Unknown Status
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
⚙️ Ishlab chiqarish quvvati va plyonka parametrlari
USMD-H2-55 uskunasi ikki taraflama polietilen plyonka rulonlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. U maksimal 500 mm kenglikdagi plyonkani bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda ishlab chiqarishi mumkin. Ya'ni uskunada bitta ekstruder joylashgan, ammo erigan mahsulot chiquvchi ikkita kallak joylashgan. Har bir kalakdan chiqqan mahsulot alohida yo'nalishda ketadi va alohida o'raladi. Plyonka qalinligi 0.008 – 0.08 mm oralig‘ida bo‘lib, turli ishlab chiqarish talablariga moslashadi. Uskunaning maksimal ishlash quvvati 50 kg/soat bo‘lib, barqaror va uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
⚙️ Ekstruziya tizimining asosiy tuzilishi
Uskunaning markaziy qismi ϕ55 mm diametrli shnek bilan jihozlangan ekstruziya blokidir. Ushbu mexanizm xom ashyoni eritib, uni kerakli bosim va haroratda tizim orqali uzatadi va plyonka hosil bo‘lishi uchun bir xil eritma oqimini yaratadi.
⚙️ Ikki martalik die bosh tizimi
Ekstruziya qismi ϕ50/60 ikkita kallak bilan ishlaydi. Bu tizim bir vaqtning o‘zida ikki plyonka qatlamini hosil qilish imkonini beradi. Natijada ikki taraflama plyonka rulonlari barqaror qalinlik va teng taqsimlangan oqim bilan ishlab chiqariladi.
⚙️ Uskunaning asosiy vazifasi
Bu uskuna eritilgan polimerni yupqa quvur shaklidagi plyonkaga aylantirish uchun ishlatiladi. Keyinchalik bu plyonka kengaytiriladi, sovutiladi, tekislanadi va rulon shaklida o‘raladi. Yakuniy natija – ishlab chiqarish va qadoqlash jarayonlarida ishlatiladigan uzluksiz plyonka ruloni.
⚙️ Elektr ta’minoti va boshqaruv tizimi
Uskuna 380V / 50Hz / 3 fazali elektr kuchlanishida ishlaydi. Elektr tizimi isitish elementlari, ekstruziya jarayoni va ishlab chiqarish tezligini nazorat qiladi, bu esa uzoq vaqt davomida barqaror ishlashni ta’minlaydi.
⚙️ Uskuna o‘lchamlari va o‘rnatish talablari
Uskuna uzunligi 5 m, kengligi 3.2 m, balandligi esa 4.3 metr. Vertikal plyonka puflash konstruksiyasi ishlab chiqarish maydonidan samarali foydalanish imkonini beradi va zavod ichida tartibli ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
Yetkazib berish 1-2 kunda amalga oshiriladi
Uskunalar.uz ombori
Uskuna omborda mavjud! Buyurtma bering, tez va muammosiz yetkazib beramiz.
Malakali texnolog xizmatlari bilan
Uskunani o'rnatish va ishga tushirish xizmati mavjud
Sizga qulay to'lov usulda
Naqd pulda, karta yoki pul ko'chirish orqali
Uskunani bugun oling, daromadingiz bilan to‘lang!
⚙️ Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
USMD-H2-55 ikki taraflama polietilen plyonka ishlab chiqarish uskunasi HDPE materialidan plyonka rulonlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uskunaning maksimal ishlab chiqarish quvvati 50 kg/soat ni tashkil qiladi. Uskuna bir vaqtning o‘zida 2 qator 500 mm kenglikdagi plyonkalarni ishlab chiqarishi mumkin. Plyonka qalinligi 0.008 mm dan 0.08 mm gacha bo‘lib, turli qadoqlash ehtiyojlari uchun mos keladi.
🔩 Ekstruder tizimi va texnik quvvat
Uskuna diametri ϕ55 mm bo‘lgan shnek orqali polietilen xomashyosini eritib chiqaradi. Ekstruder kallagi ikitani tashkil qiladui va diametri ϕ50/60 mm o‘lchamda bo‘lib, ikki taraflama plyonka hosil qilish imkonini beradi. Uskuna 380V / 50Hz / 3 faza elektr tizimi orqali ishlaydi va sanoat ishlab chiqarish jarayonida barqaror energiya ta’minotini ta’minlaydi.
📏 Konstruktsiya va o‘lchamlari
Uskunaning uzunligi 5 m, kengligi 3.2 m, balandligi esa 4.3 m bo‘lib, ishlab chiqarish sexlarida qulay joylashtirish imkonini beradi. Mustahkam metall konstruktsiya uzoq muddatli ishlash uchun mo‘ljallangan. Vertikal plyonka puflash tizimi harorat va bosimni bir xil darajada ushlab turishga yordam beradi.
🏭 Qo‘llaniladigan sohalar
Mazkur uskunadan plastik qadoqlash materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, logistika paketlari ishlab chiqarish zavodlari hamda sanoat plyonka ishlab chiqarish liniyalarida foydalaniladi. U orqali HDPE paket plyonkasi, kuryer paketlari uchun plyonka, sanoat o‘rash plyonkasi va qishloq xo‘jaligi uchun qoplama plyonkalari ishlab chiqarish mumkin.
♻️ Ishlash samaradorligi va afzalliklari
USMD-H2-55 uskunasi xomashyoni samarali ishlatish imkonini beradi hamda ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindilarni kamaytiradi. Ikki tomonlama ekstruder tizimi plyonkaning sifatini barqaror ushlab turadi. Natijada tayyor plyonka rulonlari paket ishlab chiqarish uskunalari va boshqa qayta ishlash liniyalari uchun mos bo‘ladi.
![]() |
|
| Umumiy parametrlar |
|
| Model | USMD-H2-55 |
| Mos material | HDPE |
| Maksimal plyonka kengligi | 500 mm × 2 |
| Plyonka qalinligi | 0.008 – 0.08 mm |
| Makimal ishlash tezligi | 50 kg/soat |
| Ekstruziya qismi |
|
| Shnek diametri | ϕ55 mm |
| Shnek uzunligi va diametri nisbati | 28:1 |
| Shnek va silindr materiali | 38 CRMOALA |
| Reduktor | 173 |
| Harakatlantiruvchi elektr dvigatel quvvati | 22 kw |
| Haroratni boshqarish zonalari | 3 zonali |
| Silindr sovitish ventilyatori | 250W × 2 |
| Ekstruziya qolipi |
|
| Qolip (kallak) diametri | HD: ϕ50/60 mm × 2 |
| Havo halqasi | ϕ620 mm × 2 |
| Sovitish ventuilyatori quvvati: | 1.5 kw |
| Haroratni boshqarish zonalari: | 2 × 2 zona |
| Filtr almashtirgich | qo‘lda boshqariladigan standart tur |
| Plyonkani ortib olish qismi |
|
|
Markaziy barqarorlashtiruvchi mexanizm |
2 dona |
| Rolik kengligi | ϕ138×550 mm |
| Naqsh tushiruvchi (embossing) rolik kengligi | 450 mm |
| Tortib olish tezligi | 10 – 60 M/min |
| Tortib olish dvigateli | 0.75 kw × 2 |
| Balandlikni sozlash diapazoni | 700 mm |
| O‘rash qismi |
|
| O‘rash turi | sirt ishqalanishli bittalik o‘rash tizimi |
| Rolik kengligi | 600 mm |
| O‘rash dvigatel momenti | 6 N.M |
| O‘rash tezligi | 10 – 60 M/min |
| Elektr & O'lchamlar |
|
| Voltage | 380V / 50HZ / 3 faza |
| Uskunaning umumiy o‘lchamlari (uzunlik × kenglik × balandlik) | 5 × 3.2 × 4.3 m |