunada maksimal ish qalinligi 50 mm, maksimal harorat esa 180 ℃ hisoblanadi. Uskuna relslari zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, uskunaning umumiy o'lchamlari 9800 x 1900 x 1800 mm, uskuna og'irligi esa 2500 kgni tashkil etadi.
54,448,800 so'm
* Zavod narxida xarid qiling!
Yetkazib berish 20-40 kunda amalga oshiriladi
Uskunalar.uz logistika
Agar uskuna zavodda tayyor bo'lmasa, uning ishlab chiqarilishi uchun qo'shimcha 15-40 kun talab etiladi
Malakali texnolog xizmatlari bilan
Uskunani o'rnatish va ishga tushirish xizmati mavjud
Sizga qulay to'lov usulda
Naqd pulda, karta yoki pul ko'chirish orqali
Model:
US-TM2480E
Umumiy quvvati (KW):
32 KW
Ish stoli o'lchami:
2550 x 1150 / 1300 mm
Maksimal ish qalinligi:
50 mm
O'lchamlari:
9800 x 1900 x 1800 mm
Og'irligi:
2500 kg