Ushbu US-GLORY-3000 modeldagi yuqori konfiguratsiyali vakuumli laminatsiyalash uskunasi har xil mebellar, shkaflar va dekorativ panellar tayyorlash, eshik yog'ochlariga, deraza romlariga hamda turli xil yog'och mahsulotlarga barcha turdagi PVX plyonkalar va boshqa kerakli materiallarni laminatsiyalab, qizdirish yo'li bilan yopishtirib berish vazifasini bajaradi. Shuningdek, uskunada PVX plyonkalarni avtomatik ravishda kesish imkoniyati mavjud. Bu uskunada yangi isitish dizaynidan foydalanilgan bo'lib, u an'anaviy isitish usuliga qaraganda ancha samarali hamda o'rtacha quvvat sarfidan 30% dan ko'proq tejash imkoniga ega. Bundan tashqari, uskunada yangi raqamli vakuumli bosim o'lchagichdan foydalanilgan, bu esa operatsiyaning yanada qulay bo'lishi hamda uni aniq kuzatish imkonini beradi. Uskunada foydalanilgan infraqizil radiatsiya isitish tizimi – isitishning bir xilligini ta'minlash hamda energiya tejash uchun juda samarali hisoblanadi. Ushbu uskunaning ish stoli o'lchamlari 3000 x 1300 x 40 mm bo'lib, uskuna soatiga umumiy 40 KW quvvat sarflaydi. Shuningdek, ushbu uskunada maksimal ish qalinligi 50 mm, maksimal harorat esa 180 ℃ hisoblanadi. Uskunaning umumiy o'lchamlari 12000 x 2050 x 1800 mm, uskuna og'irligi esa 3000 kgni tashkil etadi.
7,701,674.2 so'm
Konvertatsiya xizmatlari uchun 1%
Bank xizmatlari uchun 0,5%
12% QQS (dollarda hisoblanmaydi)
Model:
US-GLORY-3000
Umumiy quvvati (KW):
40 KW
Ish stoli o'lchami:
3000 x 1300 x 40 mm
Maksimal ish qalinligi:
50 mm
O'lchamlari:
12000 x 2050 x 1800 mm
Og'irligi:
3000 kg